21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 04:00
Jamiyat 👁 317

Ochiq sayyor sud majlisida byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilish holati koʻrib chiqildi

Ochiq sayyor sud majlisida byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilish holati koʻrib chiqildi

Korruptsiya va mansab vakolatlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda. Ayniqsa, byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi, aholiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarda qonuniylik va shaffoflikni taʼminlash jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda joylarda oʻtkazilayotgan ochiq va sayyor sud majlislari nafaqat qonun buzilish holatlariga huquqiy baho berish, balki aholi oʻrtasida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.

Amudaryo tumanida ham ana shunday ochiq sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi. Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev boshchiligida tuman Tibbiyot birlashmasining maʼmuriy binosida tashkil etilgan majlisda autsorsing xizmati doirasida sodir etilgan qonunbuzilish holatlari koʻrib chiqildi.

Sudda aniqlanishicha, Tuman tibbiyot birlashmasining masʼul shaxslari bir guruh boʻlib harakat qilgan holda, sogʻliqni saqlash tizimida autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibiga oid meʼyoriy hujjatlarda nazarda tutilgan 20 foizlik ustama haqi shartlarini asos qilib, tumanda faoliyat yurituvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlaridan biri tomonidan yuborilgan hisob-kitoblar asosida ortiqcha mablagʻ oʻtkazilishiga yoʻl qoʻygan.

Hujjatlarga koʻra, 2024-yil sentyabridan 2025-yil mart oyigacha boʻlgan davrda bemorlarga koʻrsatilgan ovqatlanish xizmati uchun amalda 1 milliard 224 million 387 ming soʻm miqdorida toʻlov amalga oshirilishi lozim boʻlgan. Biroq hisob-kitoblar 20 foizgacha ustama qoʻshilgan holda rasmiylashtirilib, jami 1 milliard 325 million 444 ming 657 soʻm mablagʻ ajratilgan. Oqibatda 101 million 56 ming 931 soʻm byudjet mablagʻi rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilingan.

Sud qaroriga koʻra, tuman Tibbiyot birlashmasining tegishli mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” hamda “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Aybdorlar Jinoyat Kodeksining 70-moddasiga asosan chin koʻngildan pushaymonligi va yetkazilgan zararni qoplagani sababli jazo tayinlanmasdan, jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi.

Sayyor sud majlisi davomida ishtirokchilarga “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati ham keng tushuntirildi. Jumladan, korruptsiya tushunchasi, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar toʻqnashuvi kabi huquqiy atamalarning mazmuni ochib berildi. Shuningdek, qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, fuqarolar huquqlarining ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi kabi tamoyillar korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy poydevori ekani taʼkidlandi.

Majlisda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz kayfiyatni shakllantirish, huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Shu bilan birga, korruptsiyaga oid holatlar haqida ataylab yolgʻon axborot taqdim etgan shaxslar ham qonun oldida javob berishi qayd etildi.

Bunday ochiq sud jarayonlari jamiyatda adolat tamoyilini mustahkamlash, davlat mablagʻlarining talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish hamda har bir rahbar va masʼul xodimda qonun oldidagi masʼuliyat hissini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, korruptsiyaga qarshi kurashish — faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir.

Jasurbek Baltabayev, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026