21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 03:59
Qishloq xoʻjaligi 👁 354

Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi

Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini, xususan, chorvachilikni yanada rivojlantirish hamda bu borada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biriga aylangan. Aynan shu maqsadlarni hayotga tatbiq etish, joylardagi bu boradagi ishlarni oʻrganish va soha vakillariga yangi imkoniyatlarni tushuntirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov rahbarligida Amudaryo tumanidagi «Tursunboyeva Umida» fermer xoʻjaligida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktyabrda qabul qilingan «Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga bagʻishlandi. Seminar davomida ishtirokchilarga mazkur hujjat bilan chorvachilik va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tizimini modernizatsiya qilish, fermerlarga yangi moliyaviy hamda tashkiliy yengilliklar yaratish borasida berilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Xususan, davlatimiz rahbarining qaroriga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yer uchastkalarining 49-yil muddatga ijaraga berilishi sohada uzoq muddatli rejalar tuzish imkonini beradi. Bundan tashqari, paxta-gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan, umumiy yer maydoni 10 gektardan kam boʻlmagan xoʻjaliklarga oʻz hududining 1 foizi, biroq 20 sotixdan oshmagan qismida yengil konstruktsiyali chorvachilik binolari, suv havzalari va ozuqa omborlarini qurishga ruxsat berildi. Albatta, bunday yengillikdan foydalanishning oʻz masʼuliyati ham bor. Yaʼni, tashkil etiladigan yangi loyihalarda kamida 60 bosh yirik shoxli va 100 bosh mayda shoxli qoramol boqilishi shartligi asosiy talab sifatida belgilab qoʻyilgani alohida taʼkidlandi. Bu esa oʻz navbatida, goʻsht va sut mahsulotlari yetishtirish hajmining keskin oshishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, fermer va dehqonlarni moliyaviy jihatdan ragʻbatlantirish maqsadida 2026-yil 1-yanvardan boshlab yangi tizimlar ishga tushdi. Jumladan, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ozuqa ekinlari yetishtirish uchun elektron onlayn auktsion orqali olingan yer uchastkalari boʻyicha toʻlovlarni 5-yil davomida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratildi. Bundan tashqari, ozuqa va moyli ekinlarni yetishtiruvchi xoʻjaliklarning sugʻorish uchun foydalaniladigan nasos agregatlariga sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi soha rivojida katta qadam boʻldi. Oziq-ovqat va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida mahsulot qiymatining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilishi ham soha rivojiga yoʻl ochadi.

Tadbirda chorvachilikni nasl jihatidan yaxshilash masalalari ham chetda qolmadi. Yuqoridagi qaror bilan 2030-yil 31-dekabrgacha xorijdan import qilinadigan nasldor chorva mollari uchun subsidiyalar tizimi saqlab qolinishi belgilangan. Unga koʻra, har bir bosh nasldor qoramol uchun 2 million soʻm, har bir bosh qoʻy va echki uchun 400 ming soʻm, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilingan goʻsht yoʻnalishidagi naslli joʻja uchun 15 ming soʻm miqdorida davlat subsidiyasi ajratiladi.

Seminar soʻngida ishtirokchilar «Tursinbayeva Umida» fermer xoʻjaligi misolida qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan real ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Xoʻjalikda chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ozuqa bazasini mustahkamlash va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasidagi amaliy harakatlar barchaga namuna sifatida koʻrsatildi.

Prezidentimizning yuqoridagi qarori chorvachilikni tizimli rivojlantirish, aholi dasturxoni toʻkinligini taʼminlash hamda fermer xoʻjaliklarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi mustahkam huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026