21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:50
Jamiyat 👁 252

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni tashkil etildi

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni tashkil etildi

Muborak Ramazon oyi yurtimizda doimo mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik fazilatlarini yanada kuchaytirib, insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan ulugʻ ayyom sifatida qadrlanadi. Ushbu muqaddas oyda yurtdoshlarimiz qalbida shukronalik, bagʻrikenglik va ezgulik tuygʻulari yanada mustahkamlanib, jamiyatda oʻzaro hurmat va birdamlik muhiti hukm suradi.

Amudaryo tumanida ham muborak Ramazon oyi va xalqimizning necha ming yillik anʼanalarini oʻzida mujassam etgan Navroʻz bayrami arafasida turli xayriya va saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda. Ana shunday ezgu tadbirlardan biri tumandagi “Oltin saroy” toʻyxonasida tashkil etilgan iftorlik dasturxoni boʻldi.

Mazkur iftorlik tadbirida tuman faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar bir dasturxon atrofida jam boʻlib, muborak oy barakasidan bahramand boʻldilar. Samimiy va iliq muhitda oʻtgan ushbu uchrashuv davomida ishtirokchilar oʻzaro muloqot qilib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz taraqqiyoti uchun shukronalik izhor etdilar.

Ayniqsa, nuroniylar tomonidan qilingan duolar tadbirga alohida fayz bagʻishladi. Ularda yurtimiz tinchligi, xalqimizning farovon hayoti, yoshlarimizning porloq kelajagi hamda har bir xonadonga fayz-u baraka tilab ezgu tilaklar bildirildi. Bunday davralar nafaqat iftorlik qilish, balki insonlar qalbini yaqinlashtirish, oʻzaro hurmat va ehtiromni mustahkamlashga xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

Mamlakatimizda muborak Ramazon oyini munosib nishonlash, aholi oʻrtasida mehr-oqibat va saxovat muhitini kuchaytirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash, keksalar holidan xabar olish, kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish kabi xayrli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bu kabi xayriya tadbirlari Islom tsivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimi kunida butun mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilgani oʻziga xos ramziy maʼnoga ega. Davlatimiz rahbarining mazkur ochilish marosimidagi nutqida taʼkidlanganidek, mamlakatimizning uch ming yillik shonli tarixi va boy madaniyatining, Yangi Oʻzbekiston imkoniyatlarining yorqin koʻzgusi boʻlgan ushbu betakror va buyuk majmuaning ochilishi ne-ne ajdodlarimizning orzu-niyatlari, armonlari roʻyobga chiqqan unutilmas kun, chinakam ilm-maʼrifat bayrami boʻldi.

Bu kabi xayrli ishlarning barchasi jamiyatimizda inson qadrini ulugʻlash, tinchlik va umummilliy birlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, nuroniylar, imkoniyati cheklangan insonlar hamda yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan bunday ezgu tashabbuslar xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan qarshi olinmoqda.

Amudaryo tumanida tashkil etilgan mazkur iftorlik dasturxoni ham ana shunday xayrli ishlardan biri sifatida barchaning qalbida iliq taassurot qoldirdi. Bir dasturxon atrofida yigʻilgan insonlar oʻzaro samimiy suhbatlar qurib, Ramazon oyining maʼnaviy-ruhiy fayzidan bahramand boʻldilar.

Shubhasiz, bunday ezgu tadbirlar jamiyatimizda mehr-oqibat, saxovat, oʻzaro hurmat va hamjihatlik tuygʻularini yanada mustahkamlab, xalqimizni yanada jipslashtirishga xizmat qiladi. Ramazon oyining fayzi bilan amalga oshirilayotgan ana shunday xayrli ishlar yurtimizda inson qadrini ulugʻlash, ezgulik va bagʻrikenglik muhitini qaror toptirish yoʻlida yana bir muhim qadam boʻldi, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026