21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 04:00
Jamiyat 👁 334

BUGUNGI YoShLAR – YaNGI TARIX YaRATADIGAN OLTIN AVLOD VAKILLARIDIR

BUGUNGI YoShLAR – YaNGI TARIX YaRATADIGAN  OLTIN AVLOD VAKILLARIDIR

Jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va kelajak farovonligi bevosita yoshlarga berilayotgan eʼtibor hamda ular uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan oʻlchanadi. Shu sababli tumanimizda ham navqiron avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni komil insonlar qilib voyaga yetkazish, bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Amudaryo tumani Yoshlar ishlari boʻlimi tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirilib, salmoqli natijalar qoʻlga kiritilmoqda.

Avvalo, shuni aytish kerakki, tumandagi haqiqiy holatni oʻrganish va yoshlar balansini shakllantirish maqsadida mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan uyma-uy yurib xatlov oʻtkazildi. Ushbu masʼuliyatli jarayonda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan jami 53 ming 369 nafar yigit-qizning muammo va qiziqishlari batafsil oʻrganildi. Xatlov natijasiga koʻra, yoshlar toifalarga ajratilib, ularning 37 ming 435 nafari "yashil", 15 ming 550 nafari "sariq" va 384 nafari "qizil" toifaga kiritildi. Aynan mana shu aniq maʼlumotlar bazasi keyingi barcha amaliy ishlar uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.

Xususan, ogʻir toifaga kiritilgan 546 nafar ishsiz yoshlarga tuman darajasidagi 29 nafar tashkilot rahbari biriktirildi. Oʻtgan davr ichida ularning 159 nafari doimiy ish oʻrniga ega boʻlgan boʻlsa, 165 nafariga imtiyozli kreditlar berildi, 44 nafari tartibli migratsiyaga, 24 nafari muddatli harbiy xizmatga yuborildi. Shuningdek, 83 nafari oʻzini oʻzi band qilganlar safiga qoʻshildi, 43 nafariga ekin yer maydonlari ajratildi, 9 nafari kasb-hunarga oʻqitilib, 16 nafari zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlandi. Bundan tashqari, huquqbuzarlikka moyil boʻlgan 104 nafar yoshlar tuman hokimligi, mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar boʻlimlari va tuman prokuraturasi masʼullariga otaliqqa berilib, ularni sogʻlomlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Tarbiyasi ogʻir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 16 nafar yigitlar Nukus shahridagi harbiy qismda tashkil etilgan "Jasorat maktabi" yigʻinlarida ishtirok etdi. Profilaktika maqsadida 273-marta "Oʻquvchi" va "Tigʻ", shuningdek, 412-marta "Tungi reyd" tadbirlari oʻtkazildi. Shu bilan birga 1 200 ga yaqin yoshlarni qamrab olgan "Shunqorlar" spartakiadasi yoshlar oʻrtasida sogʻlom muhitni qaror toptirishga xizmat qilmoqda. Mehnat bozoriga kirib kelishi kutilayotgan 5 ming 732 nafar bitiruvchi yoshlar ham masʼullarning doimiy eʼtibor markazida turibdi.

Tuman yoshlarining maʼlum bir qismi xorijda mehnat qilayotgani hisobga olinib, migratsiyadagi 1 ming 62 nafar yosh bilan aloqalar yanada mustahkamlandi. Ularning 869 nafari Rossiyada, 143 nafari Qozogʻistonda va qolganlari Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Germaniya kabi davlatlarda boʻlib, tashkil etilgan 3 ta ochiq muloqotda ularni qiynayotgan 20 ta muammo toʻliq bartaraf etildi. Yil boshidan buyon xorijdan qaytib kelgan 80 nafar ishsiz yigit-qizning bandligi taʼminlandi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam bilan ishlash doirasida joriy yilda 100 nafar yigit-qiz "Yoshlar daftari"ga kiritilib, ularning 30 nafariga amaliy yordam koʻrsatildi. Ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun jamgʻarmaga 2 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.

Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida ham katta qadamlar tashlandi. Jumladan, bugungi kunda 1 ming 66 nafar yoshlar umumiy maydoni 381 gektar boʻlgan dalalarda dehqonchilik qilmoqda. Ushbu yerlarning 16 gektariga kartoshka, 86 gektariga poliz, 104 gektariga donli ekinlar, 37 gektariga sabzavotlar va 138 gektariga boshqa turdagi ekinlar ekilgan. Shuningdek, gʻalladan boʻshagan 121 gektardan ortiq yer maydoni 807 nafar yoshga takroriy ekin uchun ajratildi. Prezident qarori asosida Kuyuk koʻpir ovulidagi 54 gektar yer 74 nafar yoshlarga berilib, tuman hokimligi tomonidan 1 km masofadan elektr tarmogʻi tortib kelindi va maxsus suv nasosi oʻrnatib berildi.

Yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish borasida ham keng koʻlamli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, mahallalarda 150 nafar, taʼlim muassasalarida 220 nafar volontyorlar guruhi shakllantirilib, 9 ta yoʻnalishda faoliyat yuritmoqda. "Ibrat farzandlari" loyihasi orqali 13 ming 188 nafar yigit-qizlar 23 ta xorijiy tilni oʻrganmoqda, ularning 1 ming 531 nafari allaqachon maxsus sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Shu bilan birga, "Mutolaa" loyihasida 4 ming 349 nafar yoshlar bepul elektron va audio kitoblar oʻqimoqda, "Ustoz AI" platformasida 1 ming 946 nafar va "Qizlar akademiyasi"da 2 ming 219 nafar yoshlar bepul bilim olmoqda. Dasturlash boʻyicha 149 nafar yoshlarimiz ingliz va boshqa tillarda xalqaro sertifikat olishga erishdi.

Sport va intellektual oʻyinlarga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan 24 ta "Zakovat" turnirlarida ming nafardan ortiq bilimdon qatnashgan boʻlsa, 73 ming 445 nafar oʻgʻil-qizlar "Besh tashabbus olimpiadasi"da ishtirok etish istagida onlayn roʻyxatdan oʻtdi.

Mahalla yoshlarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida oʻtkazilgan 875 ta kunlik tadbirlarda 30 ming nafar yoshlar qamrab olindi. Har kuni soat 16:00 dan 23:00 ga qadar maktablarda faoliyat yuritayotgan toʻgaraklar minglab oʻquvchilarning vaqtlari mazmunli oʻtishida muhim vosita boʻlmoqda. Shuningdek, harbiy xizmatdan qaytgan 105 nafar yigitning barchasi ish bilan taʼminlandi, ularning 102 nafari oʻzini-oʻzi band qilishga erishdi.

Joylarda ushbu ishlarni yuqori saviyada tashkil etishda 49 nafar yoshlar yetakchisining mehnati beqiyosdir. Ularning 46 nafari oliy maʼlumotli mutaxassislar boʻlib, yoshlarga doir muammolarni hal etishda katta tajribaga ega. Taʼkidlash oʻrinliki, yetakchilarning barchasi raqamli texnologiyalar boʻyicha, 39 nafari esa til oʻrganish boʻyicha maxsus sertifikatlarga ega boʻlgan salohiyatli kadrlardir.

Amudaryo tumanida yoshlar siyosati boʻyicha olib borilayotgan bunday manzilli va tizimli harakatlar hech bir yigit-qizning eʼtibordan chetda qolmasligini kafolatlab, ularning farovon kelajagini qurish uchun mustahkam va ishonchli zamin yaratmoqda. Fursatdan foydalanib, amudaryolik barcha yoshlarni, yurtimizda istiqomat qilayotgan kelajagimiz egalari boʻlmish navqiron avlod vakillarini 30-iyun – yoshlar kuni bilan tabriklayman!

Bekzod OʻRINBOYeV, Amudaryo tumani Yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026