21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:41
Jamiyat 👁 404

Qum yop mahallasi: xotin-qizlar manfaati doimiy eʼtiborda

Qum yop mahallasi: xotin-qizlar manfaati doimiy eʼtiborda

2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan barcha joylarda boʻlgani kabi Amudaryo tumanining Qum yop mahallasida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mazkur hududda 731 ta xonadon mavjud boʻlib, ularda jami 1860 ta oila istiqomat qiladi. Mahalla aholisining 2248 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi Farmoni ijrosini taʼminlash doirasida Qum yop mahallasining xotin-qizlar faoli Roza Qonarbayeva tomonidan joriy yilning 1-yarmida qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Xususan, mahalladagi barcha xonadonlar holati chuqur oʻrganilib, nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan oilalar, boquvchisini yoʻqotganlar hamda yolgʻiz yashayotgan keksalarning holidan muntazam xabar olish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganishni yanada samarali tashkil etish va mahalla hayotiga keng jamoatchilikni jalb qilish maqsadida hududda “Nuroniylar” hamda “Qaynonalar kengashi” kabi jamoatchilik tuzilmalari tashkil etilgan. Chindan ham, jamiyat taraqqiyotida koʻp yillik hayotiy tajribaga ega nuroniylarning oʻrni beqiyos. Misol uchun, mahalla faxri boʻlgan hoji ona Orzigul Yoʻldashevaning hayot yoʻli barcha yoshlarga oʻrnakdir. Onaxonning 6 nafar qizi, 4 nafar oʻgʻli, 40 nafar nevarasi va 12 nafar chevarasi bor. Uning pand-nasihatlari yoshlarga namuna sifatida yetkazilmoqda.

Yosh avlod tarbiyasi va oilalar mustahkamligini taʼminlash maqsadida xotin-qizlar faoli mahalla raisi hamda Orzigul Yoʻldasheva kabi faol onaxonlar bilan birgalikda xonadonlarga kirib, yosh oilalarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishmoqda. Farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan ota-onalar bilan qatʼiy ish olib borilib, hududda jinoyatchilik, oʻz joniga qasd qilish, fohishabozlik, giyohvandlik, ichkilikbozlik hamda voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish kabi illatlarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mahalladagi Baxtiyor Bekniyazov va Mamojon Kazakbayevalar oilasi ham yoshlar uchun haqiqiy ibrat namunasidir. Nafaqadagi bu faxriy oʻqituvchilar uyda bekor oʻtirmasdan, oʻz tomorqalarida turli ekinlar yetishtirib, moʻl hosil olmoqdalar.

Tomorqada hosil yetishtirish, umuman, jismoniy mehnat bilan band boʻlish salomatlikka ham ijobiy taʼsir qiladi. Aholi, ayniqsa ayollar salomatligi haqida gap ketganida shuni aytish lozimki, hududda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, homilador ayollar va yosh onalarga eʼtiborni kuchaytirish borasidagi targʻibot ishlari oʻz samarasini bermoqda. Joriy yilning 1-yarmi davomida mahallada 65 ta tugʻilish qayd etildi va patronaj hamshiralarning muntazam nazorati natijasida onalar va bolalar oʻlimiga umuman yoʻl qoʻyilmadi. Tibbiy xizmat qamrovini kengaytirish maqsadida tugʻish yoshidagi 880 nafar ayollar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Qishloq sharoitida tomorqa aholining eng muhim daromad manbalaridan biri sanaladi. Mahallada yashovchi yana bir nuroniy onaxon Pardagul Gaipova ham yoshi ulugʻligiga qaramasdan, oʻz xonadonidagi tomorqadan unumli foydalanib, barchaga mehnatsevarlik namunasini koʻrsatib kelmoqda.

Jamiyatda xotin-qizlarning oʻrnini mustahkamlashda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish gʻoyat katta ahamiyat kasb etadi. Ish bilan taʼminlangan va doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan ayol jamiyatning eng faol aʼzosiga aylanadi. Qum yop mahallasida yashovchi Toʻlgʻanoy Bozorbayeva oʻz tikuvchilik tsexini tashkil qilib, aholiga sifatli xizmat koʻrsatish bilan birga, yoshlarga oʻz hunarini oʻrgatib, koʻplab shogirdlar tayyorlamoqda. Xuddi shunday, mahalladagi yana bir namunali oila Shadiyor Shermanov va Sayora Qurbaniyazovalarning qizi ham tikuvchilik sohasiga mehr qoʻyib, bugungi kunda oʻz biznesini muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻygan holda yoshlarga hunar oʻrgatmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Qum yop mahallasida olib borilayotgan bunday keng qamrovli ishlar oilalar mustahkamligini taʼminlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib voyaga yetkazish hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yanada yuksaltirishga ulkan hissa qoʻshmoqda. Tashkil etilgan har bir tadbir va koʻrsatilayotgan eʼtibor, avvalo, inson qadrini ulugʻlashdek ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026