21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 04:00
Salomatlik 👁 271

Sogʻlom oila barpo etishda tibbiy-genetik koʻrikning ahamiyati

Sogʻlom oila barpo etishda tibbiy-genetik koʻrikning ahamiyati

Jamiyatimizning asosiy boʻgʻini — oila. Oilalarning barqarorligi, tinch va xotirjamligi kelajagimiz bunyodkorlari boʻlgan yoshlarning ham jismonan, ham ruhan sogʻlom voyaga yetishiga bevosita taʼsir qiluvchi muhim omildir. Aqliy va jismoniy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, eng avvalo, sogʻlom oiladan boshlanadi.

Shu bois, turmush ostonasida turgan yigit-qizlarimiz ayrim kasalliklarning irsiy xususiyatga ega ekanligi haqida yetarli tushunchaga ega boʻlishlari zarur. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf biologiya darsliklarida ham irsiy kasalliklar va ularning kelib chiqish xavfi haqida batafsil maʼlumotlar berilib, yoshlar turmush qurishda bunga alohida eʼtibor qaratishi lozimligi uqdirilgan.

Oila qurayotgan yoshlarni tibbiy-genetik koʻrikdan oʻtkazish va ularga mutaxassis maslahatini berish oʻta muhim masaladir. Chunki ayrim irsiy kasalliklar retsessiv (yashirin) shaklda kechadi. Agar turmush qurayotgan yigit va qizning har ikkisida ham ushbu kasallikni tashuvchi retsessiv genlar mavjud boʻlsa, dunyoga kelajak farzandda mazkur irsiy xastalikning yuzaga chiqish ehtimoli keskin ortadi. Bu xavfni faqatgina oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtish va mutaxassislardan genetik maslahat olish orqali aniqlash mumkin.

Har qanday oilaga, albatta, sogʻlom farzandlar zarur. Afsuski, baʼzida yoshlarimiz turmush qurish arafasida bunday ehtimoliy xavflarga yetarlicha eʼtibor qaratishmaydi. Oqibatda nosogʻlom farzandlar tugʻilishi, oiladagi tinchlik va totuvlikning buzilishi, hattoki ajrimlar kabi koʻngilsiz holatlar yuzaga kelmoqda. Shunday ekan, boʻlajak kelin-kuyovlar tibbiy koʻriklardan oʻtishga va mutaxassis tavsiyalariga befarq boʻlmasliklari lozim.

Mamlakatimizda bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tibbiy-genetik maslahat markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, nikohlanuvchi shaxslarni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimi yaratilgan. Ushbu markazlarda oila qurishga qaror qilgan yoshlarga boʻlajak farzandlarining salomatligi borasida zarur tushuntirish va tavsiyalar berib boriladi. Biz sogʻlom oila barpo etishga masʼuliyat bilan yondashib, davlatimiz tomonidan yaratilgan bunday imkoniyatlardan oʻz vaqtida va toʻgʻri foydalanishni bilishimiz shart.

Nodira ENDIRBOYeVA, Amudaryo tumani MMTBga qarashli 65-umumtaʼlim maktabining oliy toifali biologiya fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026