21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 17:01
Jamiyat 👁 424

Ekologik muammolarga qarshi kurashish — har bir fuqaroning ishi

Ekologik muammolarga qarshi kurashish — har bir fuqaroning ishi

Global dunyoda kuzatilayotgani kabi mamlakatimizda ham ekologiya bilan bogʻliq muammolar tobora dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi mavjud holatni izga solish maqsadida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan Prezident farmonlari, hukumat qarorlari qabul qilinib, izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda. Shu bilan birga, xalqimizga xos boʻlgan qadimiy anʼanalarni tiklash, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ona tabiatni asrab-avaylash, uni boyitib borish har bir insonning burch va masʼuliyati sifatida kundalik hayot tarzidan munosib oʻrin olgan.

Amudaryo tumanida ham aholining ekologik madaniyatini oshirish, har bir xonadon, har bir koʻcha va mahalla hududini yashil bogʻ-rogʻlarga aylantirishga qaratilgan saʼy-harakatlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Ayniqsa, kuz va bahor oylarida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy harakati ekologik muammolarni bartaraf etish borasida amudaryoliklarni yagona maqsad yoʻlida yanada jipslashtirdi. Faqat 2025-yilning oʻzida tumanning barcha ovul va mahallalari hududlarida koʻplab yashil bogʻ-rogʻlar yaratildi. Hududlarda barpo etilgan yashil bogʻlar uchun Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan tumanning tuproq va iqlim sharoitiga mos, anomal sovuq va jazirama yoz haroratiga, shoʻr va suvsizlikka chidamli daraxt koʻchatlari yetkazib berildi. 825 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt koʻchatlari sifatli qilib ekilib, ularning unib-oʻsib, yaxshi rivojlanishi uchun masʼul ishchilar biriktirildi. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida Choykoʻl ovulida 0,9 gektarlik bogʻ barpo etildi va Mangʻit-Qipchoq guzar yoʻlining ikki tarafiga turli manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Tuman hududlaridagi ekologik muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida vakolatli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar tufayli 123 holatda qonunbuzilishlar aniqlanib, mansabdor shaxslar va fuqarolarga 250 mln soʻmdan ziyod jarimalar solindi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan irrigatsiya tarmoqlarining muhofaza hududlari hamda quyi Amudaryo biosfera rezervati tasarrufidagi oʻrmonzorlar, tabiiy ravishda oʻsgan daraxtzorlarni asrab-avaylashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻtgan 2025-yil davomida boʻlim tomonidan “Yerelektron” avtomatlashtirilgan platforma orqali ajratilgan 10 gektardan ziyod yer maydonlarining ekologik holati atroflicha oʻrganib chiqildi va mazkur yer maydonlari hududidagi dov-daraxtlar alohida tizimga olinib, qonun doirasida zarur xulosalar berildi.

Bugungi kunda Amudaryo tumanida ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan barcha saʼy-harakatlar nafaqat davlat va jamoat tashkilotlari, balki siyosiy partiyalar va aholi bilan hamkorlik asosida olib borilayotgani oʻzining ijobiy natijasini bermoqda. Ayniqsa, sogʻliqni saqlash, taʼlim-tarbiya tizimi sohalari vakillari, Oʻzbekiston Ekologiya partiyasi Amudaryo tuman Kengashining oʻzaro hamkorligi natijasida 2025-yilning bahor va kuz faslida taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida faoliyat olib boruvchi ekologiya partiyasi aʼzolari ishtirokida 50 dan ziyod aktsiyalar tashkil etilib, minglab mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. Bu borada partiyaning “Ayollar qanoti” faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi. “Ayollar va ekologik muammolar” mavzusida tashkil etilgan uchrashuvlarga tumanning barcha hududlarida istiqomat qiluvchi katta, oʻrta yosh toifasidagi fuqarolar, ayniqsa, eng koʻp yoshlar qamrab olindi. Bunday uchrashuvlar 49 ta ovul va mahallalarda oʻtkazilib, aholining ekologik madaniyatini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, bukletlar tarqatildi.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan barcha saʼy-harakatlarda tuman aholisi, ayniqsa, yoshlar faol ishtirok etishmoqda. Tabiiy resurslarni tejash, atrof-muhit tozaligiga eʼtiborli boʻlish, xonadonlarni yoritish va isitishda energiya tejamkor uskunalardan foydalanish, keng koʻlamli koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish bugungi kunda har bir amudaryolikning birinchi galdagi dolzarb vazifasiga aylangan. Choʻllanish va suvsizlikka qarshi koʻrilayotgan chora-tadbirlar tumanda faoliyat olib boruvchi qishloq xoʻjalik korxonalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan samarali foydalanish imkonini bermoqda.

Suv — nafaqat insoniyat uchun, balki tabiiy olam uchun ham eng zarur hayot va taraqqiyot manbaidir. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, 1 tonna bugʻdoy yetishtirish uchun 1,5 tonna, 1 tonna sholi uchun 4-5, 1 tonna paxta hosilini yetishtirish uchun esa 10000 tonna suv sarflanar ekan. Gidrosferaning 2,5 foizi chuchuk suv ekanligini inobatga olsak, global dunyoda, shu barobarida mamlakatimizda ham ekologiya bilan bogʻliq muammolar, ayniqsa, suvsizlikka qarshi qatʼiy choralar koʻrish va bu borada qatʼiyat va tejamkorlik bilan ish olib borish nafaqat davlatning, balki har bir fuqaroning zimmasiga yuksak masʼuliyat yuklaydi.

Shunday ekan, aziz yurtdoshlar, yashil energiya manbalaridan foydalanishni anʼanaga aylantirish, tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini faoliyatimizga keng joriy etish, bogʻ-rogʻlar, yashil maskanlarni koʻpaytirish, yerosti suvlaridan oʻta ehtiyotkorlik bilan foydalanish orqali ekologik tahdidlarning oldini olishga oʻz hissamizni qoʻshaylik!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026