MUROJAAT ETIŞ HUQUQINING QONUNIY KAFOLATLARI
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuçli fuqarolik jamiyati barpo etiş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar öz samarasini berayotir. Jumladan, fuqarolarning Konstitutsiya asosida kafolatlangan vakolatli organlarga murojaat etiş huquqi amalda töla taʼminlanayotir.
Zero, fuqarolarning murojaat qiliş huquqi inson huquqlari taʼminlanişi va samarali himoya qilinişining muhim omillaridan biridir. Şu bois milliy qonunçiligimizda fuqarolar murojaatlari masalasiga alohida örin berilgan.
2014-yil 4 dekabrda matbuotda eʼlon qilingan Özbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi qonuni fuqarolarning davlat organlariga murojaat etiş tartibini yanada takomillaştirdi. Qonun bilan yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş bilan boğliq, ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solindi. Uşbu sohadagi qonun buzilişi uçun javobgarlik belgilanib, davlat organlariga, mansabdor şaxslarga murojaat qiliş tartibi aniqlaştirildi.
Qonunda murojaatlarning şakllari, turlari, ularga qöyiladigan talablar belgilandi. Jumladan, jismoniy va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qiliş, murojaat etiş huquqlarining kafolatlari mustahkamlandi. Murojaatlarni beriş va ularni körib çiqiş tartibi, muddatlari, murojaatlarni körmay qoldiriş asoslari, murojaatlarni körib çiqişda jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari hamda davlat organlarining majburiyatlari, moddiy zararning örnini qoplaş va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qiliş, murojaatlar töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun javobgarlikka oid qoidalar ham qonunda öz ifodasini topdi.
Qonunda zamon talablaridan kelib çiqib, elektron şaklda murojaat qiliş huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Endilikda jismoniy va yuridik şaxslar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tegişli idora, mansabdor şaxslarga murojaat qilişi mumkin.
Jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qiliş jadvalida qabul vaqti va joyi körsatilişi hamda qabulga oldindan yoziliş töğrisidagi axborot mavjud bölişi şart. Bunday jadval maʼmuriy binoning hamma körişi mumkin bölgan joylariga joylaştiriladi. Qabul tartibi davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida ham eʼlon qilinadi.
Davlat organlarining qabulni ötkazuvçi rahbarlari yoki boşqa vakolatli şaxslari har qanday masalalar, şu jumladan, öz vakolatlariga kirmaydigan masalalar böyiça murojaat etilganda qabulni rad etişga haqli emas.
Agar axborot davlat sirini yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil etuvçi maʼlumotlarni öz içiga olgan bölmasa, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat organlari, ularning mansabdor şaxslari özlaridan söralayotgan axborotni ön kun içida taqdim etişi şart.
Murojaatda qöyilgan masalalar xöjalik yurituvçi subʼektlar faoliyatiga daxldor bölsa, ularning vakillari murojaatni körib çiqişda iştirok etiş uçun davlat organlari tomonidan öz vakolatlari doirasida jalb etiladi. Jismoniy va yuridik şaxslar öz murojaatlarini ular körib çiqilguniga qadar va körib çiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoxud elektron şaklda ariza beriş orqali qaytarib oliş huquqiga ega. Murojaatni qaytarib oliş haqidagi ariza davlat organlari tomonidan qonun buzilişini aniqlaş va bartaraf etiş böyiça çoralar körilişini istisno etmaydi.
Murojaatlarga javoblar, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinişi, murojaatda körsatilgan har bir masala böyiça vajlarni rad etuvçi yoki tasdiqdovçi aniq asoslarni içiga olgan bölişi kerak.
Qayd etiş joizki, baʼzi hollarda murojaatlarni belgilangan tartibda körib çiqişda mutasaddilar tomonidan bu masalada sansalorlik va rasmiyatçilik, kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etmaslik, aybdor mansabdor şaxslarga nisbatan tegişli çoralar körmaslik holatlari uçrab turadi. Bu murojaatlar ortişiga sabab böladi. Bunday holatlarga yöl qöymaslik maqsadida qonunda Davlat organlari murojaatlarni körib çiqişda Konstitutsiya va qonunlar talablariga rioya etişi, ularning töliq, xolisona va öz vaqtida körib çiqilişi uçun çoralar körişi, jismoniy va yuridik şaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanişini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinişini taʼminlaş böyiça öz vakolatlari doirasida çoralar körişi şartligi belgilab qöyilgan.
Qonunda murojaatlar turi va şaklidan qatʼiy nazar, ular elektron yoki oğzaki böladimi, bir xil ahamiyatga egaligi mustahkamlandi.
Qonun murojaat etiş huquqlarining bir qator kafolatlarini özida mustahkamlagan bölib, unga köra murojaat etiş huquqidan foydalanilayotganda kamsitişga yöl qöyilmaydi. Murojaatlar davlat organlari tomonidan qabul qilinişi va körib çiqilişi şart. Jismoniy yoki yuridik şaxs murojaatini qabul qiliş va körib çiqişda qonunga xilof ravişda rad etilganligi ustidan böysunuv tartibida yuqori turuvçi organga yoxud bevosita sudga şikoyat qilişga haqli. Bundan taşqari, murojaatlar munosabati bilan ayon bölib qolgan maʼlumotlar oşkor etilmasligi, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari munosabati bilan ularning xavfsizligi kafolatlari ham öz ifodasini topgan.
Qonunda murojaatlarni körmay qoldiriş asoslari ham belgilangan. Unga köra, anonim murojaatlar, jismoniy va yuridik şaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar agar ularning vakolatini tasdiqlovçi hujjatlar mavjud bölmagan taqdirda, qonunda belgilangan boşqa talablarga muvofiq bölmagan murojaatlar körib çiqilmaydi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur qonun fuqarolarning huquq va erkinliklarini, yuridik şaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilişning qöşimça kafolatlarini belgilaydi, davlat organlarining uşbu sohadagi işini sifat jihatidan yuqori darajaga kötarişga huquqiy zamin yaratadi.
A.Yu.Qurbonov,
Şimoliy- Farbiy harbiy okrug harbiy prokurorining yordamçisi,
adliya kapitani.
(Foto - http://huquqburch.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶