Şoir Pölat Xudoyberganov ijodiga bağişlab şeʼriyat keçasi ötkazildi
Şeʼriyat tilini tuşungan odam söz qadrini ham, yurt qadrini ham teran anglaydi. Şu bois kutubxonalarda ötkaziladigan adabiy keçalar maʼnaviy tarbiyaning taʼsirçan şakllaridan biri sifatida eʼtirof etiladi. Ular şoirning bilan kitobxonni yuzlaştiradi. Ayniqsa, öz yurtidan yetişib çiqqan şoirning ijodi muhokama etilsa, taʼsir kuçliroq böladi.
Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida taniqli şoir Pölat Xudoyberganov ijodiga bağişlangan şeʼriyat keçasi bölib ötdi. Tadbirda şoira Zulfiya Ollayorova, taʼlim sohasi faxriysi Pardagul Urazboyeva, kutubxona xodimlari hamda faol kitobxonlar iştirok etdi. Keça samimiy muloqot ruhida taşkil etildi.
Tadbir şoirning ijodiy merosini keng tarğib qiliş, uning kitoblarini kitobxonlar orasida ommalaştiriş, yoş avlodda şeʼriyat va badiiy adabiyotga qiziqişni kuçaytiriş maqsadida taşkil etildi. Şu bois dasturga kitob taqdimoti va şeʼrxonlik qismlari kiritildi.
Kitob taqdimoti davomida Pölat Xudoyberganovning hayoti va ijodiy faoliyati, milliy adabiyot ravnaqiga qöşayotgan hissasi haqida söz yuritildi. Şoir asarlaridagi insoniylik, Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat, ezgulik va mehr-oqibat ğoyalari xususida fikr almaşildi. Iştirokçilar qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Keçaning eng taʼsirli qismi şeʼrxonlik böldi. Kutubxona foydalanuvçilari va xodimlari şoirning şeʼrlarini ifodali öqib eşittirdi. Satrlardagi maʼno va ijroning taʼsirçanligi tadbirga özgaça ruh bağişladi. Şuningdek, mehmonlar kitobxonlikning inson maʼnaviy hayotidagi örni, yoşlarni kitobga oşno qiliş borasida qimmatli tavsiyalar bildirdi.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, Pölat Xudoyberganov 1956-yil 26-may kuni Amudaryo tumanidagi Qiliçboy qişloğida tavallud topgan. U 1978-yilda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institutining sirtqi bölimini tamomlagan va mehnat faoliyatini şu dargohning Kimyo-biologiya fakultetida boşlagan. Aynan öşa yillarda uning jurnalistikaga bölgan qiziqişi namoyon böldi.
Oliygohning “Pedagog” gazetasi boş muharriri, ustozi Mamasoli Jumaboyev bilan hamkorlikda professor-öqituvçilar hayoti va talabalar faoliyatiga oid turkum maqolalar yozdi, ilk şeʼrlari ham matbuot naşrlarida çop etila boşladi. Mustaqillikning dastlabki yillarida u Özbekiston radiosiga işga taklif etildi. Bu yerda köp yillar qişloq xöjaligi mavzusidagi eşittirişlarga mualliflik qildi.
Şu bilan birga, şoir Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi matbuot xizmati bilan hamkorlik qildi. 2000-yildan 2017-yilgaça “Assalom, Özbekiston!” telekörsatuvida muxbir bölib işlab, “Ibrat”, “Taʼlimning fidoyilari”, “Yuz bilan yuzlaşganlar” dasturlarini tayyorladi. 2017–2019-yillarda esa “Avtohamroh” jurnalida faoliyat yuritdi.
Ijodkorning 2006-yilda “Vatan deyman”, 2009-yilda “Muhabbatsan”, 2012-yilda “Qadri baland qadrdonlarim”, 2018-yilda “Qiliçboy, ona qişloğim”, 2021-yilda “Orzularim bir olam” nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan. 2021-yilda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligiga qabul qilingan. 2020-yildan buyon Toşkent şahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida va 354-sonli maktabda tögarak rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda.
Qayd etiş joizki, bunday keçalar yoşlarni şoirning hayoti va ijodi bilan yaqindan taniştiriş bilan bir qatorda kitobga mehr qöygan yoşlar safini kengaytirişga ham xizmat qiladi. Şu bois, kutubxonada şoir va yozuvçilar bilan suhbatlar, yangi naşrlar taqdimoti hamda maʼrifiy yönalişdagi tadbirlar bundan keyin ham uzluksiz ravişda taşkil etilişi maʼlum qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶