21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:04
Jamiyat 👁 430

EKOLOGIK MADANIYaT – FAROVON HAYoT GAROVI: JAYHUN OVULIDA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

EKOLOGIK MADANIYaT – FAROVON HAYoT GAROVI: JAYHUN OVULIDA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

Bugungi kunda global iqlim oʻzgarishlari, tabiiy resurslarning qisqarib borishi va atrof-muhitga inson omili taʼsirining ortishi sharoitida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ona tabiatni asrab-avaylash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish har bir fuqaroning nafaqat burchi, balki kelajak avlod oldidagi masʼuliyatidir. Ana shu ezgu maqsad yoʻlida Amudaryo tumanida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi granti asosida amalga oshirilayotgan “Ekologik madaniyat – sogʻlom kelajak asosi” loyihasi doirasida aholi oʻrtasida tizimli targʻibot-tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Loyiha ish rejasiga muvofiq, navbatdagi targʻibot tadbiri joriy yilning 16-yanvar kuni Amudaryo tumanining Jayhun ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida tashkil etildi. Unda hudud faollari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdilar. Tadbir Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgani uning amaliy ahamiyatini yanada oshirdi.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad — aholi orasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish hamda hududimizning bebaho boyligi boʻlgan oʻrmon va toʻqayzorlarni asrash masalalariga jamoatchilik eʼtiborini kuchaytirishdan iborat boʻldi. Ayniqsa, daraxtlarni noqonuniy kesish holatlarining oldini olish, yashil hududlarni saqlab qolish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga tabiiy resurslarni asrashning ahamiyati hayotiy misollar asosida tushuntirib berildi. Taʼkidlanganidek, daraxtlarning kesilishi nafaqat kislorod manbaining kamayishiga, balki tuproq eroziyasi, chang boʻronlari, iqlim oʻzgarishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu esa, oʻz navbatida, inson salomatligi va qishloq xoʻjaligiga ham jiddiy taʼsir koʻrsatadi.

Shuningdek, uchrashuvda energiya tejamkorligi masalasi ham kun tartibidagi muhim mavzulardan biri sifatida muhokama qilindi. Mutaxassislar elektr energiyasini ishlab chiqarishda katta hajmda tabiiy resurslar — koʻmir, gaz va suv sarflanishini taʼkidlab, har bir xonadonda elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish tabiatni asrashga qoʻshilgan amaliy hissa ekanini tushuntirdilar. Aholiga maishiy sharoitda zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalardan, xususan, LED yoritish vositalaridan foydalanishning iqtisodiy va ekologik afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berildi hamda amaliy tashabbus sifatida uchrashuv ishtirokchilariga zamonaviy energotejamkor LED lampochkalar bepul tarqatildi. Bu esa aholini energiya tejashga ragʻbatlantirish bilan birga, tadbirning amaliy ahamiyatini yanada oshirdi.

Taʼkidlash joizki, bunday tadbirlar aholining ekologik ongini yuksaltirish, “Tabiat — umumiy uyimiz” degan gʻoyani keng jamoatchilik ongiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sogʻlom atrof-muhit — farovon hayot asosi, ekologik madaniyat esa barqaror kelajak garovidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026