21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 04:00
Jamiyat 👁 2,071

Aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvidan namunalar olinib, sifati tekshirilmoqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi xodimlari isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati, xavfsizligi va uzluksizligini doimiy ravishda nazorat qilib borishmoqda. Bu jarayonda nafaqat suv taʼminoti korxonalarining faoliyati, balki bevosita mahallalar va xonadonlardagi joʻmraklardan oqayotgan suvning tarkibi ham muntazam ravishda oʻrganib borilmoqda.

Mazkur yoʻnalishdagi navbatdagi nazorat-oʻrganish tadbirlari Amudaryo tumani hududida tashkil etildi.

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi hamda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatining tuman boʻlimi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh aʼzolari aholi yashash xonadonlariga tashrif buyurib, odamlarning kundalik turmushda isteʼmol qilayotgan suv tarmoqlaridan maxsus chuqurlashtirilgan laboratoriya tahlillari uchun tegishli namunalar olishdi. Bunday amaliy tadbirlar suvning real holatini baholash va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli xil kasalliklarning erta oldini olish imkonini beradi.

Respublika miqyosida suv sifatini nazorat qilish tadbirlari keng koʻlamda va muntazam ravishda olib borilmoqda. Aniq raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 2026-yilning oʻtgan 7 oyi davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan hamkorlikda markazlashgan tarmoqlar orqali yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifati boʻyicha jami 914 ta laboratoriya tahlillari oʻtkazilgan. Bu kabi murakkab tahlillar isteʼmolchilarga taqdim etilayotgan suvning amaldagi milliy standart talablariga qay darajada muvofiqligini aniqlash imkonini beradi.

Oʻrganishlar natijalariga koʻra, baʼzi hududlardagi suvning tarkibida belgilangan sanitariya meʼyorlaridan chetga chiqish holatlari qayd qilingan. Yaʼni 28 ta salbiy holat aniqlangan boʻlib, shulardan suvning kimyoviy koʻrsatkichlari boʻyicha Nukus tumanida 2 ta, Toʻrtkoʻl tumanida 3 ta, Xoʻjayli tumanida 4 ta hamda Taxiatosh tumanida 3 ta holatda nomuvofiqliklar qayd etilgan. Suvning bakteriologik koʻrsatkichlar boʻyicha esa Qoraoʻzak tumanida 2 ta va Nukus shahrida 2 ta salbiy holat aniqlangan.

Aniqlangan ushbu salbiy holatlar boʻyicha inspektsiya tomonidan zudlik bilan tezkor choralar koʻrilgan. Xususan, “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatiga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan qatʼiy koʻrsatma va tegishli taqdimnomalar kiritilgan.

Olib borilgan tezkor saʼy-harakatlar natijasida, yuqorida qayd etilgan hududlardagi ichimlik suvi tarmoqlari toʻliq tozalangan hamda suv taqsimlash inshootlari va obʼektlaridagi barcha uskunalarni yuvish, dezinfektsiya qilish ishlari belgilangan tartibda, sifatli amalga oshirilgan.

Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi bunday tizimli oʻrganishlar va kundalik nazorat tadbirlari bundan keyin ham izchil davom ettiriladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026