OZOD VA OBOD, FAROVON YuRTDA YaŞAŞ BAXTI
Yilining tört fasli ham quyoşli, öziga xos fayz-u tarovatli, betimsol ona yurtimizda istiqlol quyoşi porlay boşlaganiga, xalqimizning öz yurtiga, özligiga özi bek bölganiga yigirma tört yil tölişiga sanoqli kunlar qolayapti.
Mustaqillik bayrami köngillarimizga olam jahon quvonç, ötgan tarixan qisqa davrda erişilgan bunyodkorliklar, farovonliklardan faxr-iftixor tuyğularini baxş etiş barobarida, "avval kim edig-u, bugun kim böldik?” degan haqqoniy savolga öz qalbimizdan javob topişga va bugungi dorilomon kunlarimizning qadrini çuqurroq anglaşga undaydi.
"Tölqin” ovulida yoşi sakson beşlardan oşib ketgan faxriy öqituvçi Xolboy bobo degan odamoxun, oddiy sözlarining ham bari hazil, bari ögitsifat bir inson yaşaydi. Otaxon doim "Bugungiday insonning qadri yuksalgan davr ilgari bölgan emas. Bir sotix yerdagi paxtani suvga oldirib qöygani uçun qamalgan odamlarni körganman, rahbarlarga bir oğiz gap qaytargani uçun köçirib yuborilgan oilalarni, öz tomorqa yerida biroz işlab paxta otizga sal keçikib borgani uçun kaltaklangan odamlarni bilaman. Hatto hayotdan köz yumgan ota-bobolarimizni ziyorat qiliş, mayyitga janoza öqiş taʼqiqlangan davrlarning ham guvohiman. Bugungi kunimizning qadriga yetmoq, el-yurtga xizmat qilmoq kerak, bolalarim”, - deya har kuni taʼkidlaşdan çarçamaydi. Otaxonning har bir gurungi zamirida çuqur maʼno mujassam.
Darhaqiqat, istiqloldan avvalgi davrlar haqida mulohaza yuritiş – har birimizga bugungi kunimizning qadrini teranroq anglaşga yordam beradi, ötgan kunlarimizni xayol közgusidan ötkazişga undaydi.
Bolalik paytlarimda ovulimizda Qurbonboy usta nomi bilan maşhur juda kamtar, şirinsöz bir kişi bölardi. Öşa odam erta-yu keç dalada işlasa-da tuşlik vaqtida va keçalari ovul odamlarining uylarini suvoq qilib berar, peç qurar, yangi hovli-joy uçun paxsa kötarayotganlarning paxsasining taroşini olib berardi. U paytlarda hovli paxsalari haşar yöli bilan qurilar, usta kam, şuning uçun Qurbonboy ustaning ham talabgori köp bölardi. Bu işlari uçun ustaga kim köylak, kim imkoni boriça guruç yo boşqa borini beraverar, usta ham mehnatiga boşqa haq söramay, elning duosini olib yuraverardi.
U kişi, adaşmasam, 70-yillarning örtalarida oilasi bilan Manğit şahriga köçib kelib örnaşib, yaşab qoldi. Öşa odamning biz bilan öynaydigan ikki nafar qizini ovul qizlari doim soğinib yurardik. Nega ketib qolgani bizga qoronğu edi. Keyinçalik onamdan suriştirib bilsam, Qurbonboy usta bir muhtojning işini işlab beraman, deb bir-ikki kun dala işidan qolgan ekan. Kolxozda işlamasang, kolxozda yaşamaysan ham, degan rahbarlarning dağdağasidan dili oğrib, köçib ketgan ekan. Onam raxmatlik doim u kişini odamlarga şunçalar mehrli, kamtar, xizmati beminnat odam edi, olomonning oldida, majlisda rahbarlarning behurmat qilib baqirganiga xafa bölib ketdi-yu, ovulga heç qaytib kelmadi, deya eslardi.
Şularni xayolimdan ötkazar ekanman, milliy davlatçiligimizni, insoniy qadr-qimmatimizni tiklaş, urf-odat va anʼanalarimizni, tilimizni, dinimizni, butun dunyo ilm-faniga ulkan hissa qöşgan ajdodlarimizning tabarruk nomlarini uluğlaş borasida va ilm oliş, işlaş, har bir odamning intellektual salohiyatini namoyon etişi uçun keng imkoniyatlar eşigini oçib bergan istiqlolimizning qadri juda-juda beqiyos ekanligini yanada çuqur anglaganday böldim. Şunday kunlarga yetkazganiga şukronalar aytaman. Axir ozod va obod, farovon yurt fuqarosi böliş eng ulkan baxt.
Mehribon RAJABOVA, 32-sonli maktab
öqituvçisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶