21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 03:58
Jamiyat 👁 326

Nukusda maishiy korruptsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati masalalari muhokama qilindi

Nukusda maishiy korruptsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati masalalari muhokama qilindi

Nukus shahrida maishiy korruptsiya holatlarini jamoatchilik ishtirokida oʻrganish va tahlil qilishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi tomonidan “Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi”da tashkil etildi. Unda fuqarolik jamiyati institutlari faollari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va mazkur yoʻnalishga qiziqish bildirgan faol fuqarolar ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Jamoatchilik ishtirokida maishiy korruptsiya holatlarini oʻrganish va tahlil qilish” loyihasi doirasida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi jamiyatda uchrayotgan maishiy korruptsiya holatlarini keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha oʻrganish, ularni tahlil qilish, mavjud muammo va kamchiliklarni ochiq muhokama etish, shuningdek, ushbu salbiy illatning oldini olishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat boʻldi.

Davra suhbatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi korruptsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat boʻlimi boshligʻi Batir Matmuratov, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi boshligʻi Quatbay Karimxodjayev hamda boshqa ishtirokchilar soʻzga chiqib, maishiy korruptsiyaning jamiyat hayotiga salbiy taʼsiri, uning aholi oʻrtasida namoyon boʻlayotgan turli koʻrinishlari, kelib chiqish omillari va oqibatlari haqida fikr bildirdilar.

Davra suhbatida davlat va jamoat institutlari faoliyatida shaffoflikni taʼminlashda fuqarolarning oʻrni, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning ahamiyati, korruptsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash hamda oldini olish mexanizmlari xususida atroflicha soʻz yuritildi.

Tadbir doirasida loyiha asosida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovnoma natijalari ham taqdim etildi. Unga koʻra, soʻrovnomada 2324 nafar respondent ishtirok etgan. Soʻrovnoma natijalari aholining maishiy korruptsiyaga nisbatan qarashlari turlicha ekanini koʻrsatdi. Respondentlarning katta qismi maishiy korruptsiyani davlat xizmatlarida pora yoki manfaat evaziga xizmat koʻrsatish, tanish-bilish orqali masalani hal qilish, shuningdek, pul, sovgʻa yoki xizmat evaziga yengillik yaratish kabi holatlar bilan bogʻlagan. Bu esa ushbu muammo jamiyatda turli shakllarda qabul qilinayotganini anglatadi.

Tahlillarga koʻra, maishiy korruptsiya eng koʻp tibbiyot, taʼlim, davlat xizmatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kommunal xizmatlar sohalarida uchrashi qayd etilgan. Shuningdek, ayrim respondentlar oxirgi bir-ikki yil ichida ushbu holatlarga shaxsan duch kelganini yoki uning guvohi boʻlganini bildirgan. Fuqarolarning korruptsiyaga murosali munosabatda boʻlishiga sabab sifatida esa masalani tez hal qilish istagi, vaqtni tejash, boshqa iloj yoʻqligi haqidagi qarashlar hamda huquqiy bilim yetishmasligi kabi omillar koʻrsatilgan.

Muhokamalar davomida maishiy korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, murojaat qilish madaniyatini shakllantirish, fuqarolarning oʻz huquqlarini himoya qilish koʻnikmalarini mustahkamlash muhim vazifalardan ekani alohida taʼkidlandi. Ishtirokchilar, shuningdek, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, javobgarlik choralarini kuchaytirish va jamoatchilik nazoratini yanada faollashtirish kabi choralar ushbu yoʻnalishda eng samarali vositalardan biri ekanini qayd etdilar.

Tadbir yakunida bildirilgan fikr va takliflar umumlashtirilib, kelgusida bu yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar shakllantirildi. Taʼkidlanganidek, maishiy korruptsiyaga qarshi kurashish faqat davlat organlarining emas, balki butun jamiyatning birgalikdagi saʼy-harakatini talab etadi. Bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrnini mustahkamlash va aholining faol fuqarolik pozitsiyasini ragʻbatlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026