21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:29
Jamiyat 👁 305

NURONIYLAR MASLAHATLARI BILAN – KAMBAGʻALLIKDAN FAROVONLIK SARI

NURONIYLAR MASLAHATLARI BILAN –  KAMBAGʻALLIKDAN FAROVONLIK SARI

Inson qadri ulugʻlangan yurtda har bir fuqaroning farovon yashashi, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning qoʻllab-quvvatlanishi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanadi. Xalqimiz azaldan mahalla oqsoqollarining pand-nasihatlariga, hayotiy tajribasiga tayanib ish koʻrgan, ogʻir damlarda keksalarning duosi va yoʻl-yoʻrigʻi bilan mushkulini oson qilgan. Bugungi kunda bu anʼana yangicha mazmun kasb etib, tizimli islohotlarning ajralmas qismiga aylandi. Davlatimiz rahbarining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilayotgan muhim hujjat boʻldi.

Mazkur qaror asosida 2025-yilning yanvar oyidan boshlab mamlakatimizning har bir mahallasida uch nafardan boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan faol nuroniylarning har biriga beshtadan kambagʻal oila biriktirildi. Bu nafaqat moddiy yordam, balki ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, muhtoj oilalarga ruhiy dalda berish va ularni mehnat orqali yuqori natijalarga yoʻnaltirish demakdir. Ushbu xayrli tashabbus Amudaryo tumanida ham keng quloch yoyib, koʻplab xonadonlarga quvonch va qut-baraka olib kirmoqda.

Tumanning Mangʻit shahridagi Durunki mahallasida istiqomat qiluvchi Muxtor Haytakov xonadoni bir paytlar kambagʻal oilalar reyestrida edi. Bu oilaning farovonlik sari tashlagan ilk qadamlarida nuroniy onaxon Omongul Qayupovaning xizmatlari beqiyos. Masʼul sifatida biriktirilgan onaxon avvalo oilaning ichki imkoniyatlarini oʻrgandi, ularning dardu tashvishlariga sherik boʻldi. Koʻrsatilgan amaliy koʻmak natijasida oila boshligʻi va uning turmush oʻrtogʻi doimiy ish oʻrniga ega boʻldi. Shuningdek, “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda xonadonda parrandachilik faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bugungi kunda ushbu oila nafaqat kambagʻallik reyestridan chiqarildi, balki oʻz mehnati orqali barqaror daromad manbaini yaratishga muvaffaq boʻldi. Nuroniylarning har bir xonadonga kirib borishi, oila aʼzolari bilan uchrashib, ularning muammolarini yechishga koʻmaklashishi jamiyatda jipslik va mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlamoqda.

Xuddi shunday ijobiy oʻzgarishlarni Olmazor mahallasida yashovchi Dilbar Atajanova xonadoni misolida ham koʻrish mumkin. Ushbu oilaga mahalla faoli Ozod Madraimov masʼul qilib biriktirilgan. Uning tavsiyasi va “Mahalla yettiligi”ning koʻmagi bilan oilaning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qoplash va xarajatlarni kamaytirish maqsadida xonadonga quyosh panellari oʻrnatib berildi. Ozod Madraimovning bevosita yordami bilan oilaga imtiyozli kredit ajratildi va bu mablagʻ evaziga chorva mollari sotib olindi. Hozirda xonadonda chorvachilik kengaytirilib, roʻzgʻorning kam-koʻsti toʻldirilmoqda.

Raqamlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturining ijrosi tumanda qanchalik samarali ketayotgani yaqqol namoyon boʻladi. Xususan, 2025-yilning birinchi bosqichida 138 nafar nuroniyga 668 ta oila, ikkinchi bosqichida esa 144 nafar nuroniyga 719 ta oila biriktirildi. Olib borilgan izchil ishlar natijasida birgina 2025-yilning oʻzida jami 664 ta oila kambagʻallikdan chiqarildi.

Bogʻ mahallasida yashovchi Azamat Toʻrayev oilasi ham bugun kambagʻal oilalar reyestrida yoʻq. Unga masʼul etib tayinlangan Qurolboy Eshchanov oilaning tadbirkorlikka boʻlgan ishtiyoqini toʻgʻri yoʻnaltira oldi. Koʻrsatilgan amaliy yordam va bankdan olingan kredit evaziga Azamat Toʻrayev chorva mollari sonini koʻpaytirishga erishdi. Bu bilan cheklanmay, kichik ishlab chiqarish tsexini ham tashkil etdi. Bu esa oilaning iqtisodiy qudratini oshirish bilan birga yangi ish oʻrinlaring yaratilishiga ham xizmat qilmoqda.

Shu mahallada istiqomat qiluvchi Marhabo Haytakova oilasiga tajribali nuroniy onaxon Zulfiya Ollayorova masʼul qilib biriktirilgan. Bu yerda ham tizimli yondashuv oʻz samarasini berdi: oila kredit mablagʻlari hisobiga chorvachilikni kengaytirib, kambagʻal oilalar reyestridan chiqarildi.

Bugungi kunda Amudaryo tumanida bu xayrli ishlar izchil davom ettirilmoqda. 2026-yilning birinchi bosqichida 144 nafar nuroniyga 720 ta oila biriktirilib, ularni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha amaliy rejalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Oilalarning oʻzini oʻzi band qilishi uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi, nuroniylarning tomorqadan unumli foydalanish va mehnat intizomi borasidagi maslahatlari kambagʻallikka qarshi kurashishda asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Nuroniylar orqali ularga biriktirilgan har bir oilada sogʻlom maʼnaviy muhit qaror topib, oila aʼzolarida mehnatga boʻlgan ishtiyoq va ertangi kunga ishonch paydo boʻlmoqda. Ushbu tizim natijasida oʻz daromadiga ega boʻlgan, yashash sharoitlari yaxshilangan yurtdoshlarimiz yaratilgan imkoniyatlar va koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor uchun Prezidentimizga oʻzlarining samimiy minnatdorliklarini izhor etmoqdalar. Zero, xalq roziligi – islohotlarning oliy maqsadi, nuroniylarning duosi va yoshlarning shijoati esa farovon kelajak garovidir.

Bekman ALLABERGANOV, “Nuroniy” jamgʻarmasining Amudaryo tuman boʻlimi raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026