21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:59
Jamiyat 👁 253

Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi binosida ochiq sud majlisi oʻtkazildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi binosida ochiq sud majlisi oʻtkazildi

Huquqiy davlat va adolatli jamiyat barpo etish yoʻlida qonun ustuvorligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Ayniqsa, joylarda maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ochiq muhokamalar oʻtkazilishi nafaqat sodir etilgan holatlarga huquqiy baho berish, balki aholi oʻrtasida qonunga hurmat ruhini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Amudaryo tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibi va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ana shunday sayyor sud majlisi oʻtkazildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi binosida boʻlib oʻtgan mazkur ochiq sud majlisiga Jinoyat ishlari boʻyicha Taxiatosh tuman sudining tergov sudyasi Artur Davletov raislik qildi.

Sud jarayonida tuman hududida qayd etilgan ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklar yuzasidan toʻplangan ish hujjatlari atroflicha koʻrib chiqildi. Xususan, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmaslik bilan bogʻliq holatlar, shuningdek, avtotransport vositalariga ruxsat etilmagan ovoz chiqaruvchi qurilmalar, jumladan sirena kuchaytirgichlari oʻrnatish bilan bogʻliq qoidabuzarliklar muhokama markazida boʻldi.

Majlis davomida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga amaldagi qonunchilik normalari mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Sudya tomonidan bunday xatti-harakatlar jamiyat xavfsizligi, yoʻl harakati intizomi va fuqarolar osoyishtaligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi alohida taʼkidlandi. Shu bilan birga, kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, qonun doirasida tegishli choralar belgilandi.

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, bugungi kunda tumanda uchrayotgan huquqbuzarliklarning salmoqli qismi transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarish, yoʻl-patrul xizmati xodimlarining toʻxtash haqidagi qonuniy ishoralariga amal qilmaslik, shuningdek, aholi gavjum hududlarda — dehqon bozori va shifoxona atrofidagi “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi amal qiladigan joylarda avtomobillarni noqonuniy toʻxtatish bilan bogʻliqdir.

Jamoat xavfsizligi va yoʻllarda tartib-intizomni taʼminlash har bir fuqaroning ongli munosabatiga bogʻliq. Bunday profilaktik va huquqiy tushuntirish ishlarining izchil davom ettirilishi jamiyatda qonunbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, har bir fuqaro qonun talablariga rioya etishni shaxsiy burchi deb bilgan taqdirdagina hududlarda tinchlik-osoyishtalik, xavfsiz muhit va barqaror tartib taʼminlanadi.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishga, avtotransport vositalarini tegishli hujjatlar asosida boshqarishga, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga boʻysungan holda harakat qilishga chaqiramiz. Ayniqsa, aholi gavjum joylarda belgilangan yoʻl belgilariga amal qilish, taqiqlangan hududlarda transport vositalarini toʻxtatmaslik va jamoat osoyishtaligini buzuvchi har qanday harakatlardan tiyilish zarur. Zero, qonunga itoat va yuksak madaniyat — xavfsiz va osoyishta hayot garovidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026