21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:04
Jamiyat 👁 381

Mustaqillikning 35 yilligi oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Mustaqillikning 35 yilligi oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Yurtimizda eng ulugʻ va eng aziz ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga puxta hozirlik koʻrilmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu gʻoya ostida nishonlanadigan ushbu sanani har tomonlama munosib va yuqori saviyada kutib olish maqsadida butun respublikamizda boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham keng koʻlamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Ushbu yoʻnalishda hududlarga biriktirilgan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi deputatlari, masʼul tashkilotlarning rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida keng qamrovli amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, tumandagi barcha mahallalar, markaziy va ichki koʻchalar hamda ijtimoiy soha obʼektlari atroflarini tozalash, hududlarni obodonlashtirish, zarur sanitariya-tozalik ishlarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, yoʻl chetlaridagi daraxtlarni oqlash, ularga shakl berish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash hamda atrof-muhitni tartibga keltirish ishlari ham yuqori surʼatlarda bajarilmoqda.

Joylardagi obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi deputatlari, “Mahalla yettiliklari” hamda aholi vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, qizgʻin mehnat qilishmoqda. Mangʻit shahrining Beruniy, Yangiobod va Olmazor mahallalari hududida olib borilayotgan keng koʻlamli tozalik ishlari doirasida Jumurtov shoh koʻchasi va aholi zich yashaydigan maskanlardagi barcha ichki koʻchalar toʻliq tozalanmoqda. Shuningdek, avtomobil yoʻllarining yoqalari tartibga keltirilib, belgilangan meʼyorlar asosida chiqindilardan tozalash, mavjud koʻkalamzor va yashil hududlarni agrotexnik qoidalar asosida parvarish qilish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Oʻtkazilayotgan ushbu keng qamrovli obodonlashtirish tadbirlaridan koʻzlangan asosiy maqsad – avvalo, mahalla ahli uchun yanada qulay, ozoda va har tomonlama fayzli muhit yaratishdan iboratdir. Qolaversa, mahallalarning sanitariya holatini tubdan yaxshilash, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib orqali eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz boʻlmish Mustaqillik ayyomini har bir xonadonda munosib, koʻtarinki va oʻziga xos bayramona kayfiyatda kutib olishiga sharoit yaratish koʻzda tutilgan.

Eng asosiysi, bu kabi umumxalq tadbirlari aholining, ayniqsa, yosh avlodning fuqarolik masʼuliyatini oshirishga, ularning qalbida Vatan taraqqiyoti va rivojiga boʻlgan daxldorlik tuygʻusini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan uyushqoqlik asosida tashkil etilayotgan bunday keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlaridan koʻzlangan bosh maqsad esa bitta – Vatanimiz shodiyonasini, yaʼni mustaqillik bayramini eng yuqori saviyada nishonlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026