21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:26
Fan va taʼlim 👁 262

SALOHIYaTLI YoShLAR KAMOL TOPAYoTGAN DARGOH

SALOHIYaTLI YoShLAR KAMOL TOPAYoTGAN DARGOH

Bugungi kunda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar har bir maktab faoliyatida oʻz ifodasini topmoqda. Zamonaviy bilim berish, yosh avlodni maʼnaviy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularni zamon talablariga mos kadrlar sifatida shakllantirish — bugungi kunning ustuvor vazifalaridandir. Amudaryo tumanidagi 19-sonli maktab jamoasi ham ana shu missiyani sharaf bilan ado etib kelmoqda.

Mazkur maktabning hozirgi binosi 1970-yilda qurila boshlagan boʻlib, 1971-yilda 400-oʻringa moʻljallab foydalanishga topshirilgan. Bugungi kunda esa bu yerda 780 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. Taʼlim jarayoniga 65 nafar pedagog jalb etilgani maktab jamoasining salohiyati yuqori ekanini koʻrsatadi.

Pedagoglar tarkibi sifat jihatidan ham diqqatga sazovor: 10 nafar oliy toifali, 21 nafar 1-toifali, 14 nafar 2-toifali hamda 23 nafar mutaxassis oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 10 nafar oʻqituvchi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega. Ingliz tili fani oʻqituvchisi Ayapbergan Qudaybergenovning Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan ish haqiga 70 foiz ustama olayotgani esa yuqori malaka va samarali mehnatning munosib baholanayotganidan dalolat beradi. Maktab oʻquvchilaridan 12 nafarida milliy sertifikatlar mavjudligi taʼlim sifati natijalarda oʻz aksini topayotganini koʻrsatadi.

Har qanday yutuq zamirida mustahkam boshqaruv va tizimli mehnat faoliyati yotadi. Maktab rahbariyati deyarli har uni ertalab direktor huzurida yigʻilib, kun tartibidagi masalalarni muhokama qiladi. Maktab direktori Nodira Tajimuratova hafta davomidagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilib, navbatdagi vazifalar yuzasidan aniq rejalar belgilab oladi va tegishli masʼullarga topshiriqlar beradi.

Maktab jamoasining ilmiy yoʻnalishdagi yutuqlari nihoyatda salmoqli. Maktab oʻquvchisi Jahongir Saʼdullayev fan olimpiadasida tumanda faxrli 1-oʻrinni egalladi. Joriy yilda Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan Arximed xalqaro olimpiadasida 6-sinf oʻquvchisi Bunyodbek Gulmirzayev saralash bosqichida oltin, finalda esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. U boshqa xalqaro olimpiadalarda ham yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Yosh matematikning muvaffaqiyatlarida ustozi, tajribali matematika fani oʻqituvchisi Zulfiya Matkarimovaning mehnati beqiyosdir.

Oʻquvchilar nafaqat taʼlimda, balki mahalliy va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarida ham munosib ishtirok etmoqda. Jumladan, 2025-yil oktyabr oyida sportning taykvando yoʻnalishida 11-sinf oʻquvchisi Gulbonu Oʻrinboyeva Oʻzbekiston chempioni boʻldi. Bu natija maktabda jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan eʼtibor samarasidir.

Taʼlim maskanida oʻquvchilarga faqat bilim berish bilan cheklanilmasdan, kasbga yoʻnaltirish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 1-iyuldagi 220-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida maktabda kasbiy rivojlantirish soatlari sifatli tashkil etilgan. Bu soatlarni ingliz tili fani oʻqituvchisi Ayapbergan Qudaybergenov olib borib, oʻquvchilarga chuqur bilim berishga va ularni kelajak uchun foydali boʻlgan kasblarga yoʻnaltirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Maktabda fan va kasb toʻgaraklari ham samarali yoʻlga qoʻyilgan. Texnologiya fani oʻqituvchisi Saparboy Tangirbergenov rahbarligidagi “Mohir qoʻllar” toʻgaragida oʻquvchi qizlar bichish-tikish va munchoq tikish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmoqda.

Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Rustam Oʻtamuratov, tarix fani oʻqituvchisi Baxram Saparboyev va matematika fani oʻqituvchisi Zulfiya Matkarimova tomonidan oʻtilayotgan qiziqarli darslar oʻquvchilarning bilim darajasini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Maktabda darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi. Bu esa koʻp millatli jamiyatda taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytiradi. Yosh va tajribali boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Mahfuza Oʻpayeva qozoq sinfida bolajonlarga mehr va fidoyilik bilan dars berib, ularni bilim olamiga yetaklamoqda.

Maktab kutubxonasida 1140 ta badiiy kitob va 20 mingdan ortiq darslik mavjud. Oʻqituvchi va oʻquvchilar boʻsh vaqtlarida kerakli adabiyotlarni mutolaa qilib, bilim doirasini kengaytirmoqda.

Maktab psixologi Gulshod Xoʻjanafasova oʻquvchilar bilan muntazam treninglar oʻtkazib, ularni qiziqishlariga qarab kasb tanlashga yoʻnaltirmoqda. Tarbiyasida oʻzgarish kuzatilayotgan oʻquvchilar bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazilib, kerakli tavsiyalar berib borilishi taʼlim-tarbiya jarayonining muhim qismiga aylangan.

Maktabga biriktirilgan inspektor-psixolog Gʻiyosjon Kenjaboyev, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Kunduz Kazakova va maktab psixologi Gulshod Xoʻjanafasova maktabda ertalabki reyd tashkil etib, oʻquvchilarning darsliklarni toʻliq olib kelishi, sumkalarida tigʻli buyumlar mavjud yoki yoʻqligini koʻzdan kechiradi. Bunday tadbirlar maktabda xavfsiz muhit yaratish va intizomni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, taʼlim maskanida turli sanalar munosabati bilan bayram tadbirlari, adabiy-badiiy kechalar tez-tez oʻtkaziladi. Ona tili fani oʻqituvchisi Nafisa Abdullayeva tomonidan 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir ham shular jumlasidandir. Mazkur tadbirda oʻquvchilar faol ishtirok etib, Boburning hayot va ijod yoʻli, asarlari haqidagi bilimlarini yanada mustahkamladilar.

Kuyuk koʻpir ovulidagi 19-sonli umumtaʼlim maktabi oʻzining koʻp yillik tarixi, malakali pedagoglari, oʻquvchilarning yuqori natijalari va pedagoglar jamoasining hamjihatligi bilan namuna boʻla oladigan taʼlim muassasalaridan biridir. Bunday maskanlarda tarbiya topayotgan yoshlar kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan malakali kadrlar boʻlib yetishishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026