21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:39
Jamiyat 👁 310

Qalblarda yashayotgan nurli siymo

Qalblarda yashayotgan nurli siymo

(Mehnat fronti qatnashchisi, aziz buvijonim Katcha Bekanova xotirasiga)

Bu yorugʻ olamda aziz buvijonlarning oʻrni boʻlakcha. Ular borida xonadonimiz fayzli, koʻnglimiz xotirjam, yoʻllarimiz esa doimo charogʻon boʻladi. Bugun bagʻrimizni oʻrtayotgan sogʻinch azobi bizga bir haqiqatni yana bir bor anglatdi: Amudaryo tumanining moʻʼtabar onaxonlaridan biri, xonadonimiz quyoshi — sevimli buvijonim Katcha momo Bekchanovaning oʻrni oilamizda boʻsh, xotirasi qalblarimizda....

Buvijonim 1917-yil 1-yanvarda Amudaryo tumanida dunyoga kelib, bir asrdan ziyod sermazmun va ibratli hayot yoʻlini bosib oʻtdilar. U kishining hayoti — sabr, matonat va halol mehnatning chinakam maktabidir.

Buvijonim suronli urush yillarida va undan keyingi tiklanish davrida (1942–1967-yillar) Amudaryo tumanidagi jamoa xoʻjaligida ishchi boʻlib, fidokorona mehnat qildilar. Mehnat fronti qatnashchisi sifatida mamlakatimiz rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi va qilgan fidoyiliklari munosib baholanib, davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edilar.

U kishi uzoq yillar tumanimizdagi Choykoʻl ovuli, Qoraqipchoq aholi punktidagi fayzli xonadonda yashab, nafaqat oilasining, balki butun mahalladoshlarining hurmat-eʼtiborida boʻldilar. 4 nafar farzand, 18 nafar nevara va 42 nafar chevara, 2 nafar evaraga bosh boʻlib, ularni el-yurt koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyaladilar.

Farzandlari-yu nevaralari ardogʻida umrguzaronlik qilgan buvijonimdan 100 yoshdan oshib ham tetik yurishlarining siri haqida soʻrashganda: “Toʻgʻri ovqatlanish, mehnat qilish va mehr-oqibatli boʻlish”, deya javob berardilar. U kishining hayotdagi bosh shiori esa bitta edi: “Yaxshilik qilish!”

Biz, nabiralarga bergan oʻgitlari, “Yaxshilik qil, halol yasha, elning duosini ol”, deya qayta-qayta uqtirgan nasihatlari qulogʻimiz ostida xuddi kechagidek jaranglab turibdi.

Esimda, bolaligimda buvijonimning bagʻriga bosh qoʻyganimda, dunyodagi eng baxtli inson edim. U kishining qadoq qoʻllaridan hamisha issiq non va chinakam mehrning hidi kelardi. Bugun oʻsha nurli yuzlarni, duoga ochilgan tabarruk qoʻllarni juda-juda sogʻindik.

Inson bu dunyoni jismonan tark etsa-da, uning qoldirgan yaxshi nomlari va solih zurriyotlari xotirasida yashashda davom etarkan. Biz garchi ayriliq gʻamidan ezilsak-da, shunday muqaddas, fozila va qahramon ayolning zurriyoti ekanligimizdan cheksiz faxrlanamiz.

Aziz buvijon! Siz bizni jismonan tark etgan boʻlsangiz ham, qalblarimizda, shirin xotiralarimizda va duolarimizda abadiy yashaysiz. Oxiratingiz obod, joyingiz jannat bogʻlaridan boʻlsin. Sizni cheksiz sogʻinch va hurmat bilan eslovchi nabirangiz

Shahnoza Sobirova, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti  talabasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026