21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 02:22
Fan va taʼlim 👁 3,370

Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi

Bugungi kunda taʼlim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu maqsadda Amudaryo tumanidagi 58-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida muhim tadbir boʻlib oʻtdi. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan tashkil etilgan tadbir “Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali” deb nomlanib, maktabgacha taʼlim sohasi vakillarini yagona maqsad yoʻlida jamladi.

Mazkur festivalda Amudaryo tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktorlari, direktor oʻrinbosarlari hamda koʻp yillik tajribaga ega tarbiyachilari faol ishtirok etishdi. Tadbirni Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi metodisti Saule Patullayeva ochib berdi va ishtirokchilarni samimiy qutlab, ularning kelgusi ishlariga omad tiladi. U oʻz soʻzida festivalning asosiy maqsadi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻyinga yoʻnaltirilgan taʼlimni keng ommalashtirish, pedagoglarning kasbiy kompetentsiyasi hamda ijodiy bilim va koʻnikmalarini muntazam rivojlantirishdan iborat ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, taʼlim-tarbiya jarayoniga innovatsion didaktik oʻyinlarni joriy etish va bu orqali pedagoglarni ragʻbatlantirish ushbu loyihaning bosh maqsadi ekanligi qayd etildi.

Shundan soʻng, boʻlim mudiri oʻrinbosari Ibragim Radjapov soʻzga chiqib, festivalning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodkorligi va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga bevosita xizmat qiladigan didaktik oʻyinlar yaratishni ragʻbatlantirish ekaniga urgʻu berdi. Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlantiruvchi taʼlim muhitini oʻyinga asoslangan taʼlim metodikasi yordamida boyitish, pedagoglarning didaktik oʻyinlarni yaratish, modellashtirish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha ijodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash kabi ustuvor maqsadlar ilgari surildi. Shuningdek, festival yakunlariga koʻra eʼtirof etiladigan eng yaxshi didaktik oʻyinlar barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida keng ommalashtirilishi qayd etildi.

Bellashuv jarayonlari “Ijodiy marafon” shaklida boʻlib oʻtdi. Unda Amudaryo tumani hududidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlardan tarkib topgan 4 kishilik ijodiy jamoalar oʻzaro bahs olib borishdi. Barcha jamoalarga 1 soat vaqt ajratilgan boʻlib, ular mana shu qisqa fursat ichida hamjihatlikda oʻyinga asoslangan taʼlim metodikasi doirasida yangi didaktik oʻyin yaratishlari talab etildi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida pedagoglar tomonidan eng yaxshi didaktik oʻyinlarda qoʻllash uchun yaratilgan oʻyinchoqlar va koʻrgazmali qurollarning maxsus koʻrgazmasi ham tashkil qilindi. Ishtirokchilar oʻzlarining ijodiy ishlarini yaratishda turli xil texnik vositalardan mahorat bilan foydalanishdi. Yaratilgan barcha didaktik oʻyinlarning maxsus pasporti va maʼlumotnomasi ishlab chiqilib, jamoa aʼzolari tomonidan hakamlar hayʼati oldida himoya qilindi.

Hakamlar ishtirokchilarning qoʻl mehnatlari va koʻrgazmalarini baholashda qatʼiy mezonlarga tayanishdi. Xususan, didaktik oʻyinlarning talabga mosligi, bolalar uchun xavfsizligi, oʻyinning bolalar yoshiga va taʼlim metodikasiga mutanosibligi, shuningdek, amaliy qoʻllash imkoniyatlari asosiy oʻrinda turdi. Bundan tashqari, ishlarning “Ilk qadam” milliy oʻquv dasturi mavzu rejalariga muvofiqligi, oʻyinning mualliflik huquqi, yangiligi, amalga oshirish texnikasi hamda jamoaning taqdimot qilish mahorati va metodik asoslari kabi muhim jihatlar ham toʻliq hisobga olindi.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar yakuniga koʻra, jami toʻplangan ballar asosida yangi didaktik oʻyinlar yaratish yoʻnalishida eng yuqori natija qayd etgan 23-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti jamoasi faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 13-sonli tashkilot jamoasi 2-oʻrin va 17-sonli tashkilot jamoasi 3-oʻrin egalari sifatida eʼtirof etildi. Didaktik oʻyinlarda qoʻllash uchun yaratilgan oʻyinchoqlar va koʻrgazmali qurollar yoʻnalishi boʻyicha esa 48-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti jamoasi 1-oʻringa munosib deb topildi. Ushbu yoʻnalishda 2-oʻrinni 52-sonli tashkilot, 3-oʻrinni esa 33-sonli tashkilot jamoalari band etishdi. Barcha gʻolib jamoalar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbirning tantanali taqdirlash marosimida tuman hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova ishtirok etib, tadbir gʻoliblariga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdi. Shu bilan birga, Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida alohida oʻtkazilgan “Jajji nurli yulduzlar” nomli tanlovning tuman bosqichi gʻolibliriga ham faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbir soʻngida maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari soʻzga chiqib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʻzaro fikr va mulohazalarini bildirishdi. Ular mazkur tanlovning shaffof va juda qiziqarli tashkil etilganligini eʼtirof etib, bunday loyihalar kelajak avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlida xizmat qiluvchi mutaxassislar uchun ulkan tajriba maktabi vazifasini oʻtashini taʼkidlashdi. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026