BUNDAY DIYoR QAYDA BOR!
Inson yoşi ulğaygan sari bosib ötgan hayot yölining sarhisobini qilib, özi guvoh bölgan voqea-hodisalarni tez-tez xotirlayverarkan. Şuning uçun aytsalar kerak-da, keksalik – inson umrining eng haqqoniy xulosalar çiqaradigan pallasi, deb.
Mening bolalik davrim Ikkinçi jahon uruşidan oldingi qatağon yillarida keçgan. Har kuni bir şum xabar eşitib, yuragimiz bezillardi. Goh yon qöşnimizni, goh öqituvçilarimizni yoki ovul-elatning biron bir obrö-eʼtiborli kişilarini qamoqqa olişardi. Birga öynaydigan jöralarimning köpçiligi bir kunda "xalq duşmanining öğli”ga aylanib qolib, kamsitilganlariga guvohman.
Ötgan umr yöllarimizning aççiq sahifalari köp bölgan. Uruş va tiklaniş yillaridagi xalq çekkan azob-uqubatlar, iqtisodi tamoman ötirib qolgan sovet davlatining şahar-u qişloqlarida ahvol juda oğir edi.
Men özim hayotimda yuz, balki ming bora guvoh bölgan voqealarni köz oldimga keltirib, mustaqil Özbekistonimizning bugungi tarraqqiyotini, rivojlaniş surʼatini tom maʼnoda möʼjiza degim kelaveradi. Mamlakatimiz dunyoning iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlatlari reytingida 5-örinni egallaganining özi mustaqil Özbekistonimizning porloq ke-lajagidan yaqqol dalolatdir. Eng quvonarlisi şundaki, ijtimoiy tadqiqotlar natijasiga köra "Butunjahon baxt indeksi”da Vatanimiz 158 ta mamlakat orasida 44-poğonani, MDH mamlakatlari orasida esa faxrli 1-örinni egallab turgani istiqlol şarofati bilan yurtimizda inson omiliga berilayotgan eʼtibor, uning har tomonlama baxtli yaşaşi uçun yaratilayotgan şaroitlarning ifodasidir.
Men salkam 90 yoşdaman. Umrim bino bölib, hayotimizning barça jabhalarida buningdek özgariş va rivojlanişni körmaganman. Kun sayin qiyofasi özgarib, gözallaşib borayotgan ovullar, möl-köl rizq-nasibamizni köksida tutib, hosildan tölişayotgan dalalar, oilalardagi tökinlik, fayz-baraka, keksa-yu yoş, turli millat vakillarining davlat ğamxörligidan bahramand, osoyişta, tinç-totuv yaşayotganini körib, şunday zaminda tuğilganimdan, şunday Vatanga farzand ekanligimdan köksim ğurur va iftixorga töladi.
Zamini, havolari özgaça, mehnatkaş va fidoyi, mehmondöst xalqi özgaça, urf-u odati, maʼnaviyati va madaniyati özgaça, betakror va gözal Vatanim bi-an hamişa faxrlanaman. Ana şu faxr va iftixor tuyğulari ila baralla aytaman:
- Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Özbekistonim!
Safarboy ŞOMURODOV, faxriy jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶