21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:42
Siyosat 👁 944

AMUDARYoDA VATAN HIMOYaChILARI KUNI VA QUROLLI KUChLARNING 34 YILLIGI KENG NIShONLANDI

 AMUDARYoDA VATAN HIMOYaChILARI KUNI VA QUROLLI KUChLARNING 34 YILLIGI KENG NIShONLANDI

Vatanni himoya qilish har bir fuqaro uchun eng ulugʻ va sharafli burch hisoblanadi. Bu burch faqat harbiy xizmatni emas, balki ona yurtga muhabbat, tinchlik va barqarorlikni asrash yoʻlidagi fidokorona mehnatni ham oʻz ichiga oladi. Mamlakatimizda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan bayram tadbirlari ana shu yuksak gʻoyalarni tarannum etmoqda. Shu qutlugʻ sana munosabati bilan Amudaryo tumani madaniyat markazida tashkil etilgan tantanali marosim ham mazmun-mohiyati, koʻlami va taʼsirchanligi bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Bayram tadbiri avvalida madaniyat markazi foyesida tashkil etilgan koʻrgazma ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Koʻrgazmada kuch va aql, jismoniy tayyorgarlik va maʼnaviy kamolot uygʻun holda namoyon boʻldi. Harbiy qismlar tomonidan taqdim etilgan zamonaviy qurol-aslahalar, aloqa vositalari va turli harbiy anjomlar, ayniqsa, yoshlar va maktab oʻquvchilarini oʻziga jalb etdi. Ular jangovar texnika va vositalar bilan yaqindan tanishib, bugungi kunda Milliy Armiyamiz qanday yuksak salohiyatga ega ekanini oʻz koʻzlari bilan koʻrdilar.

Koʻrgazmaning ikkinchi qismi maʼnaviy-maʼrifiy mazmunga ega boʻlib, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Axborot-kutubxona markazi tomonidan taqdim etilgan tarixiy, ilmiy va badiiy adabiyotlardan iborat koʻrgazma tashkil etildi. Bu yerda “Bilagi zoʻr birni yiqar, bilimi zoʻr mingni” degan xalq hikmatining hayotiy ifodasi namoyon boʻlib, yoshlarga haqiqiy vatanparvarlik faqat jismoniy kuch bilan emas, balki bilim va tafakkur bilan ham bogʻliq ekani yana bir bor uqtirildi.

Tadbirning rasmiy qismida Amudaryo tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov, tuman prokurori Bahrom Masharipov, Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Shuhrat Mamatov va boshqa mutasaddilar soʻzga chiqib, barcha Vatan himoyachilarni bayram bilan samimiy qutladilar. Ular oʻz chiqishlarida Milliy Armiyamiz mamlakat chegaralari daxlsizligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini taʼminlashda hal qiluvchi kuchga aylanganini alohida taʼkidladilar. Shuningdek, soʻnggi yillarda Qurolli Kuchlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida harbiy xizmatchilarning nufuzi va jamiyatdagi oʻrni yanada mustahkamlangani qayd etildi.

Taʼkidlanganidek, oʻtgan 2025-yilda Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuning 18-moddasiga asosan 1808 nafar yoshlarimiz harbiy roʻyxatga qabul kilingan. Muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezerviga yuborish boʻyicha yillik reja muddatidan oldin bajarilib, koʻrsatkich 115 foizni tashkil etgan. “Mahallabay” tizimi asosida 18–27 yoshdagi 9 400 nafar chaqiriluvchi va ularning oilalari bilan suhbatlar oʻtkazilib, salomatlik va ijtimoiy masalalar oʻrganilgan.

Shuningdek, tumandagi barcha maktablarning 11-sinflarida tahsil olayotgan 1808 nafar oʻquvchi uchun Nukus dala oʻquv maydonida jangovar qurollardan amaliy oʻq otish mashgʻulotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. Yoshlarni harbiy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha 7 nafar yoshlar “Temurbeklar maktabi”ga, 5 nafar yoshlar esa oliy harbiy taʼlim muassasalariga qabul qilingan. Ayni paytda 122 nafar amudaryolik yigitlar mamlakatimizning turli hududlarida muddatli harbiy xizmatni sharaf bilan oʻtab kelmoqda.

Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, mayor Shuhrat Mamatovning maʼruzasida 2026-yilgi chaqiruv mavsumiga tayyorgarlik rejalari ham maʼlum qilindi. Jumladan, yangi mavsumda 353 nafar yigitni muddatli harbiy xizmatga, 650 nafarini esa safarbarlik chaqiruvi rezerviga yuborish boʻyicha saralash ishlari boshlab yuborilgan. Demak, joriy yilda ham har tomonlama kuchli, sogʻlom va yetuk amudaryolik yigitlar Vatan sarhadlarini himoya qilish va Milliy Armiyamiz qudratini yuksaltirish uchun harbiy xizmatga kirishadilar.

Tantananing eng hayajonli pallalarida mudofaa va xavfsizlik sohasida fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir guruh soha faxriylari tuman hokimligining Faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho bayram sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Bu eʼtirof harbiylar uchun katta ragʻbat va masʼuliyat ramzi boʻldi.

Bayram tadbiri tuman madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan mazmunli kontsert dasturi bilan yakunlandi. Vatan, tinchlik va mardlikni madh etuvchi qoʻshiq va kuylar barcha ishtirokchilarga koʻtarinki ruh, faxr va iftixor bagʻishladi.

Chindan ham, bugun mamlakatimizda harbiy xizmat burchini bajarish har bir yigit uchun ulkan sharaf hisoblanadi. Armiya shunchaki harbiy xizmat emas, balki u insonda Vatanga muhabbat, xalq va yurt oldidagi burch hissini mustahkamlaydi. Harbiy xizmatni oʻtab kelgan yoshlar hayotga jiddiyroq qaraydi, maqsad sari qatʼiyat bilan intiladi. Shuningdek, xizmat davomida orttirilgan tajriba kelgusida mehnat faoliyatida, oila va jamiyatda oʻz oʻrnini topishga xizmat qiladi. Harbiy xizmat jarayonida yigitlar jismoniy va ruhiy jihatdan chiniqadi, qiyin vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilishni, jamoada ishlashni va qonun-qoidalarga qatʼiy rioya etishni oʻrganadi.

Shu sababli ham bugungi kunda harbiy xizmat — mardlik, sabr-toqat va sadoqat ramzi boʻlib, yigitlarni yetuk, vatanparvar shaxs sifatida kamolga yetkazishda muhim maktab vazifasini oʻtamoqda.

Fursatdan foydalanib, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ona yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida sidqidildan xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilarni, soha xodimlari hamda faxriylarni, kelgusida Milliyy Armiya safida xizmat qilishni maqsad qilgan yoshlarni samimiy tabriklaymiz!

Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Vatan himoyachilariga mustahkam salomatlik, oilaviy tinchlik, xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar, yurtimiz osmonining doimo musaffo boʻlishini tilab qolamiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026