21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:02
Jamiyat 👁 268

Umumxalq xayriya hashari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida uyushqoqlik bilan oʻtkazildi

Umumxalq xayriya hashari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida uyushqoqlik bilan oʻtkazildi

Bahor — tabiatning uygʻonish, yangilanish va yasharish fasli. Bu fasl atrof-muhitga oʻzgacha fayz, insonlar qalbiga esa yangicha shijoat va koʻtarinki ruh baxsh etadi. Qishning sovuq va izgʻirinli kunlaridan soʻng yer yuziga iliq nafas qaytadi, daraxtlar kurtak yozadi, maysalar unib chiqadi, tabiat yana bir bor hayot davomiyligini namoyon etadi. Shu bois ham bahor fasli azaldan obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, yaratuvchanlik kabi ezgu amallar mavsumi sifatida qadrlanadi.

Bahorning dastlabki kunlarida, Navroʻz bayrami arafasida koʻchat ekish, ariq-zovurlarni tozalash, mahalla va koʻchalarni obod qilish, xonadonlar atrofini sarishta qilish kabi ishlar milliy turmush tarzimizning ajralmas qismiga aylangan. Yurtdoshlarimiz orasidagi oʻzaro ahillik va hamjihatlik ana shunday hashar va obodonlashtirish tadbirlarida yanada yaqqol koʻzga tashlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 72-son farmoyishiga asosan “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida yurtimiz boʻylab 13–14-mart kunlari umumxalq xayriya hashari oʻtkazildi. Mazkur hashar yurtimizni yanada obod va koʻrkam qilish, mahallalarda ozodalik va sarishtalikni taʼminlash, eng muhimi, aholi oʻrtasida hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Amudaryo tumanining ovul va mahallalarida ham mazkur hashar yuqori uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Hududlarda keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari boshlanib, ayniqsa hashar kunlarida koʻchalar, yoʻlaklar, jamoat joylari va aholi gavjum hududlar saranjom-sarishta qilindi. Atrof-muhitni tartibga keltirish, chiqindilarni tashkiliy ravishda olib chiqish, ariq va yoʻl yoqalarini tozalash ishlariga alohida eʼtibor qaratildi. Ayniqsa, daraxtlarga shakl berish, oqlash, mavjud yashil hududlarni yanada kengaytirish tadbirlari nafaqat hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, balki ekologiya va atrof-muhit musaffoligini taʼminlashga, hamyurtlarimizning turmush madaniyatini yanada yuksaltirishga ham xizmat qildi.

Kelajak avlod uchun yanada yashil, sogʻlom va musaffo muhit yaratish maqsadida hashar kunlarida koʻplab mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Bu ishlar nafaqat bugungi kun manfaati, balki ertangi avlodning sogʻlom hayoti, ekologik barqarorlik va hududlarning iqlimiy muvozanatini saqlash nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Ekilgan har bir koʻchat — bu kelajakka qilingan sarmoya, tabiatga bildirilgan ehtirom va avlodlarga nisbatan mehr ifodasidir. Shu maʼnoda, bahorgi koʻchat ekish ishlari tuman ahlining ezgu maqsadlar yoʻlidagi amaliy saʼy-harakatini yana bir bor namoyon etdi. Bu xayrli ishlarda tuman hududidagi barcha muassasa, korxon va tashkilotlar xodimlari, tuman Mahallalar uyushmasi boshchiligida joylardagi fuqarolar yigʻinlari masʼullari uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar.

Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga nafaqat davlat va jamoat tashkilotlari, balki nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari ham munosib hissa qoʻshmoqda. Xususan, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Ekologik madaniyat – sogʻlom kelajak asosi” nomli loyihasi doirasida bu yoʻnalishda qator amaliy ishlarni olib bormoqda.

Grant loyihasi doirasida joylarda uchrashuvlar oʻtkazish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish va ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar tarqatish orqali ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari aholining keng qatlamiga tushuntirilmoqda.

Loyiha doirasida aholini elektr tejovchi uskunalardan foydalanishga ragʻbatlantirish, shu orqali ekologiyani asrashga va tabiiy resurslarni tejashga daʼvat qilish maqsadida bir necha marta oʻquv-seminarlari hamda uchrashuvlar tashkil etildi. Faol ishtirokchilarga energotejamkor lampochkalar tarqatilishi esa targʻibotning amaliy natijasi sifatida ahamiyatli boʻldi. Bu orqali aholining nafaqat ekologik bilimlari, balki kundalik turmushda tejamkorlikka amal qilish koʻnikmalari ham mustahkamlanmoqda.

Oʻtgan yilning kuzgi koʻchat ekish mavsumida grant loyihasi doirasida tumandagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ijtimoiy himoya” yagona reyestriga kiritilgan oilalar ishtirokida “Oilamiz bogʻini yaratamiz!” nomli aktsiya tashkil qilingan edi. Aktsiya doirasida 50 ta oilaning har biriga 20 tupdan, jami 1000 tup mevali va manzarali daraxt koʻchati bepul tarqatildi. Tuman mahallalar uyushmasi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ushbu aktsiya orqali oilalarning daromad manbalarini yaratishga, shuningdek, hududlarning yashilligini va ekologik barqarorligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshildi.

Bu yoʻnalishdagi ishlar grant loyihasining ish rejasi asosida izchil davom ettirilmoqda. Tashkilot tomonidan bahorgi koʻchat ekish mavsumida muassasa va korxona-tashkilotlar hamkorligida “Yashil Oʻzbekiston” aktsiyasining oʻtkazilishi ham ana shu saʼy-harakatlarning amaliy ifodasi boʻldi. Umumxalq xayriya hashari kunlarida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti masʼullari aktsiya doirasida tashkilotlar, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari maʼmuriyatiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini bepul tarqatib, ularni ekish jarayonida ham faol ishtirok etdi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilikning hududlarni obodonlashtirishdagi ishtiroki alohida ahamiyatga ega. Chunki bunday tashabbuslar faqatgina hududlarni tozalash yoki koʻchat ekish bilan cheklanib qolmay, balki fuqarolik jamiyatining faolligini, odamlarning umumiy maqsad yoʻlida birlashishini taʼminlaydi. Jamoatchilik ishtirokida amalga oshirilgan har bir ezgu ish aholi ongida masʼuliyat, daxldorlik va tabiatga mehr tuygʻusini kuchaytiradi. Eng muhimi, bunday hamkorlik natijasida ekologik madaniyatni shakllantirish, hududlarning obod qiyofasini saqlash va kelgusi avlodga munosib hayot muhitini qoldirishga mustahkam zamin yaratiladi.

Xulosa qilib aytganda, bahorgi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari Amudaryo tumanida ham yuksak uyushqoqlik, hamjihatlik va tashkilotchilik ruhida amalga oshirilmoqda. Umumxalq xayriya hashari, “Yashil Oʻzbekiston” aktsiyasi, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilikning faol ishtiroki natijasida hududlar yanada ozoda, koʻrkam va yashil tus olmoqda.

Bu esa nafaqat bugungi kun uchun, balki kelajak avlod uchun ham sogʻlom, musaffo va barqaror muhit yaratish yoʻlidagi muhim qadamdir. Zero, yurt obodligi mahalladan, mahalla ravnaqi esa har bir fuqaroning ezgu amallaridan boshlanadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026