Muddatli harbiy xizmatga çiqiriluvçilarni saralaş tadbirlari boşlandi
Vatan himoyasi – har bir yigitning muqaddas burçi va şarafli vazifasidir. Bugungi kunda mamlakatimiz Qurolli Kuçlari saflarini jismonan soğlom, maʼnan yetuk va bilimli yoşlar bilan töldiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda joylarda çaqiruv yoşidagi fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga tayyorlaş va ularni saralaş işlari qizğin körinişda taşkil etilmoqda.
Xususan, Amudaryo tumani hududida yaşovçi 2000 hamda 2009-yillar oraliğida tuğilgan öğil bolalar uçun muddatli harbiy xizmatga çaqiruv tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari allaqaçon boşlab yuborilgan. Dastlabki bosqiçda yigitlarning salomatligini nazoratdan ötkaziş maqsadida çuqurlaştirilgan tibbiy köriklar hamda harbiy xizmatning mohiyatini tuşuntirişga qaratilgan keng qamrovli tarğibot va taşviqot tadbirlari taşkil etilmoqda. Tibbiy tekşiruvlar orqali har bir nomzodning soğliğidagi özgarişlar diqqat bilan örganilib, ularning jismoniy va ruhiy holatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mazkur jarayonlarning uzviy davomi sifatida 10-avgustdan boşlab oldindan tasdiqlangan jadval asosida çaqiruv yoşidagi fuqarolarni saralaş va tanlov tadbirlari yuqori saviyada ötkazilmoqda. Uşbu sinovlar orqali yigitlarning nafaqat salomatligi, balki umumiy jismoniy tayyorgarligi ham jiddiy közdan keçiriladi. Tanlov davomida çaqiriluvçilar bir qator jismoniy maşqlar böyiça öz kuç va imkoniyatlarini namoyiş etişlari talab etiladi. Xususan, umumjismoniy tayyorgarlik normativlari doirasida nomzodlar turnikka tortiniş, 100 metrga yuguriş hamda 3000 metrga yuguriş kabi majburiy şartlarni bajarişlari lozim. Belgilangan qatʼiy talablarga köra, yigitlar turnikka kamida 7 marotaba tortinişlari şart. Şuningdek, tezlikni aniqlovçi 100 metrga yuguriş maşqini maksimal 15,4-soniya içida bosib ötiş talab etilsa, çidamlilikni sinovdan ötkazuvçi 3000 metrga yuguriş maşqini 14 yarim daqiqa davomida yakunlaş lozim böladi. Bu normativlar faqatgina raqamlardan iborat emas, balki bölajak askarlarning harbiy şaroitlarga qançalik tayyor ekanligini körsatuvçi muhim mezondir.
Uşbu masʼuliyatli tanlov tadbirlari Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari saflarini har tomonlama bilimli, maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk, vatanparvar va jismonan barkamol yoşlar bilan töldiriş maqsadida amalga oşirilmoqda. Armiya saflarida xizmat qiliş yoşlar uçun faqatgina jismoniy çiniqiş emas, balki kuçli iroda, qatʼiyat va yuksak intizomni şakllantiruvçi katta hayot maktabi hisoblanadi. Belgilangan normativlarni muvaffaqiyatli topşirgan va tibbiy köriklar natijalariga köra harbiy xizmatga töliq yaroqli deb topilgan nomzodlar birinçi navbatda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safiga qabul qiliş uçun tavsiya etiladi. Şu bilan birga, uşbu yoşlar harbiy-texnik mutaxassisliklari böyiça qöşimça tayyorgarlik kurslariga ham jalb etilişi közda tutilgan. Bu esa öz navbatida, milliy armiyamizning jangovar salohiyatini oşirişga xizmat qiladigan yetuk malakali mutaxassislarni yetiştirib çiqarişga mustahkam zamin yaratadi.
Fursatdan foydalanib Amudaryo tumanidagi çaqiruv yoşidagi barça fuqarolarni uşbu saralaş va tanlov tadbirlarida faol iştirok etişga çaqiramiz. Vatan himoyaçisi bölişdek şarafli nomga munosib böliş uçun har bir yigit özining jismoniy va maʼnaviy salohiyatini oşirib borişi, bugungi kundagi imkoniyatlardan oqilona foydalanişi zarur. Zero, yurt tinçligi va çegaralarimiz daxlsizligi aynan mana şunday kuçli, soğlom va çinakam vatanparvar yoşlar qölidadir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶