21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:08
Siyosat 👁 3,211

31-avgust - Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni

31-avgust - Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni

QIPChOQLIK  QATAGʻON DAVRI JABRDIYDALARI

"Har qaysi xalq, - deb yozadi Prezidentimiz "Yuksak maʼnaviyat - yengilmas kuch” asarida, - milliy qadriyatlarini oʻz maqsad-muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, maʼnaviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Yaʼni, tarixiy xotira tuygʻusi toʻlaqonli ravishda tiklangan, xalq bosib oʻtgan yoʻl oʻzining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yoʻqotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy oʻrganilgan taqdirdagina chinakam tarix boʻladi”.

Tariximizning xolis va haqqoniy oʻrganiladigan davrlaridan biri esa mudhish  qatagʻon siyosati avj olgan  yillardir. Shukrki, istiqloldan keyin  shoʻro davrining qatagʻon qirgʻini yillarini  tadqiq qilishga imkoniyat yaratildi.

Quyida bugungi Amudaryo tumanining Qipchoq qishlogʻilik qatagʻon davr jabrdiydalari  haqidagi maqolani eʼtiboringizga havola  qilayapmiz. Maʼlumki, 1957-yil dekabrida Xorazm viloyatining Mangʻit, Qoraqalpogʻis-tonning Qipchoq tumanlari birlashishi natijasida Amudaryo tumaniga asos solingandi. Quyida  bir qator arxiv maʼlumotlariga tayanib  yaratilgan "Qatagʻon qurbonlari. 5-kitob” (R.Shamsutdinov, X. Qurbonov, U. Bekmuhammad. T, 2009, "Sharq” nashriyoti) asosidagi maqolani  tayyorladik.

Maʼlumki, 1937-38 yillardagi, hozirda ilmu fan tomonidan "Katta terror” deya atalayotgan qirgʻinbarot  davrda  yuz minglab insonlar turli ayblar bilan qatagʻon jabrini chekishdi. Ular orasida esa quyidagi qipchoqlik hamyurtlarimiz ham bor edi:

1937-yil 28-oktyabrda Oʻrozov Saitembet (Sotimboy yoki Siytimmat ham boʻlishi mumkin-U. B. ) 10-yilga mehnat tuzatuv  lageriga qamoqqa hukm etilgan. U 1868-yilda Qipchoqning 7-ovulida tugʻilgan boʻlib, qamoqqa olingan paytda kolxozda ishlardi.

Shu kungi "Uchlik” yigʻilishida Salamatov Gʻoip  qamoqdan ozod qilishga hukm etilgan. U 1903-yilda tugʻilgan boʻlib, Qipchoqning 4-ovulida  yashab kelgan. Kelib chiqishi shayxlardan. Quloqlashtirish davrida molu-mulki kolxoz ixtiyoriga olingandi. Surgun qilinishdan qoʻrqib yashirinib  yurgandi. Keyin esa kolxozga kirib ishlay boshlagandi.

Oʻsha kungi  "Uchlik” qaroriga koʻra, Abdullayev Jabbor otuvga hukm qilingan. U 1907-yilda Qipchoqning Juotur ovulida tugʻilgandi. Quloqqa  tortilgan, ammo surgun qilinishdan qoʻrqib bir muddat yashirinib yurgan. Keyin boʻlsa, kolxozga kirib  ishlayotgandi.

Shu kuni yana Eshonov Matyoqubning ishiyam yigʻilishda koʻrib chiqilgan. U 1892-yilda Qipchoqning 6-ovulida tugʻilgan. Quloqqa tortilgan. 1931-yili shoʻrolarga qarshi chiqqanligi uchun 3-yilga qamalgan, muddatni oʻtab qaytgandi. Hibsga olingan paytda kolxozda ishlayotgandi. Eshonov Matyoqub 10-yilga mehnat tuzatuv lageriga qamoqqa hukm etilgan.

Shuningdek Polvonov Boltaboyning taqdiri ham "Uchlik” ning oʻsha kungi yigʻilishida hal etiladi. U 1897-yili Qipchoqning 7-ovulida tugʻilgan boʻlib, quloqlashtirish davrida molu mulki  kolxoz ixtiyoriga olingandi. 1932-yili shoʻrolarga qarshi chiqqani uchun 5-yilga qamalgan, muddatni oʻtab qaytgandi. 1937 yil 28-oktyabrda esa yana 10-yilga qamoqqa hukm qilinadi.

Erjonov Yoʻldosh -1905-yili tugʻilgan, Qipchoqning 2-ovulida yashayotgandi. U ham quloqqa tortilgan, 1932-yili 5-yilga, shoʻrolarga qarshi chiqqani uchun qamalgan, muddatni oʻtab chiqqan, hibsga olingan paytda  kolxozda ishlayotgandi. 1937-yil 28-oktyabrda Y. Erjonov yana 10-yilga qamoqqa hukm qilinadi.

Erjonov Qutum-1906-yilda tugʻilgan, Qipchoqning 2-ovulida yashab kelayotgandi. Otasi xonlik davrida qozi boʻlgan. Oʻzi quloqqa tortilgan. 1932-yili shoʻrolar majburiyatini bajarmaganligi uchun 2-yilga qamalgandi. Muddatni oʻtab kolxozda tabelchi boʻlib ishlayotgandi. 1937-yil 28 oktyabrda 10-yil qamoqqa hukm etiladi.

1937-yil 3 noyabrdagi "Uchlik” yigʻilishida esa,  Boʻron Yesemurotovning ishi koʻrib chiqilgan. U 1915-yilda tugʻilgan boʻlib, Qipchoqning Choyquy  ovulida yashab kelgan. 1936-yilda 3 yilga qamalgan, jazo muddatini toʻliq oʻtamay qaytib kelgandi. B.Yesemurotovga 10 yil mehnat tuzatuv lageriga qamoq jazosi belgilanadi.

Oʻsha kuni  yana Turjonov Boymanning  ham ishi koʻrib chiqilgan. U 1901-yili tugʻilgan boʻlib, Qipchoqning 4-ovulida yashab kelayotgandi. B. Turjonovga "bosmachilik” harakatida ishtirok qilganlik va boshqa ayblar qoʻyilib, otuvga hukm qilinadi.

Chvantalov (familiyasi hujjatda shunday yozilgan, aslida boshqacharoq ham boʻlishi mum-kin - U. B. ) Kalpat-1901-yili  tugʻilgan. U Qipchoqning 4-ovulida yashab  kelayotgan, hibsga olingan paytda hunarmandchilik artelida ishlardi. U ham  oʻsha kungi "Uchlik” qaroriga koʻra otuvga hukm qilingan.

Doʻstmuhammedov Besenboy-1912-yili tugʻilgan. Qipchoqning 4-ovulida  yashab kelayotgandi.  U ham hunarmandchilik  artelida ishlayotgandi. U 10-yilga qamoqqa hukm qilinadi.

Sarlibekov Sherali - 1910-yili tugʻilgan, Qipchoqning 4-ovulida yashayotgandi. U ham hunarmandchilik artelida ishlayotgandi. Unga ham 10 yillik qamoq jazosi  belgilangan.

Kuzenboyev Kenjaboy-1904-yili  tugʻilgan. Qipchoqning 4-ovulida yashab kelayotgan, hunarmandchilik artelida  ishlayotgandi. Unga ham 10 yillik qamoq  jazosi belgilangan.

1938-yil 4 fevraldagi "Uchlik” yigʻilishida  esa, Sapaniyozov Qoʻziboy  "xalq dushmani” sifatida otuvga hukm qilingan. U 1913-yilda Qipchoqda tugʻilgan boʻlib, 1-ovulda yashab kelayotgan, davlat kemachilik idorasida bakenshik boʻlib ishlayotgandi.

Shuningdek, oʻsha yilning 7-fevralida oʻtkazilgan yana bir yigʻilishda quyidagi qipchoqliklar ham  otuvga hukm qilingan:

Aytmatbetov Murot oxun - 1886-yilda tugʻilgan, Qipchoq qishlogʻidan.

Shomurotov Ernazar - 1875-yilda tugʻilgan, 5-ovul kengashidan. Xiva xonligi davrida qozisud lavozimida boʻlgan. Kelib chiqishi oxunlardan.

Eshnazarov Tojimurod -  1894-yilda tugʻilgan, 5-ovul kengashidan, imom. 1929-yilda ham 2-yilga qamalgan va muddatni oʻtab Qipchoqqa qaytib kelgandi.

Tilovov Olloyor - 1894-yilda tugʻilgan, 6-ovul kengashidan, mulla. Hibsga olingan paytda kolxozda ishlab yurgan.

Oʻrozboyev Yoʻldosh sari - 1894-yilda tugʻilgan, 6-ovul kengashidan. Oʻtmishda ”bosmachilik” deya nomlangan shoʻrolarga qarshi kurash ishtirokchisi boʻlgan. Hibsga olingan paytda kolxozga kirib ishlayotgandi.

Kamolov Aytan - 1890-yilda tugʻilgan, 6-ovul kengashidan. 1932-yili shoʻrolarga qarshi chiqqani uchun 5-yilga qamalgan, muddatni oʻtab qaytgandi. Oʻtmishda imom boʻlgan.

Oʻrozov Iso - 1903-yili tugʻilgan, 6-ovul kengashidan, hibsga olingan paytda ovul kengashi aʼzosi. 

Matnazarov Yereke (Erka boʻlishi mumkin - U. B.) - 1880-yil tugʻilgan, 6-ovul kengashidan. 1931-yili shoʻrolarga qarshi chiqqani uchun 3-yilga qamalgan va muddatni oʻtab qaytgandi.

Otajonov Bekjon - 1895-yili tugʻilgan, 6-ovul kengashidan, oʻtmishda mulla boʻlgan. Ilgari shoʻrolarga qarshi chiqqani uchun 10-yilga qamalgan, muddatidan oldin ozodlikka chiqarilgandi. Hibsga olingan paytda kolxozda hisobchilik qilardi.

Sodiqov Olim maxsum - 1900-yilda tugʻilgan, 5-ovul kengashidan. Kelib chiqishi eshonlardan. 1932 yilda dindorligi va shoʻrolarga qarshi chiqqanligi uchun 3-yilga qamalib, muddatni oʻtab chiqqandi.

Yusupov Mamut - 1885-yili tugʻilgan, 5-ovul kengashidan, sobiq savdogar. 1931-yili shoʻrolar majburiyatini bajarmaganligi uchun qamalgan, muddatni oʻtab chiqqandi. Imomlik ham qilgan.

Oʻrozimbetov Umar oxun - 1875-yili tugʻilgan, 7-ovul kengashida yashab kelgan. 1931-yili shoʻrolarga  qarshi chiqqanligi  uchun 5-yilga qamalgandi. Muddatni  oʻtab chiqqandi. Kelib chiqishi dindor-oxunlardan boʻlgan.

Nurmatov Yoʻldosh - 1885-yili tugʻilgan, Qipchoqning Choykoʻl ovulidan. 1929-yili shoʻrolar majburiyatini bajarmaganligi uchun 3-yil qamoqqa hukm etilgan. Kelib chiqishi dindor-mulla.

Qurbonov Jumaniyoz - 1898-yili tugʻilgan, 6-ovul kengashidan, kelib chiqishi dindor-mulla. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Sadaddinov Bobo - 1899-yili tugʻilgan, 7-ovul kengashidan, dindorlar sulolasidan. Hibsga olingan paytda kolxoz brigadiri.

Oʻrozboyev Eshon - 1890-yili tugʻilgan, 2-ovul kengashidan, mulkini kolxozga topshirmaganligi uchun quloqqa tortilgan. 1929-yili shoʻrolar majburiyatini bajarmaganligi  uchun 3-yilga qamalgandi. Muddatni oʻtab qaytgan  va kolxozda ishlay boshlagandi.

1938-yil 7 fevraldagi "Uchlik”-ning yigʻilishida yuqoridagi shaxslarga otuv jazosi belgilangan boʻlsa, quyidagi qipchoqliklar 10-yilga MTL (mehnat tuzatuv lageri)ga qamoq jazosiga  hukm etilganlar:

Murotoxunov Xalilla maxsum - 1885-yili tugʻilgan, 5-ovul kengashidan, imomlik  qilgan.

Abdukarimov Sodiq-1881-yili Oqdaryo ovulida tugʻilgan. Oʻz elida mullalik qilgan.

Hojimurodov Matnazar - 1872-yili Qipchoq tumanining 7-ovulida tugʻilgan. Dindor boʻlgan.

Sapashev Qozoq - 1908-yili tugʻilgan, 2-ovulda yashab kelgan. Quloqlashtirish davrida mulkini kolxozga topshirmay, qochgan. Hibsga olingan paytda esa kolxozda ishlayotgandi. 

Tarix  oʻz maromida kechishda davom etadi. Davrlar, avlodlar izidan yangi davrlar, avlodlar keladi. Ammo bugungi va kelajak avlodlar qatagʻon davrda hayotlari azobu-uqubatda oʻtgan, taqdirlari fojiali yakun topgan yurtdoshlarimiz xotirasini aslo unutmasliklari lozim. Bularning bariga, tarixning haqqoniy oʻrganilishiga esa istiqlol  imkon yaratdi.

 

Rustambek ShAMSUTDINOV,

Umid BEKMUHAMMAD.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026