Paxtaçilik yönalişidagi qişloq xöjaligi kooperativlari rahbarlariga E S L A T M A
Hurmatli qişloq xöjaligi kooperativlari rahbarlari!
Bugungi kunda qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar doirasida qişloq xöjaligi kooperativlarini taşkil etiş, ularni rivojlantiriş, davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş böyiça zarur çoralar körilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qator normativ-huquqiy hujjatlar asosida qişloq xöjaligi kooperativlariga faoliyatini samarali taşkil etiş uçun keng imkoniyat va imtiyozlar yaratildi.
Jumladan, “Qişloq xöjaligi kooperativi töğrisida”gi yangi tahrirdagi Qonuni bilan kooperativlar qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişi, saqlaşi, qayta işlaşi va realizatsiya qilişi, şartnomalar tuzişi, kooperativ aʼzosi tomonidan pay badali sifatida kiritilgan mol-mulkni sotib olişi, hadya qilişi, lizingga yoki ijaraga olişi, sotişi, garovga qöyiş huquqlaridan foydalanişi, şuningdek, şartnoma majburiyatlarni bajarişi, soliqlar va yiğimlarni tölaşi, moliyaviy va statistik hisobotlarni yuritiş va taqdim etiş majburiyatlariga ega.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PF-103-sonli “Paxtaçilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxşilaşga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni bilan kiritilgan özgartirişlarga muvofiq, respublikaning barça hududlarida fermer xöjaliklarining ixtiyoriy kooperativlari taşkil etişga ruxsat berildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoni bilan Özbekiston fermerlari kengaşiga qişloq xöjaligi kooperativlarining manfaatlarini közlab sudga davlat boji tölamasdan daʼvo arizalari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor şaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan şikoyatlar taqdim etiş huquqi berildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli “Paxta xomaşyosini yetiştiriş va sotişda bozor mexanizmlarini qöllaşni izçil davom ettiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni bilan paxta xom aşyosini öz mablağlari va tijorat kreditlari hisobidan yetiştirib, Birjada sotgan xöjaliklarga şakllangan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
Ajratiladigan kreditlar hisobidan paxta xom aşyosini saqlaş va birlamçi (tegirmon usulida) qayta işlaş xizmatlarini taşkil etiş uçun zarur bölgan asbob-uskunalarni sotib oliş imkoniyati yaratildi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son qarori bilan tasdiqlangan “Paxta xom aşyosini yetiştiriş va paxta yiğim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom aşyosini xarid qilişning yakuniy hisob-kitobini kreditlaş töğrisida”gi nizomga muvofiq, kooperativlarga aʼzo bölgan fermer xöjaliklari tomonidan paxta xom aşyosini yetiştiriş va paxta yiğim-terimi xarajatlari uçun imtiyozli kreditlardan foydalaniş huquqi berildi.
Şu bilan birga qişloq xöjaligi paxtaçilik kooperativlari quyidagi keçiktirib bölmas vazifalarni ham bajariş lozim böladi.
Birinçidan, paxta dalasini terimga tayyorlaş, paxta hosilini töliq oçilişi çoralarini köriş hamda terim maşinalari va tirkamalarni şay holatga keltiriş;
Ikkinçidan, paxta xomaşyosini qabul qiliş bilan şuğullanuvçi xodimlarini elektron tarozi va “Hosil qabuli” axborot tizimi bilan işlaşga örgatiş hamda elektron tarozi orqali töğri rasmiylaştiriş va kunlik hisobotlarda maʼlumotlarni töğri aks ettiriş;
Uçinçidan, kooperativlarning qabul maskanlarida örnatilgan kuzatuv kameralarini, dasturiy taʼminotini, internet va quvvat manbalarini uzluksiz işlaşini taşkil etiş;
Törtinçidan, paxta xomaşyosi yiğim-terimi va yakuniy hisob-kitobi xarajatlarini moliyalaştirişda spot şartnomasida belgilangan narx eʼlon qilingan narxdan past bölganda, moliyalaştiriş spot şartnomasida belgilangan narx böyiça amalga oşiriş;
Beşinçidan, kooperativlar faqat paxta xomaşyosini saqlaş va qayta işlab berişi va birja savdolarida içki isteʼmolçilarga sotişi, bunda paxta xomaşyosini sotib oliş huquqiga ega bölmasligini inobatga oliş;
Oltinçidan, paxtaning sifati va narxining pasayişini oldini oliş, yomğirli kunlarda keçiktirmasdan terib oliş, terimçilarni faol jalb etib, ularga zarur şart-şaroitlar yaratib berişi;
Yettinçidan, kooperativga aʼzo bölgan fermer xöjaliklari bilan hisob-kitoblarni öz vaqtida töğri amalga oşiriş, ularga moddiy zarar yetkazmaslik, fermerlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etişingizni söraymiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶