21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 03:58
Sport 👁 275

Amudaryoda nuroniylar oʻrtasida “Gʻayratli keksalar” sport musobaqasi oʻtkazildi

Amudaryoda nuroniylar oʻrtasida “Gʻayratli keksalar” sport musobaqasi oʻtkazildi

Jamiyatning mustahkam tayanchi, yosh avlodning maʼnaviy ustozlari boʻlmish nuroniy otaxon va onaxonlarimiz hamisha davlatimizning yuksak eʼtiborida hamda ardogʻida boʻlib kelmoqda. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda keksa avlod vakillarining hayotini sermazmun va yorqin lahzalarga boy tarzda tashkil etish, ularning sogʻligʻini asrash, shuningdek, ijtimoiy va madaniy faolligini oshirish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan sanaladi. Shu oʻrinda, yaqindagina Amudaryo tumanida oʻtkazilgan sogʻlom turmush tarzi bayrami, aniqrogʻi, faxriylar ishtirokidagi ommaviy musobaqalar yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir.

 “Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tumani boʻlimi tashabbusi bilan hududdagi eng faol, shijoatli va sportsevar nuroniylar oʻrtasida “Gʻayratli keksalar” shiori ostida sport musobaqasining tuman bosqichi koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Taʼkidlash joizki, sport tadbiri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabr kungi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda faol nuroniylarni jalb etish va ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi. Mazkur hujjatning tub mohiyatida keksa avlod vakillari uchun ularning yoshi, salohiyati va jismoniy holatiga toʻla mos keladigan turli sport tadbirlarini muntazam hamda tizimli ravishda tashkil etish maqsadi yotadi. Qolaversa, ularni ommaviy jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb etish orqali sogʻlom jamiyat poydevorini yaratishdek ezgu maqsadlar mujassamdir.

Davlatimiz rahbarining ushbu qarori doirasida amalga oshirilayotgan va butun respublikamiz boʻylab quloch yozgan bu kabi tadbirlar amudaryolik keksalarining boʻsh vaqtlarini sermazmun va foydali tashkil etishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Ularning jismoniy hamda ruhiy salomatliklarini yanada mustahkamlash, shuningdek, barcha mahallalarda chin maʼnodagi “Farovon hayot” muhitini yaratishda mazkur musobaqalar beqiyos ahamiyatga ega.

Mazkur sport musobaqalarining tuman bosqichida Amudaryoning eng faol va sportsevar nuroniylari shaxmat, shashka, milliy kurash hamda mini-futbol kabi 4 ta ommabop sport turi boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilarning gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqi va shu bilan birgalikda, oʻzaro doʻstona raqobat muhiti barcha yigʻilganlarga oʻzgacha zavq, koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Aql gimnastikasi sanalgan shaxmat oʻyini boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi bahslar oʻta keskin, murosasiz va qiziqarli vaziyatlarga boy tarzda kechdi. Donolar oʻyini yakunlariga koʻra, Ismoil Ibragimov barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-oʻrinni egalladi. Navbatdagi pogʻonalar esa Rustam Yusupov hamda Botirjon Shomuratovlarga nasib etdi.

Ayollar oʻrtasidagi shaxmat musobaqalarida esa Gulora Allayorova 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Gulchehra Allabergenova 2-oʻringa sazovor boʻldi. Shuningdek, shashka boʻyicha ayollar oʻrtasidagi oʻyinlar ham qizgʻin pallalarga boy boʻlib, tomoshabinlarning diqqatini tortdi. Ushbu yoʻnalishda Muhabbat Masharipova tengsiz va mahoratli deb topilib, 1-oʻringa munosib koʻrildi. Umida Bekimbetova 2-oʻrinni va Gulchehra Atabayeva 3-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlib, tomoshabinlarning olqishlarini olishdi.

Uzoq tarixga ega boʻlgan milliy iftixorimiz — kurash bellashuvlari esa sport muxlislarining asosiy diqqat markazida boʻldi. 80 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi bellashuvlarda Koʻklan polvon Rahimov raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, mutlaq gʻolibga aylandi va 1-oʻrinni egalladi. Maxsud polvon Kenjayev 2-oʻrinni, Gulmirza polvon Dushamov esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritib, hali ham bilaklarida kuch borligini isbotlashdi.

80 kilogrammdan yuqori boʻlgan vazn toifasidagi polvonlar bellashuvi esa yanada hayajonli kechdi. Unda Davlatboy polvon Eshniyazov oʻzining ajoyib usullari bilan barchani lol qoldirib, 1-oʻrin sohibiga aylandi. Munosib raqiblar sifatida Allayor polvon Yuldashev 2-oʻrinni hamda Madiyor polvon Gʻoipov 3-oʻrinni band etishdi.

Mini-futbol boʻyicha bellashuvlar ham chinakam sport bayramiga aylanib ketdi. Yashil maydonda toʻp surgan nuroniylar jamoalari oʻrtasidagi shiddatli hamda murosasiz oʻyinlar natijasiga koʻra, “Kuyuk-koʻpir” ovulining faol nuroniylar jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, 1-oʻrinni egalladi. Futbol maydonida oʻzlarining chiroyli oʻyinlarini namoyish etgan “Olmazor” mahallasi vakillari 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, muxlislarning qizgʻin qoʻllab-quvvatlashiga erishgan “Gulzor” mahallasi faxriylar jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqaning eng hayajonli va esda qolarli lahzalari, albatta, tantanali taqdirlash marosimi boʻldi. Yuqori tayyorgarlik koʻrib, faxrli 1-, 2- va 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan, shuningdek, bellashuvlarda oʻzining alohida faolligi, shijoati hamda sportga boʻlgan muhabbatini koʻrsatgan barcha faxriylar “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar va esdalik mukofotlari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimida “Nuroniy” jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi boshligʻi Tursunboy Abdijabbarov soʻzga chiqib, nuroniylarga koʻrsatilayotgan bunday yuksak eʼtibor va cheksiz gʻamxoʻrlik uchun ular nomidan muhtaram Prezidentimizga chin dildan minnatdorlik bildirdi. Soʻzga chiqqan nuroniylar oʻzlari yashayotgan ovul va mahallalarda mana shunday zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilib, ommaviy sport tadbirlari muntazam ravishda tashkil etilayotganidan behad mamnun ekanliklarini faxr bilan tilga oldilar.

Hayotning pastu balandlarini koʻrgan otaxon va onaxonlarimiz oʻzlarining samimiy dil soʻzlarida davlatimiz rahbariga hamda ushbu tadbir tashkilotchilariga cheksiz minnatdorchilik izhor etib, yurtimizning barqaror tinchligi, osmonimizning musaffoligi va xalqimizning farovonligini tilab, duoga qoʻl ochdilar. Keksalarni ulugʻlovchi mazkur sport musobaqasi nafaqat jismoniy sinov, balki avlodlar orasidagi mehr-oqibat, keksalarga boʻlgan yuksak ehtirom va sogʻlom turmush tarzining yorqin namunasi sifatida barchaga birdek manzur boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026