21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 03:47
Iqtisodiyot 👁 410

IShSIZ YoShLAR UChUN MEHNAT YaRMARKASI TAShKIL ETILDI

IShSIZ YoShLAR UChUN MEHNAT YaRMARKASI TAShKIL ETILDI

Yoshlarni munosib ish bilan taʼminlash, ularning bandligini oshirish hamda mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishini taʼminlash bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Amudaryo tumanida navbatdagi Bandlik yarmarkasi tashkil etilib, ishsiz yoshlarni doimiy ish oʻrinlariga yoʻnaltirish, ularning muammo va takliflarini oʻrganish hamda bandlik masalalariga amaliy yechim topishga qaratilgan muhim tadbir oʻtkazildi.

Tuman Madaniyat boʻlimi binosida boʻlib oʻtgan tadbir avvalida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, respublika ishchi guruhi aʼzolari, hokim oʻrinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, munosib ish bilan taʼminlanishi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, yoshlarning tashabbus va intilishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻz vaqtida hal etish hamda bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida soʻz yuritdi.

Muloqot chogʻida yoshlar bilan samimiy fikr almashilib, ularning bandlik, kasb-hunar oʻrganish, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, har bir murojaatni manzilli oʻrganish va amaliy yechim topish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Shundan soʻng mehnat yarmarkasi oʻz ishini boshladi. Unda tuman hududida faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan taqdim etilgan boʻsh ish oʻrinlari, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlari, bandlikka koʻmaklashish xizmatlari hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mavjud imkoniyatlar ishtirokchilarga taqdim etildi.

Yarmarkada 150 nafardan ortiq ishsiz yoshlar faol qatnashib, oʻz mutaxassisligi, bilim va koʻnikmalariga mos boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishdi. Ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, mehnat sharoitlari, ish haqi va faoliyat yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumot olish imkoniyatiga ega boʻlgan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ham mutaxassislardan javob oldilar. Tadbir yakunlariga koʻra, 22 nafar yoshning bandligi taʼminlanib, ular doimiy ish oʻrinlariga joylashtirildi.

Bugungi kunda yoshlarning bandligini taʼminlash nafaqat ularning daromad manbaini yaratish, balki hayotda oʻz oʻrnini topishi, kasbiy salohiyatini roʻyobga chiqarishi va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etishi uchun muhim omil hisoblanadi. Shu bois bu kabi mehnat yarmarkalari yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olgan holda amaliy yordam koʻrsatishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Amudaryo tumanida ham yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunar egallashga ragʻbatlantirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda munosib mehnat faoliyatiga yoʻnaltirish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026