YoŞ OILALARGA "KAMOLOT UYLARI" TOPŞIRILDI
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişiga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” gi PQ 2124 –sonli qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida tumanda "Yer ajratiş, egalik qiliş, foydalanişga va ijaraga beriş masalalarini körib çiquvçi doimiy komissiyasi”ning 2015-yil 25-mart kungi 177-sonli qarori asosida yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş, "Kamolot” uylari barpo etiş maqsadida tumandagi Gulzor maxallasi xududidan 3 gektar yer maydoni ajratilgan edi.
2015-yil 6-iyul kuni Amudaryo tumanida qurilgan "Kamolot şaharçasi”dagi "Kamolot uylari”ni öz egalariga topşiriş böyiça tantanali tadbir bölib ötdi.
Tadbirda tuman hokimining birinçi örinbosari B.Ernazarov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi B.Yangiboyev, "Kamolot” YoIHning Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi A.Daniyarov va boşqalar istiqlol yillarida yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, yoş oilalar uçun zarur turmuş şaroitlarini yaratişga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladilar.
Şu kuni tumandagi
20 nafar yoş oilalarga "Kamolot uylari”ning kaliti tantanali ravişda topşirildi.

"Kamolot uylari”
"Amudaryo quriliş” MÇJ quruvçilari tomonidan sifatli qilib qurib bitkazildi. 4
qavatli, 48 xonadonli uşbu uylarda tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitiş va
kanalizatsiya tizimlari bilan taʼminlangan. Zamonaviy uslubda bunyod etilgan köp
qavatli bino oldi kökalamzorlaştirilgan bölib, bu yerda bolalar maydonçasi
mavjud. Kelgusida uşbu şaharçani yanada kengaytirib, quriliş işlarini davom
ettiriş közda tutilmoqda.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶