21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:18
Jamiyat 👁 435

NUKUSDA AFGʻON URUShI FAXRIYLARINING ANʼANAVIY UChRAShUVI BOʻLIB OʻTDI

NUKUSDA AFGʻON URUShI FAXRIYLARINING ANʼANAVIY UChRAShUVI BOʻLIB OʻTDI

Tarix sahifalarida muhrlanib qolgan qonli voqealar, ayniqsa, inson taqdiri bilan bogʻliq fojiali urush xotiralari hech qachon unutilmaydi. 1979–1989-yillarda Afgʻoniston zaminida kechgan ayovsiz janglar tugab, sobiq ittifoq qoʻshinlari Afgʻon zaminidan olib chiqilganiga 37-yil toʻlgan boʻlsada, oʻsha ogʻir kunlarning iztirobli xotirasi haligacha urush ishtirokchilarining yodidan oʻchmagan.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda Afgʻonistondan sobiq ittifoq qoʻshinlari olib chiqilganining 37 yilligi munosabati bilan Nukus shahrida tashkil etilgan anʼanaviy uchrashuv urush olovidan omon chiqqan quroldoshlarni yana bir bor bir fayzli dasturxon atrofida jamladi. Soʻnggi ikki yildan buyon anʼanaga aylangan mazkur tadbir Oʻzbekiston “VETERAN” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi tashabbusi bilan ancha keng miqyosda oʻtkazilmoqda. Uchrashuvga Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha shahar va tumanlaridan Afgʻon urushida ishtirok etgan sobiq baynalmilalchi jangchilar taklif etildi.

Tadbir dastlab Nukus shahridagi “Motamsaro ona” haykali ziyorati bilan boshlandi. Oʻzbekiston “VETERAN” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi boshligʻi Yusupbek Allanbekov boshchiligida faxriylar haykal poyiga gulchambarlar qoʻyib, jang maydonlaridan qaytmagan safdoshlari xotirasiga chuqur ehtirom izhor etdilar.

Xotira maydonida namoyish etilgan harbiy texnikalar — tanklar va jangovar mashinalarni tomosha qilish jarayoni faxriylarda oʻtmishning ogʻir, ammo mardlikka toʻla manzaralarini qayta jonlantirdi. Bu texnikalar ularga oʻqlar yomgʻiri ostida oʻtgan yillarni, yonma-yon turib jang qilgan va halok boʻlgan doʻstlarini yana bir bor eslatdi.

Sobiq ittifoq rahbariyatining notoʻgʻri siyosati oqibatida minglab yigitlar Afgʻoniston tuprogʻida maqsadsiz urush girdobiga tortilgan. 1979–1989-yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 3600 nafardan ortiq yigit Afgʻon urushida ishtirok etgan. Ulardan 89 nafari jang maydonlarida halok boʻlgan, yuzlab hamyurtlarimiz esa ogʻir jismoniy va ruhiy jarohatlar bilan Vatanga qaytgan.

Afsuski, urush asoratlari yillar oʻtib ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Oʻtgan 30–40-yil davomida koʻplab faxriylar urushda orttirilgan kasallik va jarohatlar sababli hayotdan bevaqt koʻz yumdilar. Bugungi kunda Qoraqalpogʻistonda 2100 nafardan ziyod sobiq baynalmilalchi jangchilar tinch va osoyishta hayot kechirib, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Tadbirning asosiy qismi Nukus shahridagi “Qirq qiz” restoranida davom etdi. Milliy urf-odatlarga muvofiq, dasturxon boshida avvalo Vatan yoʻlida halok boʻlgan mard oʻgʻlonlarning ruhiga Qurʼon tilovat qilinib, ular haqiga duolar oʻqildi.

Uchrashuv davomida ayni paytda xorijda yashayotgan va muborak Umra ziyoratini ado etayotgan sobiq jangchilar videoaloqa orqali tadbir ishtirokchilariga murojaat qilib, quroldoshlarini bayram bilan tabrikladilar. Bu holat masofalar qanchalik uzoq boʻlmasin, jang maydonlarida toblangan doʻstlik rishtalari hech qachon uzilmasligini yana bir bor tasdiqladi.

Shuningdek, tadbir davomida “VETERAN” birlashmasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi hamda uning joylardagi tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlarga “Faxriy yorliq”lar topshirildi. Afgʻon urushida ishtirok etgan 135 nafar faxriyga esa esdalik sovgʻalari ulashildi.

Nukus shahrida boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuv nafaqat xotira tadbiri, balki tinchlikning qadrini anglash, bugungi osuda kunlarga shukronalik keltirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi maʼnaviy tadbir boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026