21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 03:58
Iqtisodiyot 👁 591

Bojxona qoʻmitasi Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Bojxona qoʻmitasi Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Soʻnggi yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyotida kuzatilayotgan shiddatli oʻzgarishlar va tadbirkorlik muhitidagi faollik bugungi kunda mintaqaning eksport salohiyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu jarayonda davlat va biznes vakillari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotlar muhim ahamiyat kasb etib, tadbirkorlarni oʻylantirayotgan muammolarga joyida yechim topish imkonini bermoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov hududda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar bilan bevosita uchrashish hamda ular bilan samimiy muloqot oʻrnatish maqsadida Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida kengaytirilgan ochiq muloqot oʻtkazdi. Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, mintaqa iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan koʻplab tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Bojxona qoʻmitasi raisi bu kabi yuzma-yuz uchrashuvlar butun Oʻzbekiston boʻylab tizimli ravishda oʻtkazilayotganini taʼkidlab, bu galgi maqsad Qoraqalpogʻiston hududida tadbirkorlik sohasida yuzaga kelayotgan masalalarni chuqur oʻrganish, ularni hal qilish choralarini koʻrish hamda tashqi savdo faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha ilgari surilgan takliflarni eshitish ekanligini bildirdi.

Muloqot davomida qoraqalpoq xalqining mehnatkashligi va tadbirkorligi natijasida hudud iqtisodiyotida ulkan yutuqlarga erishilayotgani alohida eʼtirof etildi. Raqamlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, bundan 8-yil oldin sanoat mahsulotlarining bor-yoʻgʻi 4 foizi eksportga yoʻnaltirilgan boʻlsa, hozirgi kunga kelib ushbu koʻrsatkich 30 foizga yetgan. Umumiy eksport hajmi ham 3,5 karra oshib, 2,1 mlrd dollarni tashkil qilgani sohadagi islohotlarning amaliy natijasidir. Kelgusi 5-yil ichida esa sanoat va xizmatlar sohasida umumiy qiymati 7,2 mlrd dollarga teng boʻlgan yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtish joizki, davlatimiz rahbarining joriy yil fevral oyida boʻlib oʻtgan yigʻilishida barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda Qoraqalpogʻiston boʻyicha sanoat, xizmatlar va turizm eksportini 900 mln dollarga yetkazish muhimligi, bu koʻrsatkich 2025-yilda 435 mln dollarni tashkil etishi kutilayotgani taʼkidlangan edi. Shuningdek, ushbu hududga kiritilayotgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmini 2,5 barobarga oshirish, yaʼni 2025-yilda 2,5 mlrd dollarga yetkazish zarurligi qayd etilgan.

Yaratilgan bunday keng imkoniyatlar va qulay shart-sharoitlar tufayli oʻtgan yilning oʻzida Qoraqalpogʻistonning tovarlar tashqi savdo aylanmasi 737 mln dollarni tashkil etdi. Mintaqadagi chegara bojxona postlari orqali esa 163 mingdan ortiq transport vositalari va 1,5 mln atrofidagi fuqarolarning harakatlanishi taʼminlandi.

Tadbirda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, yirik eksportyorlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan toʻsiqlar va yangi takliflar qizgʻin muhokama qilindi. Ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish, eksport-import operatsiyalarini jadallashtirish, logistika xizmatlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda hududdagi ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan koʻplab murojaatlar oʻrtaga tashlandi. Mutasaddi rahbarlar har bir murojaatni atroflicha va chuqur koʻrib chiqib, ularning aksariyati yuzasidan shu yerning oʻzida amaliy yechimlar belgiladilar. Ayrim masalalar joyida oʻz yechimini topgan boʻlsa, qoʻshimcha vaqt va oʻrganish talab etuvchi murojaatlar boʻyicha tegishli masʼul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Tadbir doirasida tovarlar tashqi savdosini amalga oshirish yoʻnalishida 2025-yilning yakunlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichlarga erishgan va mintaqa iqtisodiyotiga munosib hissa qoʻshgan bir guruh ilgʻor tadbirkorlar Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan turli nominatsiyalar boʻyicha tantanali ravishda taqdirlandi. Jumladan, eng yaxshi eksportyor nominatsiyasi boʻyicha “Qoʻngʻirot soda zavodi” qoʻshma korxonasi rahbari Shuhratjan Shamuratov, “Bojxona hududida eng yaxshi qayta ishlovchi” yoʻnalishida “Xoʻjayli un” korxonasi rahbari Yusufbek Karimov, eng intizomli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi sifatida “Lan Extrakt” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Murat Gaipovlar taqdirlandi.

Shuningdek, “Eng yaxshi ayol tadbirkor” nominatsiyasida “Nukus kun qurilish” korxonasi rahbari Ayimxan Saparova eʼtirof etilgan boʻlsa, “Eng yaxshi bojxona toʻlovlari toʻlovchisi” sifatida “Uz-Kor Gas Chemical” jamiyati rahbari Umidjan Israilov taqdirlandi. Bundan tashqari, tadbir davomida “Atiyaj-Gulzar” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Bojxona qoʻmitasi tomonidan “Vakolatli iqtisodiy operator” maqomi berilganligi munosabati bilan maxsus guvohnoma topshirildi.

Tadbirkorlar bilan bunday ochiq va samimiy muloqotlarni muntazam ravishda tashkil etish, ularni qiynayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va biznes yuritish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish butun mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning eng muhim va strategik omillaridan biri hisoblanadi. Boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuv yakunida biznes vakillari tomonidan bildirilgan barcha taklif va tashabbuslarni hayotga tatbiq etish boʻyicha istiqbolli chora-tadbirlar dasturi belgilab olindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026