TAʼLIM JARAYoNINI TAKOMILLAŞTIRIŞ VA UNING SIFATINI OŞIRIŞ: MUAMMOLAR VA YeÇIMLAR
Har yili eng uluğ va eng aziz bayramimiz – mamlakatimiz mustaqilligi bayrami va bilimlar kuni arafasida, yangi öquv yili oldidan xalq taʼlimi tizimi xodimlarining avgust Kengaşlarini ötkaziş anʼanaga aylangan. Bu yil ham "Betakrorimsan, yagonasan, ona vatanim – Özbekistonim!” şiori ostida mazkur anjuman va uning doirasidagi tadbirlar mustaqilligimizning 24 yilligiga qizğin tayyorgarlik körilayotgan şunday fayzli kunlarda yurtimizning barça joylarida bölgani kabi tumanimizda ham kötarinki ruhda ötkazilmoqda.
Avvalo, şuni faxr bilan aytişimiz kerakki, istiqlol xalqimiz uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçib berdi, asriy orzularimiz röyobga çiqib, dunyo bilan böylaşa oladigan, öz moddiy, madaniy va maʼnaviy xazinalarimizga özimiz egalik qiladigan yoruğ kunlarga yetişdik. Ayniqsa, taʼlim sohasi tub özgarişlarga yuz tutdi. Endilikda xalq taʼlimi ön yil bir qolipda taʼlim berib, "qişloq xöjaligi va xalq xöjaligi uçun örta maʼlumotli mutaxassislar yetkazib beriş”dek biryoqlama siyosat asosida iş yurituvçi sohadan yurt kelajagi bölmiş yoşlarni har tomonlama yetuk va barkamol, jismonan va maʼnan soğlom qilib voyaga yetkazuvçi uzluksiz taʼlim tizimining bir böğini darajasiga yetdi.
Istiqlol şarofati bilan farzandlarimizning zamon talablari darajasida bilim olişlari, sport bilan şuğullanişlari, barkamol insonlar bölib voyaga yetişlari uçun tumanimizda 83 ta umumtaʼlim maktablari, 37 ta maktabgaça taʼlim muassasalari, 3 ta Bolalar va ösmirlar sport maktablari, 2 ta bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda "Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyat yuritmoqda. Uzluksiz taʼlimning keyingi bosqiçi - akademik litsey hamda 8 ta kasb-hunar kollejlarida esa tumanimiz yoşlari ilm-u hunar sirlarini çuqur örganmoqdalar.
Eng muhimi, davlatimizning sohada amalga oşirayotgan islohotlari bugun öz samarasini bermoqda. Buni ertangi kunimizning davomçilari bölmiş farzandlarimiz erişayotgan yutuqlar, ularning kuçli, bilimli va dono, yetuk insonlar bölib voyaga yetayotgani misolida ham körişimiz mumkin.
Biz – taʼlim sohasi xodimlarini quvontiradigan jihati şundaki, bugungi davr öqituvçisi ana şu islohotlarni harakatga keltiruvçi, yangiliklarni amaliyotga tatbiq qiluvçi eng katta kuçmiz. Bu – bizga nafaqat ğurur bağişlaydi, balki zimmamizga katta masʼuliyat ham yuklaydi. Şunday ekan, bayram arafasida nafaqat bosib ötgan yölimizga nazar taşlab, yutuqlarimiz bilan faxrlanişimiz, balki yangi öquv yili oldidan ötgan öquv yilida yöl qöygan kamçiliklarimizni tahlil qilib, kelgusida ularning oldini oliş çoralarini körişimiz, yangi rejalar bilan yanada yuksak marralar sari intilişimiz darkor. Şunday ekan, bugun – yangi öquv yili ostonasida taʼlim tizimi oldidagi baʼzi muammolar va ularning yeçimlari haqida fikr yuritişimiz tabiiy hol, albatta.
Bir vaqtlar tumanda kompyuter sinflari mavjud maktablar soni atigi 4 tani taşkil qilgan bölsa, bugungi kunda ular soni 59 taga yetganini, bu maktablarda taʼlim olayotgan yoşlarimiz "ZiyoNET” tarmoğidan foydalanib, dunyoga yuz tutayotganini faxr bilan tilga olamiz. Ammo, faxrlaniş bilan iş bitmaydi, bu imkoniyatlardan dars jarayonida foydalaniş kerak. Bu borada baʼzi maktablar mavjud imkoniyatlardan töliq foydalanmayotganini qanday tuşuniş mumkin?
Yana bir misol. Yaqin ötmişda maktablarimizning 24 tasidagina sport zallari mavjud edi. Uşbu körsatkiçlarimiz joriy yilda foydalanişga topşiriladigan 55-sonli maktab sport zali bilan qöşib hisoblaganda 51 tani taşkil qiladi. Sportning ommaviyligini taʼminlaş, sport bilan şuğullanuvçilar uçun şart-şaroitlar yaratib beriş maqsadida mustaqillik yillarida qurilib, foydalanişga topşirilgan 2- va 3-sonli Bolalar va ösmirlar sport maktablarining yangi binolari bu boradagi imkoniyatlarimizni yanada kengaytirdi. Şunday bir şaroitda ayrim maktablarda sport zallaridan, u yerda mavjud sport jihozlaridan foydalaniş darajasi bugungi kun talabiga javob bermayotganini qanday izohlaş mumkin?
Joriy öquv yilidan boşlab taʼlim muassasalarining 3-sinflarida, kelgusi öquv yilidan boşlab öz navbatida 4-sinflarida ham çet tillari, xususan, ingliz tili fani töliq öqitila boşlaydi. Buning uçun bugungi kungaça taʼlim muassasalarida taşkil qilingan 140 dan ortiq çet tili xonalariga zamonaviy AKT jihozlari, 14 ta jamlanmada noutbuklar keltirib berildi. Yangi öquv yiliga qadar esa qolgan çet tili xonalari uçun ham xuddi şunday jamlanmalar keltirilişi kutilmoqda. Lekin taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan ingliz tili fani öqituvçilarimizga asosli eʼtirozlarimiz talaygina. Çunki, çet tili fani öqituvçilari uçun ötgan öquv yilida taşkil qilingan maqsadli malaka oşiriş kurslaridagi maşğulotlar yakuni böyiça ötkazilgan sinovlarda aksariyat öqituvçilarimiz belgilangan talablar darajasida özlaştirişga erişa olmaganlar. Buni izohlaşga heç qanday bahona bölişi mumkin emas. Asosiy kamçiligimiz – baʼzi öqituvçilarimiz öz ustida işlamasligi, malakalarini oşirib boriş masalasiga jiddiy eʼtibor qaratişmayotganidir.
Işlarimiz natijalarini körsatuvçi katta tadbirimiz bu – maktablarning 5-8-sinf öquvçilari orasida ötkaziladigan "Bilimlar bellaşuvi” hamda 9-sinf öquvçilari orasida ötkaziladigan fanlar olimpiadasidir.
Ötgan 2014-2015 öquv yilida bölib ötgan "Bilimlar bellaşuvi”ning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok qilgan tumanimiz jamoasi Respublikaning 15 ta tuman va şaharlari orasida 6-örinni egalladi. Uşbu natijalarga erişişda öz hissalarini qöşgan fidoyilarimizga minnatdorçilik bildirgan holda aytiş kerakki, bu körsatkiç bizni qoniqtirmaydi, bu boradagi işlarimizni tubdan yaxşilaşimiz lozim.
Joriy öquv yilida Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça jami 695 ta umumtaʼlim maktablari orasida 10 ta parametr böyiça reyting körsatkiçlari şakllantirilgan edi. Uşbu körsatkiçlar böyiça tumanimiz umumtaʼlim maktablari orasida eng yuqori körsatkiçga erişgan 64-sonli umumtaʼlim maktabi 19-örinni egalladi.
Şuningdek, 11-, 15-, 45-, 40-, 22-, 6-, 18-, 36- va 33-sonli maktablar 69-77 ball bilan Qoraqalpoğistonning 100 ta eng ilğor maktablari qatoridan joy oldi. Ular bilan bir xil şaroitlarda mehnat qilayotgan 25-, 54-, 66-, 68-, 70-, 51-, 72-, 81-, 65-, 53- va 49-sonli umumtaʼlim maktablari esa 600-örindan past körsatkiçni qayd qilişganini qanday izohlaş mumkin?
Yana bir masala – joriy yilning 15 sentyabrigaça barça taʼlim muassasalarida har bir muassasa rahbaridan tortib maktab öquvçisi, boğça tarbiyalanuvçisi, jamiki pedagog-xodimlarning har bir taʼlim muassasasiga xos bölgan maktab formasiga ötişlari qatʼiyan talab qilinmoqda. Uşbu talab zamirida juda katta maʼno-mantiq bor ekanligini esdan çiqarmasligimiz şart.
Bugun dunyo jamoatçiligi oldida turgan eng katta muammolardan biri – yoşlarning turli zararli oqimlarga kirib ketayotgani, ular orasida içkilikbozlik, giyohvandlik keng quloç yoyib, yoşlarning jinoyatçilikka moyilligi ortib borayotgani kabi salbiy holatlardir. Yoşlarimizning böş vaqtini töğri taşkil qiliş orqali biz ularni bunday nojöya taʼsirlardan himoyalaşga erişgan bölamiz.
Öylaymanki, joriy yilda kapital rekonstruktsiya qilinayotgan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, "Barkamol avlod” bolalar markazi kabi maktabdan taşqari taʼlim muassasalari hamda 3 ta Bolalar va ösmirlar sport maktablari imkoniyatlaridan töliq foydalanişimiz bu boradagi işlarimizni ança yengillatadi.
Maktabgaça taʼlim – taʼlim jarayonining asosiy böğinlaridan biri sanaladi. Uşbu maqsadda tumanimizda faoliyat körsatayotgan jami 37 ta maktabgaça taʼlim muassasalarida tumanimiz aholisining 2633 nafar öğil-qizlari tarbiyalanmoqda. Ularga tegişli malakaga ega bölgan 415 nafar pedagoglar taʼlim-tarbiya berişmoqda.
Maktabgaça taʼlim muassasalari moddiy bazasini yaxşilaş maqsadida joriy yilda Manğit şahridagi 5- hamda 43-sonli MTMlarda quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilmoqda. 2016 va undan keyingi yillarda maktabgaça taʼlim muassasalari moddiy bazasini mustahkamlaş böyiça manzilli dastur doirasidagi quriliş-taʼmirlaş işlari boşlanganligi hammamizni birdek quvontirmoqda.
Şunday bir şaroitda "Böz yop” ovulidagi 14-sonli, Kuyuk köpir ovulidagi 21-sonli, "Tölqin” ovulidagi 23-sonli, "Çoyköl” ovulidagi 30-sonli maktabgaça taʼlim muassasalarida bugungi kunda olib borilayotgan faoliyat talab darajasida, deb bölmaydi. Uşbu maktabgaça taʼlim muassasalarida, birinçi navbatda, soğlom muhit barqaror bölişi, muassasada taʼlim-tarbiya işlari yuqori saviyada taşkil qilinişi lozim.
Yuqorida tilga olib ötilgan kamçiliklarning aksariyati öqituvçi şaxsi bilan bevosita boğliq. Şunday ekan, ularni bartaraf qiliş va yanada ulkan yutuqlarga erişiş uçun yangi 2015-2016 öquv yilida öqituvçilarimizdan faollik va taşabbuskorlik talab qilinadi. Işonamizki, jonkuyar va fidoyi, izlanuvçan va intiluvçan öqituvçilarimiz bu işlarning uddasidan çiqib, Yurtboşimiz va hukumatimiz, xalqimiz işonçini oqlab, farzandlarimiz kamoli yölida bor kuç-ğayratini safarbar qilişadi.
Yangi öquv yili oldidan ulkan rejalarni köngliga tugib, jonajon maktab sinfxonasidagi qaynoq iş faoliyati boşlanişini, sevimli öquvçilariga ilm-fan sirlarini örgatiş fursati kelişini intizorlik bilan kutayotgan hamkasblari-mizga, fidoyi ustozlarimizga mustaqillik bayramingiz qutluğ bölsin, yangi öquv yilingiz omad va zafarlarga boy bölsin, deya tilak bildiramiz! Ona Vatanimiz kelajagi bunyodkorlariga ilm-u irfon sirlarini örgatişdan aslo çarçamang, qadrli öqituvçilar!
Aşirboy QÖŞAYeV,
tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini
metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶