21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 04:00
Iqtisodiyot 👁 1,177

Tor yop mahallasida hokim yordamchisi koʻmagi bilan yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda

Tor yop mahallasida hokim yordamchisi koʻmagi bilan yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda

Mamlakatimizning har bir goʻshasida, eng chekka hududlar va ovullarda ham iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda turmush farovonligini yuksaltirish bugungi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Ushbu ezgu maqsadlarni bevosita mahallabay tizimida hayotga tatbiq etishda hokim yordamchilari institutining oʻrni beqiyosdir. Aynan ular xalq ichiga kirib borib, odamlarning dardu tashvishlarini tinglamoqda, bandlik va tadbirkorlik masalalarida yaqin koʻmakchi boʻlib, yurtdoshlarimizning hayotdan rozi boʻlib yashashlari uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Amudaryo tumanidagi Tor yop mahallasida hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Qahramon Murodovning faoliyati yuqoridagi fikrimizning yaqqol tasdigʻidir. Uning tashabbusi bilan qisqa vaqt oraligʻida mahallada ulkan oʻzgarishlar boʻy koʻrsatdi, qator oilalarning doimiy daromad manbai shakllandi.

Joriy yil boshidan beri 14 nafar fuqaro hokim yordamchisiga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirib murojaat qilgan edi. Quvonarlisi shundaki, ularning barchasiga imtiyozli kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Natijada, hududda chorvachilik, parrandachilik, tikuvchilik, shuningdek, xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish yoʻnalishlarida yangi faoliyat turlari boshlandi. Bundan tashqari, bandlik masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, mahalladagi ishsiz fuqarolarning 11 nafari mavsumiy va doimiy ish oʻrinlariga joylashtirildi.

Tomorqadan unumli foydalanish oila daromadlarini oshirish, qolaversa, bozorlarimizdagi toʻkin-sochinlik va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning eng samarali yoʻlidir. Bugungi kunda Tor yop mahallasida yashovchi Yunus Ismoilov, shuningdek, Sadulla Qodirov va uning rafiqasi Mehribon Qodirovalar kabi mirishkor yurtdoshlarimiz oʻz tomorqalaridan unumli foydalanib, elga ibrat boʻlib kelmoqdalar. Hokim yordamchisi bu jarayonda ularga zamonaviy agrotexnik tadbirlar boʻyicha zarur maslahat va tavsiyalarini berib, doimiy ravishda amaliy koʻmak koʻrsatib kelmoqda.

Hududda xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida ham salmoqli ishlar qilinmoqda. Misol uchun, Muhabbat Taneshovaga hokim yordamchisining tavsiyasi va koʻmagi asosida 20 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Ushbu mablagʻ hisobidan oʻz tikuvchilik tsexini ochgan tadbirkor ayol nafaqat oʻz oilasini tebratmoqda, balki shogirdi Kumushoy Rajapovani ham ish bilan taʼminlab, uning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga ham sababchi boʻldi.

Hokim yordamchisi yana bir mahalladoshi Dilorom Erimbetovaga ham bevosita amaliy yordam koʻrsatib, hududda non va non mahsulotlari tayyorlash faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashdi. Bu orqali Dilorom Erimbetova oʻzi hamda yaqin qarindoshlarining bandligini taʼminlashga erishdi va aholi dasturxoniga kundalik isteʼmol mahsulotlarini yetkazib bermoqda.

Mahalla yoshlarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ham hokim yordamchisining eʼtiboridan chetda qolmagan. Jumladan, Sardor Butanov 312-sonli qaror asosida 100 million soʻm miqdorida kredit olib, zamonaviy avtomobillarni yuvish shoxobchasini barpo etdi. Salomat Jumaboyev esa avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish doʻkonini ochib, oʻz biznesini boshladi. Umuman olganda, 2026-yilning birinchi choragida mahallada uchta yangi tadbirkorlik subʼekti – oziq-ovqat savdo shoxobchasi, xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish maskanlari tashkil qilindi.

Alohida taʼkidlash joizki, chekka ovul va mahallalarda bu kabi servis va savdo shoxobchalarining ochilishi ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan ulkan ahamiyatga ega. Bu aholining uzogʻini yaqin qiladi, shahar markaziga borishga ketadigan vaqt va mablagʻni tejaydi hamda mahalla infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqadi.

Maʼlumki, aholi bandligini taʼminlash kambagʻallikni qisqartirishning eng asosiy omili hisoblanadi. Joriy 2026-yilda Tor yop mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan 78 ta oilaning turmush sharoiti chuqur oʻrganilib, ularni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha maxsus «Individual dastur» ishlab chiqildi. Ushbu dastur doirasida ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga oʻqitish, kredit va subsidiyalar berish, dehqonchilik uchun yer maydonlari ajratish, uy sharoitlarini yaxshilash kabi kompleks chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Hokim yordamchisining bevosita ishtirokida ishsizlarning 4 nafarini doimiy ishga, 3 nafarini jamoat ishlariga jalb etish, shuningdek, norasmiy sektorda ishlayotganlarni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish tizimli reja qilib olingan edi. Hozirning oʻzidayoq ushbu maqsadli ishlar oʻz mevasini berib, kambagʻal oilalardan 3 kishi doimiy ish bilan taʼminlandi, 7 kishi esa oʻzini oʻzi band qilib, 4 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada ushbu oilalarning daromadi oshib, ular kambagʻallik reyestridan chiqarilmoqda. Yoshlar bandligi yoʻnalishida esa kasb-hunar va tadbirkorlikka qiziquvchi jami 9 nafar fuqaroning 2 nafari tadbirkorlik sir-asrorlarini, 5 nafari esa muayyan kasb-hunarni oʻrganish maqsadida maxsus oʻquv kurslariga yoʻnaltirildi.

Amudaryo tumanining Tor yop mahallasida hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan bunday samarali ishlar aholining hayot darajasini yuksaltirishga, hududda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga hamda har bir insonning jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga xizmat qilmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026