ILĞORLARGA SOVĞALAR TOPŞIRILDI
Tumanimizda 2015-yil hosili uçun 215 ta fermer xöjalik-larida 3000 gektar maydonga ğalla ekilib, davlatimiz xirmoniga 5530 tonna don mahsulotlari yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzilgan edi. Bu yilgi mavsumda fermer xöjaliklari şartnomadan taşqari gektariga 5 tsentnerdan qöşimça yana 1527 tonna ğalla topşirib, umumiy xirmonni 7057 tonnaga yetkazdilar va Respublikada birinçi bölib şartnoma majburiyatini bajardilar.
Muhtaram Yurtboşimiz boşçiligida qişloq xöjaligida tub islohot va özgarişlarning amalga oşirilayotgani, birinçi navbatda fermerlik harakatiga keng yöl oçilib, uning rivoji uçun barça şaroitlar yaratib berilgani, dehqonlarimiz özini yerning, mulkning haqiqiy egasi deb his qilayotgani, öz mehnatidan manfaatdorlik tuyğusi ortib borayotgani kabi omillar bunday ulkan mehnat zafarining asosi böldi.
Qolaversa, yerlarning meliorativ holati yaxşilanib, selektsiya işlarining töğri yölga qöyilgani, ğalla navlarini hududning iqlim va tuproq şaroitini, suv bilan taʼminlaniş darajasini inobatga olgan holda joylaştiriş, zamonaviy texnika, yangi kombaynlar, mineral öğitlar, yoqilği-moylaş materiallarini öz vaqtida yetkazib berişni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilgani bu borada muhim ahamiyat kasb etdi. 2015-yil ğalla hosili uçun fermer xöjaliklariga jami 1 mlrd. 36 mln. 895 ming sömlik imtiyozli bank kredit mablağlari ajratildi. Şuningdek, fermer xöjaliklariga 890 mln. 815 ming sömlik 870 tonna sifatli uruğlik don, 1 mlrd. 340 mln. sömlik 693,5 tonna mineral öğitlar, 799 mln. 332 ming sömlik 290 tonna yonilği-moylaş materiallari yetkazib berildi.
2015-yilda ğalladan olingan jami daromad 3 mlrd. 195 mln. 670 ming sömni taşkil qildi.
Yaqinda ğallaçilikda ulkan zafarga erişgan mehnat ilğorlari va fidoyilariga Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Vazirlar Kengaşi, tuman hokimligi va homiylar tomonidan qimmatbaho sovğalarni topşirişga bağişlangan tadbir bölib ötdi.
Tadbirda davlatga ğalla topşiriş şartnomaviy rejasini birinçi bölib bajarişga erişgan fermer xöjaliklari raislari, xizmat körsatuvçi MMTP boşliqlari, uruğlik ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklari rahbarlari, örim-yiğim otryadlari rahbarlari, içki işlar bölimi xodimlari, ilğor kombaynçilar, muxandis-mexaniklar, "Beş yuz boşi”lar, zararkunandalarga qarşi kuraşiş işlarini namunaviy taşkil etgan biolaboratoriya xodimlari homiylarning qimmatbaho esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Allambergan JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶