21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 04:27
Jamiyat 👁 2,904

200 YILLIK TARIXGA EGA KANAL (Davomi)

200 YILLIK TARIXGA EGA KANAL (Davomi)

(Davomi. Boşi gazetaning 30-iyun kungi 25-sonida).

Gazetamizning 30-iyun kungi 25-sonida bunyod etilganiga 200-yil tölişi munosabati bilan Özbekiston, Qoraqalpoğiston va Turkmaniston Respublikalari  hududlaridagi muhim suv yöli hisoblanmiş Qiliç Niyozboy kanalining tarixi, Qiliç Niyozboy ismli tarixiy şaxsning elçilik faoliyati  haqida maʼlumot bergan edik.

Uşbu sonda kanal qazilişida boş-qoş bölgan mirob va elçi - Qiliç Niyozboy haqidagi tarixiy manbalarga oid maʼlumotlarni eʼtiboringizga havola etamiz.

Qiliç  Niyozboydek  xonlikda  obrö  qozongan mirob, elçi, davlat amaldorining   hayoti   xonlik muarrixlari  yozib  qoldirgan  bir  neçta asarlarda   yoritib ötilgan. Jumladan, Şermuhammad  Munis  va Ogahiyning  "Firdavs  ul-iqbol” asarida, Xiva  xoni  Muhammad Rahimxon I hijriy  1230, rabiʼ ul-avval  oyining ön beşida, juma  kuni milodiy  1815-yili Daşti  Qipçoqqa-Sirdaryo-Jana  daryo böylariga  Suyunbiy, Dösimbiy  va Ilyos  şiğovulni  5 ming askar  bilan  soliq töplaşdan  boş  tortgan aholini  jazolaşga  yuboradi. Munis  va Ogahiy  asarida  yozilişiça, ("Firdavs ul-iqbol”, "Öqituvçi”  naşriyoti, Toşkent, 2010-yil, 290-bet), Qiliç  Niyozboy  va Avaz  yuzboşini  qullar sipohi  bila  hamroh qildi”. Yaʼni  Qiliç  Niyozboy yuzboşi  sifatida  qullardan - asirga  olingan eronlik  qullardan  iborat qöşinga  boş  qilib yuboriladi. Suyunbiy  va  boşqa amaldorlar, jumladan,  Qiliç  Niyozboy ham  xon  buyruğiga köra   katta  molu-mulk  bilan  aholidan  soliq undirib  ortga  qaytişadi.

Munis  va  Ogahiyning yozişlariça, "Va Qiliçniyozboynikim, beeʼtidoliq qilib, olomonning  öljasidin  bir nima  olmiş  erdi, ul hazrat  gunohkor  qilib buyur-dikim, har  kimdan  na olğon  bölsa, istirdod  qilsun (qaytarsin)”.

Öşa  yili, yaʼni  1815-yili Muhammad  Rahimxon I buyruğiga   köra  Qiliç Niyozboyning  taşabbusi  qöllanilib, yangi  kanal  qaziş boşlanadi. Bu  haqda  yuqoridagi asarda  şunday  yoziladi: "Mohi  mazkurning  avoyilida xoni  jannatmakon  inisi Muhammad-nazarbekka  buyurdikim, Gurlan  qiblasidaği  bözdin bir  uluğ  ariğ qozdirğay. Lojaram, beki mazkur  bu  amrda masoʼyi  maşkura  taqdimğa yetkurub, Boğalon  arnasidin  qazdurub, Qiyot  ustidin ötirib, Örozali  inoqning  Bözloği boğining  qiblasidin  Bözğa solib, söngin  yangi  qalʼağa Xitoyning  qiblasidin  ötkardi va  Anborda  oğasining mulozamatiğa  yetib, marohimi  podşohonağa sarafroz  böldi. Ul  ariğ holo  Qiliçniyozboy  arnosiğa maşhurdur”.

Yaʼni, 1815-yilda  qazib  boşlangan  arnaning  yaratiliş  tarixi şunday   bölgan.

Munis  va Ogahiyning  yuqoridagi  asarida bundan  taşqari  öşa davrdagi  qazuv  bilan boğliq  yana  quyidagi voqea  ham  qalamga olinadi:

"... va  yana ulkim, hazrati  podşohi  mağfur rabiʼuloxir  oyining  yigirma beşinçi  kunikim, panjşanba  erdi, Xevanik ariqin  qozdirmoq  uçun rukub  qilib, keça  Sayod havliğa nuzul  qildi. Jumʼa kuni  Sorbon  töpaga borib, qozuvçiğa  çek  berdi. Beşinçi  kunikim, seşanba  va jumodi  ul-avval  oyining ikkinçi  kuni  erdi, tamom böldi. Qazuvğa  çiqmasdin  burunği seşanba  kuni  Berdi inoq  Buxoro  elçisi bila  keldi. Yakşanba  kunikim, xoni mağfur  qozuv  boşida erdi, Qöqon  hokimi  Umarxondin Sayyid  Muhammadhoji  elçi bölib  kelib  mulozimatğa yetdi. Va  yana  ulkim, jumodiulavval  oyining öninda  xoni  mağfur çorşanba  kuni  Şoğobod oriğin  qozdurmoq  uçun otlanib, Anborğa  nuzul  qildi. Jumʼa kuni  Toşhavzğa  borib, şanba kuni  qaʼla  soldurğudek joy  körub, umaro  va jamiʼ mulozimlariğa  yer  berdi. Yakşanba  kuni keç  Anborğa  tuşdi. Duşanba  kuni Anbordin  qozuv  ustiğa borib, tamoşo  qilib, Yangi  yofğa tuşdi. Seşanba  kuni  Muhammadnazarbek Xonaqoh  va uyğur  va  boşqir va  ming  va Boğolon  qazuvçisini  Gurlan köprigidin  yuqori  eltib, çek berdi. Ul kun  Qurbon  Qiliçxon soloq Xurosondin  kelib, dar-gohi  olampanoh  taqbiliğa foyiz  böldi. Ul  hazrat oni  seşanba  kuni körub  va  köp mehribonliğlar  qilib, xaloiʼ  garonmoya va  kamari  tilloperoya bila  sarafroz  qildi. Va köçib  kelmakiga  yurt tayin  etdi. Va  qazuv yigirma  kunda  itmomğa yetdi. Panjşanba  kuni, jumodiul  oxir  oyining töqqizida  dorulamorai  Xevaqğa nuzul  etdi. Bu  safarning imtidodi  öttiz  kun erdi”.

Munis  va Ogahiyning  mazkur  asarida yana  Qiliç  Niyozboyning elçilarni  kutib  oliş, kuzatib qöyişi  bilan  boğliq voqealar  ham  yoritiladi: "Duşanba  kuni ul  hazrat  kurdning elçilariğa  Davlat  qaroköz va  Qiliçniyozboyni  qöşub yubordi. Bu  söz  bilakim, bizga  el bölsalar, takani  çopmoqqda  taqsir qilmasunlar  va  Jonmuhammad qozi  va Davlat-nazarboy  va Xojanazarni  marohimi  xusravona bila  sarafroz  qilib, ikki yorliğ  marhamat  körguzdi”.

Bu  voqea şuni  körsatadiki, kanal  qaziş taşabbusi  bilan  çiqib Muhammad  Rahimxon I va  el  işonçi, obrösini   kötargan Qiliç Niyozboyga hukmdor  elçilarga  mezbonlik qilişdek  masʼuliyatli  işni  topşirgan.

Maʼlumki, arna  qazilgaç, kanalning  böyida, hozirgi   Qiliçboy qişloğidagi  hudud  özlaştirilib, u  yerda maşhur  mirob  nomi bilan  ataladigan  qişloq ham  barpo  etilgandi. Öşa  yerda mirob  va  davlat amaldori  Qiliç  Niyozboy özi  uçun  maxsus hovli  ham  barpo etdirgandi.

Munis  va Ogahiyning  asarida  xonning  öşa hududga borgani  ham   yozilgan: " Jumodul-avval  oyining  yigirma ikkisida, seşanba  kuni  hazrati podşohi  ğufronpanoh  şikor irodasi  bila  dor ussal-tanai  Xevaqdin  rukub qilib, Anbarğa  nuzul  etdi. Ertasiga  esa xon    Toşhovuzga  ötib şikor  qiladi. Ul  hazrat Toşhovuzda  tört  keça mutavaqqif  bölib, yakşanba  kuni ondin  harakat  körguzub, Qiliçniyozboyning  hovlisin nuzuli  humoyuni  bila mufaxxari  manozil  va aşrafi  marohil  qildi. Ul kun  taka  jamoasining saromadi  Xoja  Nazarbek öz  elining  oq uyluki  bila  dargohi sipehr  poygoh  atibösliqi bila  şarafi  istisʼod topdi. Tonglasikim, duşanba kuni erdi, Qiliçniyozboyning havlisidin otlanib, har kun quş solib va ov qilib va har soat karam şahbozi bila fuqaro va ğurabo köngullarin şikorivor ovlab...” yuradi.

Yaʼni  seşanba kuni Xivadan şikorga çiqqan Muhammad Rahimxon I Anbar (hozirda Şovot tumanidagi Manoq qişloği), u yerdan Toşhovuzga, u yerdan yakşanba kuni Qiliç Niyozboyning  hovlisiga taşrif buyuradi. Davlat amaldori va mirob Qiliç Niyozboy  hovlisida bir kun qolib, ertasiga yon-atrofdagi hududlarga şikorga çiqadi. Xöjayli, Qönğirot, Mazdahqon, Pörsi, Qubatoğ taraflarda şikor qilib, "Quba toğining ustidan ötib, Qiliçniyozboyning havlisiğa nuzul qildi”.

Şu tariqa öz işonçiga sazovor mirob Qiliç Niyozboy hovlisiga şikorga borişda ham, qaytişda ham kirib ötgan xon, ertasiga Moylijangal (hozirgi Turkmanistonning Toşhovuz viloyatidagi qişloq) orqali Xivaga qaytadi.

Şikordan qaytgan Muhammad Rahimxon I Xivada bir muddat davlat işlari bilan maşğul bölgaç, yana vohaga kelgan elçi-larni qabul qiladi. Bu safar ham elçilarga mezbonlik qiliş Qiliç Niyozboyga topşirilgandi. Bu haqda Munis va Ogahiyning kitobida şunday yoziladi: "Duşanba kuni Qiliçniyozboy va Mirzo Abdukarim kurd xonlari elçisi bila keldi”.

Bundan taşqari, Muhammad Rahimxon I hukmdorligi davridagi Suyunbiy, Dösimbiy, Hubbiqulixöja kabi davlat amaldorlari qatorida Qiliç Niyozboy ham yovmut, çavdur uruğlariga, şu kabi Darbandga qilingan yurişlarda qöşinga boş bölib qatnaşadi. Bu haqda Munis va Ogahiyning  yuqoridagi asarida  bir neça bor taʼkidlab ötiladi. Uşbu va boşqa davlat amaldorlari yurişlarda ğalaba qozongaç, ğoliblik şarafiga "Qiliçniyozboyning hovlisini nuzuli fayzidin raşki firdavsibarin qildi. Ul mavzeda dasturxonçi boşliğ aksar mahram va yuzboşilarkim, çapovulğa maʼmur bölub erdilar, keldilar”.  Bunday ziyofatlarning aynan Qiliç Niyozboy hov-lisida berilişi sababi maşhur mirob Qiliç Niyozboyning  yurişlarda körsatgan jasorati, qahramonliklari bilan boğliq edi.

Şu kabi şahzoda  Qutluğmurod inoq ham bir neça bor öz ayonlari bilan şikorga çiqqanida Qiliç Niyozboyning hovlisida bölib, hordiq çiqargani  muarrixlarning asarida qayd etib ötilgan.

Vaqt ötib, mirob nomi bilan ataladigan 120 kilometrlik kanal böylari xonlikning eng serfayz joylariga, uşbu ka-naldan suv içadigan yerlar esa hosildor yerlarga aylanadi. Şu tariqa kanal böylari va Qiliç Niyozboy qişloğiga  köplab aholi köçib keltirila boşlanadi.

Ogahiy qalamiga mansub  "Zub-datu-t-tavorix” asarida  "Jamşidiya toifasi kelturulğondin söng Qiliç Niyozboy nahrining bir şöʼbasi kanorida Quba toğining janubi ostida ul tavoyifğa maskan va mazoreʼ taʼyin qilindi. Holo, uluğ el va obodon yurt bölib  ölturubdurlar”. (Ogahiy, "Zubdatu-t-tavorix”, T, "Özbekiston” naşriyoti, 2009-yil 13-bet).

Bunda asosiy eʼtibor Eron yurişidan olib kelingan jamşid  qavmining Qiliç Niyozboy kanali böylariga örnaştirilgani yozilgan.

Maʼlumki, 1843-yilda Rahimqulixon  otasi Olloqulixonning farmoyişi bilan Eronga yuriş qilgandi. Öşanda Badgis viloyatining Köşk va Qoratepa mavzelarida yaşovçi jamşidlar uruği Rahimqulixonga Hirot hokimi Şoh Komron ustidan şikoyat qilişadi. Jamşidlar oqsoqoli hokimning zulmi haddidan oşib, jamşidlarni  talayotganini, ayollar va bolalarni qul qilib sotişayotganini taʼkidlaydi. Şundan keyin öşa köçiriş voqeasi tarixda bölib ötgan va buni Ogahiy öz asarida yuqoridagiça yozib ötgan.  Şu kabi Ogahiy  xon hazratlarining Qiliç Niyozboy mavʼzeidagi rabotga, yaʼni maşhur mirob asos solgan va uning nomi bilan ataladigan  qişloqqa taşrif buyurganini ham yozgan: "Şanba kuni andin fuqaro va ajaza arzi ahvolin eşitmakdin foriğ bölğondin söng otlanib, şukuhi tamom bila Qiliçniyozboy mavʼzeidagi raboti lozimu-l-inbisotğa taşrifi huzur, vofiru-s-surur eltib, mufaxxari manozil qildi. Anda ayşu işrat asbobin muhayyo qildirub, barça mufarrihot va muzhikot tamoşosidin bahrayob va tarabmaob böldi”.

Bu örinda Xiva xoni va amaldorlarining Qiliç Niyozboy qişloğiga şikorga  va saylga çiqqani taʼkidlanadi. Ertasi yakşanba kuni bölsa, Qiliç Niyozboy qişloğidan  "dabdabai şohona  bila nahzat qilib, Pursi mavʼzeidakim, borgohi sipehriştiboh barpo bölib, qubbai osmonfarsosi qimmai mehru mohdin ötmiş erdi”. Yaʼni xon Qiliç Niyozboy qişloğidan Pörsi tumaniga jönab ketganini yozadi.

Maʼlumki,  Munis va Ogahiy  asarlari Xiva xonligi  tarixidagi köplab voqealarga oydinlik  kirituvçi, davlat boşqaruvidagi şaxslar töğrisida  qimmatli maʼlumotlar beruvçi noyob asardir. Yuqorida körganingizdek, Muhammad Rahimxon I hukmdorligi davrida Qiliç Niyozboy davlatdagi nufuzli şaxslardan biri bölgan. Şu boisdan ham uning taşabbusi bilan kanal qazilgan, qişloqqa asos solingan, turli  yurişlarga boş qilib tayinlanib, elçilarga mezbonlik qiliş  ham unga topşirilgan.

Bugungi avlod ham el-u yurt taraqqiyoti va farovonligi yölida xizmat qilişni özining hayotiy şioriga aylantirgan Qiliç Niyozboydek ajdodlarimiz bilan har qança faxrlansa, ulardan örnak olib yaşasa arziydi.

Umid BEKMUHAMMAD.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026