21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 09:00
Madaniyat 👁 3,192

MAʼNAVIY QADRIYaTLARNI ASRASh YOʻLIDA

MAʼNAVIY  QADRIYaTLARNI ASRASh YOʻLIDA

Har  qanday mamlakatning  buyukligini uning  madaniyati  belgilaydi. Shu boisdan sohaga eʼtibor yil sayin kuchaymoqda. Tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi xalqimizning boy madaniy merosini, maʼnaviy qadriyatlarini asrab-avaylash yoʻlida samarali faoliyat olib bormoqda. Boʻlim tasarrufidagi 7 ta madaniyat  va aholi dam olish  markazlari, 3 ta xalq  ansambllari, koʻzi  ojizlar kutubxonasi xodimlari xalqimiz orasida milliy  qadriyatlarimizni tiklash, istiqlol  gʻoyalari  asosida tarbiyaviy ahamiyatga  ega madaniy tadbirlarni,  madaniyatimizni  dunyoga tanitish  maqsadida  bir qancha ishlarni  samarali amalga  oshirib  kelishmoqda.

Bugungi  kunda tuman  Madaniyat  va  sport ishlari  boʻlimida  taniqli ustoz sanʼatkor  va  madaniyat xodimlari  - Anvar  Xudoyberganov, Yoʻldosh  Jumamurodov, Quvonch Rayimov, Karim  Yoʻldoshev, Murod Ibragimov, Tohir Fayzullayev,  Madina  Kenjaqarayeva, Rahima  Xudoyberganovalar yoshlarga  ustozlik qilib, sohaning sir-asrorlarini oʻrgatib  kelishmoqda.

Yuqorida  nomlari zikr  qilingan  sanʼatkorlar va  madaniyat  xodimlaridan taʼlim  olib  kelayotgan yosh xodimlar sohada yuksak  muvaffaqiyatlarni  qoʻlga kiritib  kelmoqdalar. Ommaning  siyosiy  ongini oshirish, eʼtiqodini mustahkamlash  va  dunyoqarashini shakllantirishda,  milliy  madaniyatni rivojlantirishda  nafaqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha, balki Oʻzbekiston miqyosida ham salmoqli yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, tuman madaniyat va aholi dam olish markazi  direktori Olimboy  Erniyozov bilan hamkorlikda aholi  bilan  ish olib  borish  sanʼatini  puxta egallagan  Oybek Begimov, Mehribon Yoʻldosheva, Dilfuza Bobojonova, Nasiba Hayitmuratova, Muzaffar Ibragimovlar aholiga sidqidildan xizmat  qilib  kelmoqdalar. "Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari lavozimida ishlab kelayotgan isteʼdodli xonanda Murod Ibragimov uchun bu yil omadli boʻldi. U 2015-yil mart oyida boʻlib oʻtgan "Otam - suyangan togʻim, onam - mehr bulogʻim!” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. 2015 yil 15-aprelda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist D.Otajonov xotirasiga bagʻishlangan "Soʻnmas yulduz” tanlovida ishtirok etib, 2-oʻrinni egalladi. 2015-yil 20-iyun kuni K.Otaniyozov xotirasiga bagʻishlangan "Otashnafas qoʻshiqlar” Respublika tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 1-oʻrinni egallab, Xorazm viloyatida boʻlib oʻtgan Respublika bosqichida sovrindor boʻldi.

Tuman madaniyat va aholi dam olish markazida 3 ta xalq  ansambli - "Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli, "Ofarin” folklor-etnografik xalq ansambli, "Jayhun moʻʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoalari xalqimizning maʼnaviy  qadriyatlarini tiklash, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizni, tarixiy, ilmiy, nomoddiy-madaniy merosimizni asrash va yuksaltirish borasida tinmay xizmat qilmoqdalar.

1973-yilda xalq ansambli maqomini olishga sazovor boʻlgan "Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli bugungi kunda ham xalqimizga beminnat xizmat qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda el sevgan sanʼatkorlarni birlashtirgan ansamblga Anvar Xudoyberganov badiiy,  Vahobjon Abdullayev musiqiy rahbarlik qilmoqda. Yosh isteʼdod sohiblari Botirjon Norimbetov, Shahnoza Aminboyevalar ansamblga isteʼdodli havaskor aʼzolarni jalb qilish borasida samarali mehnat qilmoqdalar.

"Uchqun” ashula va raqs xalq ansamblining maqsadi tumanimiz mehnatkashlarining ishdan boʻsh  vaqtlari hamda dam olish kunlarini mazmunli va maroqli oʻtkazish bilan bir qatorda xalqimizning madaniyatini rivojlantirish, yosh isteʼdodlarni izlab topish va ular bilan doimiy ish olib borib, katta sahnalarga olib chiqish, qobiliyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashishdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi qaroriga binoan 2008-yil 1 noyabrda  havaskorlik sanʼatini rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarni tiklashdagi faol xizmatlari hamda yuksak ijrochilik mahorati uchun "Ofarin” folklor-etnografik  ansambliga "Xalq havaskorlik jamoasi” maqomi berildi.

"Ofarin”  folklor-etnografik  ansambli Toshkent  viloyati Boʻstonliq tumanida oʻtkazilgan "Asrlar sadosi” festivalida ishtirok qilib, "Fond forum” laureati boʻlib qaytdi. Jamoada yosh mutaxassis Rinat Safarboyev badiiy rahbar boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda. Sarvar Xudoyberganov musiqiy rahbar, el olqishiga sazovor boʻlib, masxarabozlik sanʼatini qadrlab kelayotgan Xayrulla Habibullayev baletmeysterlik qilib kelmoqda.

"Jayhun moʻʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk havaskorlik jamoasi 1983-yilda madaniyat uyida tashkil qilingan.

2009-yil 24 aprelda mazkur guruhga "Xalq havaskorlik jamoasi” maqomi berildi. Jamoada Haytboy Jumaniyozov, Komiljon Boltaboyev, Bahrom Sultonov, Ilhom Davlatyorov, Rashid Sultonov, Aminboy Jumaniyozovlar faoliyat yuritib, el-yurt olqishiga sazovor boʻlib kelmoqdalar.

Bu jamoa 2015-yil aprel oyida Samarqand shahrida oʻtkazilgan dorbozlar va anʼanaviy tsirk sanʼati jamoalarining Respublika koʻrik-festivalida ishtirok etib, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanib qaytdi. Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan Xalq ijodiyoti Respublika festivalida "Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli, "Ofarin” folklor etnografik xalq jamoasi, "Jayhun moʻʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoalari oʻz dasturlari bilan ishtirok etib, maxsus diplomni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi.

Tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi yoshlarimiz orasidan eng isteʼdodlilarini tanlab olish, ularni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida turli koʻrik-tanlovlar oʻtkazib kelmoqda.

Estrada va anʼanaviy ijro, drama, musiqa va raqs yoʻnali-shida tashkil qilingan toʻgaraklarda qatnashchilarning soni yildan-yilga oshib borayotgani mazkur yoʻnalishlarga yoshlar oʻrtasida qiziqishning ortayotganidan dalolat beradi.

Ona Vatan - Oʻzbekistonimizni ulugʻlash, uni koʻz qorachigʻidek asrash, shaʼn-u sharafini himoya qilish va yuksaltirish kabi ezgu tuygʻularni oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbiga singdirish, Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun daxldorlik hissi bilan yoʻgʻrilgan mazmunan teran, badiiy yetuk qoʻshiqlar yaratishni ragʻbatlantirish hamda ularni xalqimizning maʼnaviy mulkiga aylantirish maqsadida 2009-yildan buyon "Yagonasan, muqaddas Vatan!”  koʻrik-tanlovini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Ayniqsa, tumanimizning eng chekka hududlarida gimnastika boʻyicha yangi markazlarning tuzilishi natijasida qizlarning bu nafis sport turi bilan shugʻullanish imkoniyatlari yanada kengaydi. Soʻnggi besh yilda badiiy gimnastika bilan shugʻullanadigan qizlarning soni uch hissaga oshdi. Bundan tashqari, stol tennisi bilan shugʻullanib kelayotgan qizlarning soni tobora ortmoqda.

Ayni kunlarda tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi xodimlari yosh rahbar Shuhrat Yusupov boshchiligida mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi oldidan "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Oʻzbekistonim!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish boʻyicha katta tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdalar.

Nasiba EShChONOVA, tuman Madaniyat va aholi dam olish markazining havaskorlik jamoalari va ijodiy toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish guruhi rahbari. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026