MUHIM MASALALARGA BAĞIŞLANGAN SEMINAR
Joriy yilning 6-avgust kuni tuman hokimligida Özbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12 yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 12-sonli qarori talablari hamda maxfiy hujjatlar bilan iş-laş qoidalarini tuşuntiriş masalalariga bağişlangan amaliy seminar bölib ötdi.
Seminarda tuman hokimligi masʼul xodimlari, bölimlar, korxona, taşkilot, muassasalar, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Amaliy seminarni tuman hokimligi taşkiliy-nazorat guruhi rahbari B.Boltaboyev kiriş sözi bilan oçdi va boşqarib bordi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining taşkiliy-nazorat guruhi rahbari B.Ötegenov sözga çiqib, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 12-sonli qarori talablari asosida iş taşkil qiliş böyiça tuşunça berdi.
Şundan söng Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining umumiy bölimi boşliği B.Yerejepov sözga çiqib, "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini taşkil etiş yuzasidan hokimlik, korxona va taşkilotlarda amalga oşiriladigan işlar töğrisida, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-mart kungi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tartibi töğrisida namunaviy nizom” asosida iş taşkil qilib, barça murojaatlar bilan işlaşişni yangidan qabul qilingan qonun talablariga binoan töğri yölga qöyiş kabi masalalar böyiça keng tuşunça berdi.
Seminar yiğilişida tuman hokimligi devonxona mudiri X.Yuldaşev, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi R.Rözmetov, tuman yer tuziş va köçmas mulk kadastr xizmati huquqşunosi P.Iskandarov, tuman hokimligi boş mutaxassisi A.Almuratov, "Xizr eli” MFY masʼul kotibi Ş.Amanov, "Qangli” OFY masʼul kotibi J.Sultanovlar sözga çiqişib, körib çiqilayotgan masalalar yuzasidan öz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Amaliy seminar yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegişli qaror qabul qilindi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶