21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:41
Jamiyat 👁 307

Amudaryoda «Kasb va mehnat kuni» keng nishonlandi: 3-sonli texnikum yoshlarga oʻz eshiklarini ochdi

Amudaryoda «Kasb va mehnat kuni» keng nishonlandi: 3-sonli texnikum yoshlarga oʻz eshiklarini ochdi

Har bir jamiyatning iqtisodiy qudrati, uning ijtimoiy barqarorligi va porloq kelajagi mehnatsevar xalqi va oʻz ishining haqiqiy ustasi boʻlgan yetuk mutaxassislar qoʻlidadir. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda yoshlarni toʻgʻri kasbga yoʻnaltirish, ularning qalbida mehnatga boʻlgan muhabbatni uygʻotish muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanib ulgurgan.

Mamlakatimizda kasb-hunar  taʼlimi tizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish, kadrlar tayyorlash sifatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarish hamda sohaning moddiy-texnik bazasini tubdan mustahkamlash maqsadida tizimli islohotlar jadal amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktyabrdagi «Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi pogʻonaga olib chiqdi.

Mazkur hujjatga asosan ish beruvchilar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, eng muhimi, jamoatchilik va yoshlar orasida turli kasblarning jozibadorligini oshirish hamda kasbiy taʼlimni ommalashtirish maqsadida 2026-yildan boshlab yurtimizda 5-may sanasi “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlanishi belgilandi. Bu bayram shunchaki kalendardagi sana emas, balki butun jamiyat eʼtiborini halol mehnat va zamonaviy kasblarni egallashga qaratuvchi ulkan maʼrifiy harakatga aylanmoqda.

Aynan mana shu ezgu maqsadlar yoʻlida Amudaryo tumanida joylashgan 3-sonli texnikumda maxsus tadbir tashkil etildi. Ushbu kasb-hunar maskani oʻz bagʻriga Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarining 9- va 11-sinf bitiruvchilarini — kelajakning yosh avlodini aziz mehmon sifatida chorladi. Tantanali tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov hamda tegishli masʼullar bevosita ishtirok etib, texnikum oʻquvchilari va maktablardan tashrif buyurgan barcha mehmonlarni yurtimizda nishonlanayotgan Kasb va mehnat kuni bilan samimiy tabrikladilar.

Tadbirga tashrif buyurgan maktab oʻquvchilarining baʼzilari 9-sinfni muvaffaqiyatli tamomlab, endilikda bundan keyingi hayot yoʻli haqida oʻylayotgan boʻlsa, yana boshqalari 11-sinfni tugatib, katta hayotga qadam qoʻyayotgan yoshlardir. Har ikkala toifadagi bitiruvchilar uchun ham bunday ochiq muloqot va tanishuv tadbiri katta imkoniyatlar eshiklarini ochdi. Chunki zamonaviy sharoitda mehnat bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlish, munosib va raqobatbardosh kasbni tanlash muhim masala boʻlib, bu har bir yoshning ertangi farovonligining asosiy kaliti hisoblanadi.

Bugungi kunda mazkur kasb-hunar taʼlimi maskani yoshlar uchun barcha sharoitlarga ega boʻlgan zamonaviy komplekslardan biri sanaladi. Texnikum binosi 936-oʻrinli ulkan quvvatga ega. Taʼlim dargohida barcha qulayliklarga ega boʻlgan 100-oʻrinli zamonaviy yotoqxona hamda xuddi shuncha oʻringa moʻljallangan oshxona uzoq hududlardan kelib tahsil oluvchi yoshlar ixtiyorida.

Hozirda muassasada jami 586 nafar oʻquvchi kunduzgi, sirtqi va dual taʼlim shakllari boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim egallab kelmoqda. Eʼtiborli jihati shundaki, bilim olayotgan yoshlarning 426 nafari davlat granti asosida bepul tahsil olayotgan boʻlsa, 160 nafari esa toʻlov-kontrakt asosida oʻqishni davom ettirmoqda. Shuningdek, 86 nafar oʻquvchi shartnoma asosida shinam yotoqxonaga joylashtirilgan boʻlib, ularning 54 nafarini qizlar va 32 nafarini oʻgʻil bolalar tashkil etadi.

Albatta, sifatli taʼlim va yetuk kadrlar tayyorlashda jonkuyar pedagoglarning oʻrni beqiyosdir. Texnikumda oʻz kasbining fidoyisi boʻlgan jami 48 nafar oʻqituvchi va yoshlarga kasb sir-asrorlarini oʻrgatuvchi 6 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustasi faoliyat yuritadi. Ushbu ustozlarning malakasiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, ularning 1 nafari oliy toifali, 12 nafari yetakchi va 14 nafari esa katta oʻqituvchilardir. Bunday salohiyatli jamoaning mehnati natijasi oʻlaroq, joriy oʻquv yilida texnikumni 196 nafar oʻquvchi muvaffaqiyatli tamomlamoqda.

Kelgusi, 2026-2027 oʻquv yili uchun esa muassasaning qabul rejalari yanada keng qamrovli. Jumladan, 9-sinfni tamomlagan oʻquvchilar uchun 330 ta, 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 300 ta oʻrin ajratilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, nazariya va amaliyotni birlashtiruvchi dual taʼlimga ham 150 nafar oʻquvchini qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Tantanali tadbir davomida maktablarning 9 va 11-sinf bitiruvchilari texnikumda mavjud boʻlgan barcha yoʻnalishlar va uning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, oʻqituvchilardan oʻz savollariga batafsil javoblar oldilar. Ushbu tadbirdan keyin oʻquvchi-yoshlarning aksariyati kelgusida mazkur kasb-hunar taʼlimi maskanida tahsil olib, oʻz kasbining yetuk mutaxassisi boʻlishni koʻngliga tukkan boʻlsa ajab emas. Zero, bugun toʻgʻri tanlangan kasb va egallangan puxta bilim porloq kelajakning mustahkam poydevoridir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026