21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 04:02
Salomatlik 👁 281

«SPECTRUM» korrektsion markazi: autizm va rivojlanishdagi nuqsonlarga qarshi professional yondashuv

«SPECTRUM» korrektsion markazi: autizm va rivojlanishdagi nuqsonlarga qarshi professional yondashuv

Dunyo miqyosida 2-aprel — Xalqaro autizm haqida axborot tarqatish kuni sifatida nishonlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2008-yilda taʼsis etilgan bu sana jamiyat eʼtiborini autizm sindromi mavjud bolalarga, ularning taʼlim va tibbiy muammolariga qaratishni maqsad qilgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hozirgi kunda dunyoda 10 milliondan ortiq bola ushbu tashxis bilan yashamoqda va har yili bu koʻrsatkich 11 foizga ortib bormoqda. Agar oʻtgan asrning 90-yillarida har besh ming nafar boladan birida autizm aniqlangan boʻlsa, bugungi kunda bu raqam har 50 nafar bolaga toʻgʻri kelayotgani muammoning naqadar dolzarb ekanini koʻrsatadi. Mana shunday murakkab vaziyatda, Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan «SPECTRUM» bolalar korrektsion markazi Qoraqalpogʻistondagi yuzlab oilalar uchun umid chirogʻiga aylandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

«ABA SPECTRUM» oilaviy korxonasining tashkil topish tarixi onalik mehri va yuksak masʼuliyat tuygʻusi bilan chambarchas bogʻliq. Markaz asoschisi Dilruxsor Xalmuratova oʻz farzandining rivojlanishida ayrim nuqsonlarni sezganida, Nukus shahrida ixtisoslashgan korrektsion markaz yoʻqligi sababli qiyinchiliklarga duch kelgan edi. Biroq u taqdirga tan bermay, farzandining kelajagi uchun kurashishga qaror qildi.

Avvaliga mustaqil ravishda onlayn manbalarni oʻrgandi, soʻngra Toshkentdagi eng nufuzli markazlarda malakali mutaxassislardan saboq olib, oʻz tajribasini boyitdi. Farzandidagi rivojlanish nuqsonlarini bartaraf etishga muvaffaq boʻlgan ona, oʻz yutugʻi bilan cheklanib qolmay, boshqa ota-onalarga ham yordam berish istagida mazkur markazni tashkil etdi. Shu tariqa, 2023-yilning may oyida birinchi filial, talab va ehtiyojning yuqoriligi sababli 2025-yilning oktyabr oyida esa ikkinchi filial mijozlar uchun oʻz eshiklarini ochdi. Bugungi kunda markazning Nukus shahridagi har ikkala filialida ham bolajonlar uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Markazda asosan autizm, Daun sindromi hamda ruhiy va nutqiy rivojlanishning kechikishi kabi tashxisi bor bolalarga malakali yordam koʻrsatiladi. Ushbu tashxis bolada xotira, diqqat-eʼtibor, fikrlash va eng muhimi, nutq shakllanishi tengdoshlariga qaraganda ortda qolayotganini bildiradi. Agar oʻz vaqtida toʻgʻri korrektsion choralar koʻrilmasa, bu bolada ijtimoiy moslashish va taʼlim olishda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. «SPECTRUM» markazida aynan shunday holatlarni erta aniqlash va bartaraf etish ustida 16 nafar yuqori malakali xodim ish olib bormoqda. Ularning faoliyati Polsha, Turkiya va Amerika kabi rivojlangan davlatlarning ilgʻor standartlariga asoslangan.

Korrektsion jarayonning muvaffaqiyatini toʻrt xil mutaxassisning birdamlikdagi mehnati taʼminlaydi. Bular logoped-defektologlar, neyropsixologlar, sensor integratsiya xodimlari va AVA-terapistlardir. Ayniqsa, AVA-terapiya, yaʼni amaliy xulq-atvor tahlili uslubi jahon miqyosida tan olingan eng samarali tizim boʻlib, u bolaning hatti-harakatlarini tahlil qilish va ijobiy koʻnikmalarni ragʻbatlantirish orqali yangi bilimlarni oʻrgatishga asoslanadi. Bu turdagi terapiya yordamida bola nafaqat oʻziga xizmat qilishni oʻrganadi, balki atrofdagilar bilan muloqot qilish, his-tuygʻularini ifodalash koʻnikmalarini ham oʻzlashtiradi. Sensor integratsiya xodimlari esa bolaning sezgi organlari — koʻrish, eshitish, hid bilish va harakat muvozanatini toʻgʻri ishlashiga koʻmaklashib, tashqi dunyoni anglashdagi toʻsiqlarni olib tashlaydilar.

Bugungi kunga qadar «SPECTRUM» korrektsion markazida 500 dan ortiq bola diagnostikadan oʻtkazilib, ularga zaruriy korrektsion yordam koʻrsatildi. Eng quvonarlisi shundaki, 100 dan ortiq bolalarda yuqori ijobiy natijalar qayd etilib, ularning hayot sifati sezilarli darajada yaxshilandi. Markaz asoschisi Dilruxsor Xalmuratova bank krediti evaziga zarur zamonaviy uskunalarni xarid qilib, har bir bola uchun individual yondashuv tizimini yoʻlga qoʻygan. Bu yerda har bir muvaffaqiyat, har bir yangi aytilgan soʻz va har bir mustaqil qadam katta bayram sifatida kutib olinadi. Zero, autizm yoki boshqa rivojlanish nuqsonlari hukm emas, balki alohida eʼtibor va professional yondashuv talab etadigan holatdir.

Jamiyatimizda bunday markazlarning koʻpayishi har bir bolaning toʻlaqonli hayot kechirishga boʻlgan huquqini taʼminlash yoʻlidagi eng muhim qadamdir. Maqsad bitta — hech bir bola eʼtibordan chetda qolmasligi va har bir oila oʻz farzandining porloq kelajagiga ishonch bilan qarashi kerak.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026