21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:29
Jamiyat 👁 310

Toʻlqinlik harbiy xizmatchining otasi taqdirlandi

Toʻlqinlik harbiy xizmatchining otasi taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan, oʻzining jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligi bilan safdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish, ularning oila aʼzolariga yaqindan minnatdorchilik bildirish maqsadida joylarda koʻplab tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan biri Amudaryo tumanining Toʻlqin ovulida ham tashkil qilindi.

Bir guruh masʼullar ayni vaqtda oʻz xizmat burchini sharaf bilan bajarayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy aloqa uzeli harbiy xizmatchisi Xalilayev Hikmat Urazbayevichning xonadoniga tashrif buyurishdi. Hikmat Xalilayev oʻz xizmati davomida muntazam ravishda yuqori natijalarga erishib, jangovar mashgʻulotlardagi chaqqonligi va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik borasidagi yuksak salohiyati bilan qoʻmondonlik eʼtirofiga sazovor boʻldi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy aloqa uzeli boshligʻi tomonidan Hikmatning otasiga maxsus tashakkurnoma xati va koʻkrak nishoni yuborildi.

Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini raisi Faxriddin Jumabekov, 33-sonli maktab vakili, leytenant Nodir Hayitboyev, 32-sonli maktabdan Qutlimurod Gulmonov va 80-maktab vakili, zahiradagi podpolkovnik Ilhom Yerdashevlar Mudofaa vazirligi qoʻmondonligi nomidan yuborilgan, mard va jasur oʻgʻlonni tarbiyalagani uchun davlatning minnatdorchilik ramzi boʻlgan "Vatan himoyachisining otasiga" deb nomlangan koʻkrak nishoni va maxsus guvohnomani harbiy xizmatchi Hikmat Xalilayevning otasi Oʻrazbay ota Xalilayevga katta hurmat va ehtirom bilan tantanali ravishda topshirdilar.

Bunday ragʻbatlantirishlarning mohiyati shundaki, ular faqatgina bir oilaning quvonchi boʻlib qolmay, balki butun jamiyat uchun katta tarbiyaviy maktab vazifasini oʻtaydi. Vatan himoyasidek muqaddas burchni ado etayotgan yigitlarning ota-onalariga koʻrsatilayotgan bunday yuksak ehtirom oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida mardlik, jasorat va oʻz xalqiga sadoqat tuygʻularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Armiya va xalq birdamligi mustahkamlangan joyda esa tinchlik va taraqqiyot barqaror boʻladi.

Toʻlqin ovulida boʻlib oʻtgan ushbu tadbir ham yurtimizdagi har bir harbiy xizmatchining oilasi davlat himoyasida va eʼtiborida ekanligini, ularning mashaqqatli hamda sharafli xizmatlari doimo munosib qadrlanishini yana bir bor amalda isbotladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026