21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:42
Qishloq xoʻjaligi 👁 281

Qishloq xoʻjaligi vaziri Amudaryo tumanida boʻlib, agrar sohadagi islohotlarning borishi bilan tanishdi

Qishloq xoʻjaligi vaziri Amudaryo tumanida boʻlib, agrar sohadagi islohotlarning borishi bilan tanishdi

Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, eng avvalo, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish hamda yerlardan oqilona foydalanish orqali yuqori hosildorlikka erishishga qaratilgan. Ayniqsa, iqlim sharoiti oʻziga xos boʻlgan hududlarda dehqonchilik qilish soha mutaxassislaridan katta masʼuliyat va innovatsion yondashuvlarni talab etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga navbatdagi amaliy safari aynan shu maqsadlarga, yaʼni hududda agrotexnik tadbirlarning borishini oʻrganish va soha vakillariga ilmiy asoslangan tavsiyalar berishga qaratildi.

Tashrif doirasidagi dastlabki manzil Amudaryo tumanidagi “Amirxon” fermer xoʻjaligi dalalari boʻldi. Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlan Kengashi Raisi Farhod Ermonov, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, soha mutasaddilari, olimlar, tuman hokimi oʻrinbosarlari hamda fermer xoʻjaliklari vakillari ishtirok etdi. Ushbu muloqot maydonida hududda olib borilayotgan gʻoʻza parvarishi, ekinlarni sugʻorish, vaqtida oziqlantirish, shuningdek, turli kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarining holati atroflicha muhokama qilindi.

Mutaxassislar mavsumning eng masʼuliyatli bosqichida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan oʻzlarining ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalarini berdilar. Xususan, barcha dala sharoitlaridan kelib chiqqan holda agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri tashkil etish, suv hamda mineral oʻgʻitlardan oqilona foydalanish, eng muhimi, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Vazir dala ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va ilmiy yondashuv asosida amalga oshirish hosildorlikni oshirishning eng asosiy omili ekanini taʼkidladi.

Seminarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tayyorlangan “Qishloq xoʻjaligida har bir fermer bajarishi shart boʻlgan 8 ta qonun” nomli muhim qoʻllanmani qoraqalpoq tiliga tarjima qilish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur tashabbus hududdagi yosh fermerlarni qoʻllab-quvvatlashga, ularning zamonaviy agrotexnologiyalar va ilmiy tavsiyalarni oʻz ona tilida oson oʻzlashtirishiga hamda sohada bilim va tajriba almashinuvini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Shundan soʻng, ishchi tashrif Amudaryo tumanining Xorazm viloyati va Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida joylashgan paxta dalalarida davom etdi. Bu yerda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning borishi, gʻoʻzaning vegetatsiya holati va ilmiy tavsiyalarning amaliyotga qay darajada tatbiq etilayotgani chuqur tahlil qilindi. Kuzatuvlar davomida barcha agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilgani taʼkidlandi. Buning natijasida gʻoʻzalarning rivojlanishi belgilangan agrobiologik meʼyorlarga toʻliq mos kelmoqda. Bugungi kunda dalalardagi gʻoʻzalarning boʻyi 95 santimetrga yetgan boʻlib, maydonlarda begona oʻtlar umuman uchramaydi va hosil elementlari toʻliq saqlab qolingan. Fermer xoʻjaliklari rahbarlarining soʻzlariga koʻra, 1-avgustdan boshlab gʻoʻza pishishini jadallashtiruvchi maxsus gormonni ilmiy tavsiyalar asosida qoʻllash rejalashtirilmoqda. Vazir fermerlarga barcha tadbirlarni belgilangan muddatlarda davom ettirish, dala madaniyatiga qatʼiy rioya qilish hamda barcha gʻoʻza tuplarini hosil uchun safarbar etish boʻyicha oʻzining kerakli koʻrsatmalarini berdi.

Qishloq xoʻjaligidagi navbatdagi muhim tarmoq boʻlgan kartoshkachilik yoʻnalishida ham Amudaryo tumanida ilgʻor tajribalar qoʻllanilmoqda. Xususan, tumandagi Xolimbeg ovuli hududida joylashgan “Roʻzim Xudan” fermer xoʻjaligida tuganaklari qizil nur ostida tayyorlanib ekilgan kartoshka maydonlari buning yaqqol isbotidir. Vazir mazkur xoʻjalikning 4 gektar maydonida yetishtirilayotgan serhosil kartoshka navlarining holati va bajarilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.

Eʼtiborli jihati shundaki, bu yerda ekishdan avval kartoshka tuganaklarini 60 kun davomida qizil nur ostida saqlashdek oʻziga xos innovatsion usul qoʻllanilgan. Bu texnologiya tuganaklarda sogʻlom va baquvvat nihollar hosil boʻlishini taʼminlab, unib chiqish jarayonini tezlashtiradi, oʻsimliklarning tekis va uzluksiz rivojlanishiga xizmat qiladi va kelgusida yuqori sifatli hosil olish uchun mustahkam zamin yaratadi. Ushbu maydonlardan gektariga 50 tonnagacha hosil olish kutilmoqda. Bu esa Amudaryo tumanining iqlim sharoitida ham zamonaviy texnologiyalar yordamida moʻl hosil yetishtirish mumkinligini tasdiqlaydi. Yetishtirilayotgan mahsulot nafaqat ichki bozor ehtiyojlarini qondirishga, balki eksport bozorlariga ham yoʻnaltirilmoqda. Maydonlarni koʻzdan kechirish chogʻida rahbariyat tomonidan masʼullarga hosilni qisqa muddatlarda va hech qanday talafotlarsiz yigʻib olish, yigʻim-terim jarayonida texnika vositalaridan unumli foydalanish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish qanchalik ahamiyatli boʻlsa, uni sifatli saqlash va bozorga yetkazib berish tizimini toʻgʻri tashkil etish ham shunchalik muhimdir. Shu bois, tashrifning keyingi manzili Mangʻit shahrining Chordara mahallasida joylashgan “Mangʻit invest plyus” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli zamonaviy kartoshka saqlash ombori boʻldi. Umumiy sigʻimi 700 tonnaga moʻljallangan ushbu omborxonada bugungi kunda fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan 350 tonna urugʻlik va oziq-ovqat kartoshkasi saqlanmoqda.

Ibrohim Abdurahmonov ombordagi sharoitlar bilan tanishar ekan, mahsulotlarni qavat-qavat, yaʼni etajerka usulida joylashtirish boʻyicha muhim tavsiyalarni berdi. Bu usul kartoshkalar orasida havo aylanishini yaxshilaydi, ortiqcha namlik toʻplanishining oldini oladi va chirigan mahsulotlar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi. Shuningdek, qoplar orasida yetarli masofa qoldirish, moʻʼtadil harorat va namlikni taʼminlash, mahsulotlarni muntazam nazorat qilib borish zarurligi qayd etildi. Ushbu zamonaviy yondashuvlar kartoshkaning saqlanish muddatini uzaytirish va sifat koʻrsatkichlarini saqlab qolish imkonini beradi.

Bugungi kunda agrar sohada yuqori natijalarga erishish faqatgina mehnat bilan emas, balki ilmiy yondashuv, ilgʻor tajriba va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish bilan bevosita bogʻliqdir. Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan bu kabi keng koʻlamli tadbirlar, gʻoʻza va kartoshka yetishtirishdagi innovatsion usullar hamda mahsulotlarni saqlashning zamonaviy tizimlari hududning qishloq xoʻjaligi salohiyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan agrotexnik tadbirlar hamda saqlash texnologiyalari orqali nafaqat nobudgarchilikning oldi olinadi, balki fermerlarning daromadi oshib, aholi uzluksiz ravishda sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanadi. Zero, qishloq xoʻjaligida faqatgina yuqori hosil yetishtirish emas, balki uni isteʼmolchi dasturxonigacha sifatli holda yetkazib berish eng asosiy vazifa sanaladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026