USTOZLARIMIZ OMON BÖLIŞSIN!
Hayotda şunday insonlar borki, har qaçon, har qanday şaroitda ham biz uçun doim mehribon, sözlaganda yuzlaridan nur yoğiladi, bizni töğri tarbiyalaşga, könglimiz çöksa, ovutişga tayyor turadi. Ular – ustozlarimizdir.
Xalqimizda ustoz otangday uluğ, degan ibora bejiz aytilmagan. Ota-onalarimiz ustozlarimizning hurmatini joyiga qöyişimizga, ularning saboğini puxta egallaşimizga undaşida ham öşa aziz insonlarga hurmat-ehtirom mujassam. Şuningdek, ustozlarga itoatkorlik, ular oldida odob saqlaş, ögitlariga amal qiliş kabi odatlarimiz qadriyat darajasiga kötarilgan, desak adaşmagan bölaman.
Aslida ham bizning qanday insonlar bölib voyaga yetişişimizda ustozlarimizning xizmati juda ulkan.
Mana men Manğit Iqtisodiyot kollejining birinçi bosqiçini tugatdim. Kollejga ilk bor qadam qöygan kunim, ilk darsga kirganim, ilk bor ustozlarimiz bilan tanişganimiz - bari-bari xuddi hozirgiday köz oldimda.
Öşa kuni faqat mengina emas, men kabi kollejda ilk bor dars maşğulotlariga kirgan barça öquvçilar ham hayajonga asir bölgani şubhasiz. Çunki yangi öquv muassasasi, yangi guruhdoşlar, yangi ustozlar. Biroq ustozlarimizning samimiy muomalasi, jonkuyarlik bilan döstona muhit yaratişga intilişlari tufayli hammamiz tez kunlar içida bir oila farzandlariday inoq bölib ketdik.
Bunda bizga ustozlarimiz Zulxumor opa Safarova, Gulşoda opa Maşaripova, Barno opa Eşimbetovalar xuddi ota-onamizday mehribonlik ila yöl-yöriqlari bilan yaqindan yordam berdilar, dars maşğulotlarini puxta ötib, bizning fan asoslariga qiziqişimizni yanada oşirdilar.
Men şular haqida öylar ekanman, insonning inson sifatida şakllanişida ustozlarning örni qançalar muhim ekanligini anglaganday bölaman. Baxtimizga ular omon bölişsin, yoş avlod kamoloti yölida çarçaşmasin.
Mastura SAʼDULLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶