21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 04:00
Jamiyat 👁 344

Amudaryo yoshlari taʼlim, IT va sport sohalarida ulkan yutuqlarga erishmoqdalar

Amudaryo yoshlari taʼlim, IT va sport sohalarida ulkan yutuqlarga erishmoqdalar

Amudaryo tumani yoshlari bugungi kunda zamonaviy taʼlim, fan va IT sohalarida ulkan yutuqlarga erishmoqda. Amudaryolik iqtidorli oʻgʻil-qizlarning xalqaro nufuzli universitetlarga kirishi, mahalliy innovatsion markazlardagi faolligi tumanimizning porloq kelajagidan darak beradi.

Tuman yoshlarining ilmiy salohiyati nafaqat Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston, balki xalqaro miqyosda ham eʼtirof etilmoqda. Buning yorqin misoli sifatida Toʻlqin ovulidan chiqqan yosh iqtidor egasi Jasurbek Umarovning toʻliq grant ($360 ming) asosida nufuzli Garvard universitetiga qabul qilinganini keltirish mumkin. Bu yutuq tumanimizdagi oddiy maktablarda berilayotgan taʼlim sifati va yoshlarning chet tillarini mukammal egallayotganining yaqqol isbotidir.

Raqamli savodxonlikni oshirish markazlari yoshlarni dasturlash, robototexnika va sunʼiy intellekt asoslariga oʻrgatmoqda. Xorijiy tillarni oʻrganish markazlari koʻpayib, yoshlarning xalqaro taʼlim dasturlarida ishtirok etish imkoniyati kengaymoqda.

Bundan tashqari yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga yoʻnaltirish ishlari jadallashgan. Davlatimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus” loyihasi doirasida tumanda sport majmualari, sanʼat toʻgaraklari va axborot-kutubxona markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Bu infratuzilma yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, ularning jismonan va maʼnan barkamol boʻlishini taʼminlaydi.

"Inson qadri uchun" tamoyili asosida Amudaryoda yoshlarning sifatli taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Taʼlimga qilingan sarmoya — bu kelajakka qilingan eng toʻgʻri sarmoyadir. Zamonaviy bilim, milliy qadriyatlar va yuksak maʼnaviyatni oʻzida mujassam etgan oʻgʻil-qizlar ertaga tumanimiz, qolaversa, butun Oʻzbekiston ravnaqi uchun xizmat qiladigan yetakchi kadrlardir.

Amudaryolik yoshlarning shijoati shuni koʻrsatadiki, yurtimiz kelajagi ishonchli qoʻllarda. Ular yaratayotgan har bir yangi loyiha, qoʻlga kiritilayotgan har bir yutuq – Yangi Oʻzbekiston poydevorini mustahkamlashga qoʻshilayotgan ulkan hissadir.

Bugungi kunda Amudaryo tumanidagi maktab va litsey bitiruvchilari orasida xalqaro IELTS imtihonlaridan yuqori ball (7.5–8.5) olib, AQSh, Janubiy Koreya va Yevropaning nufuzli universitetlariga muddatidan oldin 100 foizlik grant asosida qabul qilinayotgan oʻquvchilar soni keskin ortmoqda.

Bunga yorqin misol tariqasida sinfdoshim Mavjuda Oʻtamurodovani keltirishimiz mumkin. U IELTSdan yuqori ball olib, hozirgi kunda Janubiy Koreyada oʻqimoqda. Shu bilan bir qatorda tumandagi iqtidorli qizlar adabiyot, sanʼat va taʼlim yoʻnalishlarida davlat mukofotlariga loyiq koʻrilib, tengdoshlariga oʻrnak boʻlmoqda.

Amudaryo tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari dzyudo, boks va oʻzbek kurashi boʻyicha Qoraqalpogʻiston hamda Oʻzbekiston chempionatlarida muntazam ravishda oltin medallarni qoʻlga kiritmoqdalar. Tumandagi mahallalarda yashovchi yoshlar, masalan, Daryo boʻyi mahallasi yigitlari futbol va sportning boshqa turlari boʻyicha ommaviy musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, respublika bosqichlariga yoʻllanma olmoqdalar.

Tumanda IT Park filiali (IT Markaz) ishga tushgach, dasturlash va robototexnika yoʻnalishida oʻqigan yoshlar hozirda masofadan turib (frilans platformalarida) xorijiy kompaniyalarga xizmat koʻrsatib, valyutada daromad topmoqdalar.

Tumandagi koʻplab maktab oʻquvchilari "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritib, yirik mukofot jamgʻarmasiga ega boʻlgan kibersport va startap tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqdalar.

Amudaryolik oʻgʻil-qizlarning bu shijoati Yangi Oʻzbekiston poydevorini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026