Taʼlim tizimi: keça va bugun
TAFAKKUR SALTANATINING TAFTI
(Publitsistika)
"... taʼlim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, taʼlim-tarbiya tizimini özgartirmasdan turib ongni özgartirib bölmaydi. Ongni, tafakkurni özgartirmasdan turib esa biz közlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bölmaydi.
Islom Karimov.
ÖZGARIŞ
Özgariş. Mustaqillik yillarida tilimizda eng köp jaranglaydigan bu söz tatbiq etilmagan soha qolmadi hisob. Iqtisoddagi, madaniyat hamda ijtimoiy-maʼnaviy hayotdagi, siyosatdagi özgarişlar xalqimiz turmuşiga tub islohotlarni boşlab keldi. Mustabidlik zahridan hayoti zardobga aylangan xalqimiz millat sifatida qaddini tik tutib, dunyoga uyğoq nazar bilan boqqan eng uluğ, eng aziz kun – 1991-yilning 31-avgust – Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolangan kuni yuz bergan olamşumul ÖZGARIŞ – Mustaqil Özbekiston davlatining osmonida ERK va OZODLIK quyoşi nur soçgan tarixiy sana bölib qoldi. 1-sentyabr tongida butun mamlakatimiz böylab xalq şodiyonalari boşlandi. Mustaqillikning ilk kuni edi bu! Ana şu Istiqlol şodiyonalari bilan birga özbek xalqining ong va tafakkuri mislsiz özgarişlar tomon evrildi: zanjirband qilingan HAQIQAT kişanlari parçalanib, ERK va OZODLIK tuğini baland tutgan köngillarda qayta böy tikladi. Yuz yildan ortiq davr mobaynida qatağon qilinib kelingan ajdodlar merosi – mislsiz ilmu maʼrifati qoliplarni sindirib, yoruğlikka çiqdi. Millat tarixidagi bu olamşumul ÖZGARIŞ – xalqimizga buyuk va boy maʼnaviy merosni, betakror ilm-irfon, uluğ qadriyatlarni qaytarib berdi.
Tamoman Markazning körsatmasi asosida yönaltirilib kelingan taʼlim-tarbiya tizimida dunyo ahlini lol qoldirgulik islohotlar amalga oşirildi: maktabgaça taʼlim muassasasidan tortib, taʼlim va tarbiyaning barça bosqiçlari – akademik litsey, kollej, oliy taʼlim dargohlarigaça tubdan yangilangan, zamonga mos özgargan darajaga yetdi. Bu öquv maskanlarida tahsil olayotgan öquvçi va talabaning ong va tafakkuridagi özgarişlar, şaxs sifatida şakllaniş jarayonlari uçun yönaltirilgan barça omillar negizida xalq orzuintilişlarini ifoda etuvçi oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etişdek ezgu istak mujassam!
Bu – ong va tafakkurdagi buyuk ÖZGARIŞ – xalqimiz dilidagi Özbekiston kelajagiga Işonç, Iftixor tuyğusining daxlsizligi! Ana şu Işonç va Iftixor tuyğusi ila qalblar çaroğon ekan, millat va mamlakat taraqqiy etaveradi, xalqimiz hayotiga yangi-yangi ÖZGARIŞlar kirib kelaveradi.
YaQIN ÖTMIŞDAN BIR LAVHA
... Qöltiğiga doim sinf jurnalini qistirib kirib keladigan fizika fani öqituvçimiz, ayni paytda sinf rahbarimiz Çorşam aka Yusupov bu gal odatdagidan boşqaça holatda, qölida bir parçagina qoğoz bilan keldi:
- Öquvçilar, - dedi salom-alikdan söng, - men hozir ism-şariflarini aytgan öquvçilar doska oldiga çiqsin.
U şunday deb röyxatni öqidi. Röyxatga baquvvat, böylari baland-baland öquvçilar kiritilgan edi. Sinfimizdagi 36 nafar öquvçining 20 nafari Çorşam aka öqigan röyxat böyiça doska oldiga saf tortişdi.
- Sizlar yangi qurilayotgan maktabimizning qöşimça xonalariga devor urişga borasizlar, - dedi u negadir nigohini yerdan uzmay. – Öğil bolalar paxsaga kapça belda loy otişadi, qiz bolalar suv taşib, loyni pişirişadi. Qolganlar esa kolxozning 2- va 14-brigadasi dalalariga ğöza yaganasiga borişadi.
Çorşam aka fizika darsini juda qiziqarli, berilib ötar, uning darsini hammamiz orziqib kutardik. Ne iloj, dars qoldirildi. 20 nafar sinfdoşlar paxsa kötarişga, 16 nafarimiz esa ikki guruhga bölinib, maktabimiz yaqinidagi 2- va 14-brigada dalalariga, ğöza yaganasiga yöl oldik. Öşanda sinfdoşlarim bilan loy pişirişda qatnaşib bel va muşaklarimda qattiq oğriq paydo bölganini eslasam, hamon tanim zirqiraydi. Endigina 16 yoşga qadam qöyayotgan 8-sinf öquvçilari edik öşanda. Öğil bolalar 9-10- sinf öquvçilari bilan bab-baravar uç metr tepaga, törtinçi paxsaga kapça-bellarda loy irğitişar, har kapça loyni irğitganlirida gandiraklab-gandiraklab ketişardi. Lekin heç kim: "nega biz bu işni qilişimiz kerak?”,- demas, qoldirilayotgan dars soatlari haqida öqituvçilar ham biron söz aytmasdi.
Öşanda men tahsil olgan S.Ayniy nomli (hozirgi 22-sonli) maktab uçun öquvçilar mehnati bilan 5-6 xonali qöşimça bino qurilgan, binoning barça quriliş-sozlaş va bezatiş işlari maktabimizning yuqori sinf öquvçilari tomonidan amalga oşirilgan edi. Esimda: bu qurilişda qatnaşgan köpçilik öquvçilar qandaydir kasalliklarga çalinişgan. Birini issiq ursa, yana birining oyoği, beli oğrigan. Oğir jismoniy mehnat tufayli holdan toyib, toliqib qolganlar, oyoğini bel yoki toş tilib, jarohat orttirganlar ham köp böldi. Paxta yaganasiga çiqqan öquvçilarning boşidan issiq ötib, yuqori harorat bilan şifoxonaga tuşib qolgandi...
Ne maşaqqat bilan qurilgan maktabimizning qöşimça binosi uç yil davomida zörğa bitkazildi. Ungaça biz maktabni tugatib, turli öquv yurtlarining talabasi böldik.
Taʼtil payti edi. 1982-yilning iyul oyida maktabimizning özimiz qurgan qöşimça "bino”siga kirdim. Garçi yangi bölsa-da sinf xonalari zax va qoronği edi. Partalar ola-bula – biri siniq, biri tuzuk, deganday. Hamon kiçik bir partada uç, hatto tört öquvçi ötirib saboq olarkan.
- Hamon sinf xonalari yetişmaydi, - dedi öşa paytdagi maktabning geografiya fani öqituvçisi (rahmatlik), ustoz Örozboy aka Ollaberganov. – Zamon özgarar, deb işlab yuribmiz...
ZAMON ÖZGARGUNÇA...
Eh-he, zamon özgargunça oradan qisqa, lekin har lahzasi yillarga teng maşaqqatli 9-yil ötdi. 9-yilgaça mening sobiq maktabdoşlarimning ola-bula partalari, yuzasi qirilib, rangi öçib ketgan yozuv taxtalari heç özgarmadi. Öquvçilar – mening sobiq maktabdoşlarim 5-sinfdan boşlab maktabni tugatgunlariça paxta yaganaladi, paxta terdi, kösak çuvidi. Tergan paxtasiga suv tekin tölangan mehnat haqini tirnoqlab yiğib, kitoblar sotib olişdi. Hayotga ana şunday intilib, ilmga borar yöllarni özlari izlab, özlari oçib, özlari uçun özlari şaroitlar "yaratib” yaşadilar. Ilmga çanqoq yuzlab maktabdoşlarim Manğit şahridan nariga ötib, öqişning imkonini topa olmay, orzularini bir umr yuraklariga kömib yaşaşga majbur böldilar. Yoki majburiy ravişda, özlari xohlamagan xolda "qişloqda yaşaysanmi, texnikani bil!”- degan sovetning "qizil şiori” ga boş egib, traktorçilik kurslarida tahsil oldilar. Köpçilik sobiq maktabdoşlarim uçun oliy öquv yurtida öqiş orzuligiça qolib ketdi...
ZAMON ÖZGARGANDA
Ana, kördingizmi, bizning farzandlarimiz, taʼlim sohasi fidoyilari qançalar maşaqqatli mehnatlarga giriftor bölgan edilar keça. Bu nari borsa 25-30-yil oldingi yaqin ötmiş manzaralari. Zamon özgarganda nimani kördik, azizlar?
Kördikki, öşa paytda xalqimiz erki qatağon, qalblar esa mudragan edi. Mustaqillik – eng avvalo xalqimizning tafakkur saltanatini yoritdi. Mudroq qalblar uyğondi. Qalblar uyğonganda qoliplaştirilgan şörolar siyosati soyasida qolgan, mustabidlik zanjiridan xalos bölib, qad rostlayotgan buyuk tafakkur saltanatining haroratini, taftini his etdik. Bu – uluğ ajdodlar asos solgan ilm-maʼrifatning oydin yöli edi. Bu ÖZGARIŞ – Mustaqillik farzandlari uçun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni çuqur egallaş, mustaqil fikrlaş, öz ona yurtiga sönmas mehr va sadoqat tuyğusi bilan yaşaş, Yurtboşimiz taʼbiri bilan aytganda "heç kimdan kam bölmaydigan, mamlakatda hal qiluvçi kuç bölib maydonga çiqadigan”, tamoman yangi, barkamol avlod, yuksak tafakkur sohiblari sifatida şakllaniş imkonini berdi.
"- ... Hammamiz uçun bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz, - degan edi muhtaram Prezidentimiz I.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yöq” nomli asarida. – Faqatgina çinakam maʼrifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir söz bilan aytganda özligini anglaş, erkin va ozod jamiyatda yaşaş, mustaqil davlatimizning jahon jamiyatida öziga munosib obröli örin egallaşi uçun fidoyilik bilan kuraşişi mumkin”.
Zamon özgargaç, fikrlar, qaraşlar özgardi. Albatta, bu özgariş kimningdir körsatmasi, qoliplaştirilgan rejasi asosida emas, xalqning xohiş-irodasi bilan böldi. Bu haqiqiy maʼnodagi maʼnaviy inqilob edi. Xalq ilm-maʼrifat sari intildi. Millatimizning mana men degan olim-u fozillari Prezident I.A.Karimov rahnamoligida "Taʼlim töğrisida”gi yangi Qonunni işlab çiqdilar. Taʼlim-tarbiya tizimida yangi qonuniy asoslar yaratilib, Kadrlar tayyorlaş Milliy Dasturi öz takomiliga yetkazildi.
TAFAKKUR TAFTINING QUDRATI
"Taʼlim töğrisida”gi Qonun, Milliy Dasturning tizimga tatbiq etilişi tarixan qisqa davr içida Özbekiston davlatini jahon aro maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan betakror, qudratli davlat darajasiga kötardi, desak aslo mubolağa bölmaydi. Çunki, har qaysi davlat va millat özining jamiki boyliklari, harbiy kuç-qudrati va işlab çiqariş salohiyati bilangina emas, balki yuksak maʼnaviy-maʼrifiy salohiyati bilan yanada qudratlidir. Binobarin, mustaqillik yillaridagi taʼlim-tarbiya tizimiga körsatilayotgan beqiyos eʼtibor va rağbat tufayli Özbekiston yoşlari dunyo yoşlari bilan bellaşişga qodir kuç-qudrat sohiblariga aylandilar. Fanlar böyiça "Bilimlar bellaşuvlari”, xalqaro fan olimpiadalarining ğoliblari tomonidan zabt etilayotgan ilm-irfon çöqqilariga bugun jahon havasda. Sportda, sanʼatda, iqtisod va siyosatda Özbekiston nomidan maydonga tuşib, yuksak matonat va jasorat namunalarini körsatayotgan yoşlarning ovoziga quloq tuting-a! Ularning ovozlari öktam, qadamlari şaxdam. Tafakkuri ötkir, zehnda tengsiz yoşlarni kaşf etasiz!
Uzoqdan misollar izlamaylikda, tumanimizning özidan önlab yoşlar dunyoning Amerika, Qöşma Ştatlari, Germaniya, Çexiya, Malayziya, Rossiya kabi davlatlarida tahsil olayotganlari, öz aql-zakovati bilan xalqaro fan olimpiadalari ğoliblariga aylanişayotganlari inson tafakkuri tafti nafaqat insonning öziga, balki u mansub bölgan millatga, uni tarbiyalab, voyaga yetkazgan xalqiga qançalar katta şaraf keltirişini anglaş aslo qiyin emas.
Mustaqillik farzandlari öz Vataniga, xalqiga ana şunday şaraf keltiruvçi yuksak tafakkur sohiblariga aylanib ulgurişdi. Bugungi taʼlim tizimi imkoniyatlari ana şunday salohiyatli insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazişdek buyuk imkonlarga ega.
IFTIXOR
Bu imkoniyatlar mohiyatini anglaş uçun yaqin ötmişga doir tarixning kirlangan sahifalariga birgina nazar solişingizni juda-juda istardim.
"Millatni yöq qiliş uçun uni qiriş şart emas, - degan edi çor Rossiyasining Turkiston ölkasidagi general-gubernatori M.Skobelev, - uning madaniyatini, sanʼatini, tilini yöq qilsang bas, tez orada özi tanazzulga uçraydi”.
Xalqimiz M.Skobelev nazarda tutgan maʼnaviy tanazzulga uçraşiga bir bahya qolganida Prezident I.Karimovning oqilona siyosati tufayli mustabidlik davrining ayovsiz qatağonlariga uçragan maʼnaviyatimiz, asriy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz qayta uluğlandi. Özbek tiliga davlat tili maqomi berildi, toptalgan islomiy qadriyatlar qayta tiklandi. Yuksak eʼtibor va rağbat körsatilgan taʼlim tizimi beqiyos rivojlaniş bosqiçiga kirdi. Bugungi Özbekiston bolalari bepul umumiy örta va örta maxsus taʼlim oliş imkoniga ega böldilar. Juda qisqa fursat içida mamlakatimizda minglab umumtaʼlim maktablari, yuzlab kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, yangi-yangi oliy öquv dargohlari binolari qurilib, ilmi-toliblar ixtiyoriga berildi. Yuqoridagi kabi yovuz niyatli kimsalarning rejalari tamoman puçga çiqdi. Özbekiston davlati vatanparvar xalqini atrofiga jipslaştirgan Prezident rahnamoligida taraqqiyotning öziga xos Özbek modelining betakror imkoniyatlarini jahon aro namoyiş eta oldi. Va bugun Özbekiston davlati jahon xamjamiyatida öz örniga ega qudratli davlat sifatida şakllandi.
"Taʼlim töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq işlab çiqilgan Kadrlar tayyorlaş Milliy Dasturi taʼlim tizimi salohiyatini tubdan özgartirib yubordi. Pedagog va ilmiy-pedagog qadrlar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş zamon talablari darajasiga yetkazildi, qadrlar tayyorlaşning öziga xos va betakror milliy modeli yaratildi. Barça öquv muassasalari zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlandi. Öquvçi-yoşlarning axborot bilan taʼminlaniş darajasi jahon standartlari darajasiga yetkazildi. Özbekiston Prezidentining 2005-yil 28 sentyabrdagi "Özbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmoğini taşkil etiş töğrisida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizning turli tuzilmalari tomonidan axborotlarni uzatiş tarmoq-larida taʼlim va yoşlar böyiça yaratilayotgan axborot resurslari yagona "Ziyo NET” taʼlim tarmoğiga ulandi. Bu – öquvçi-yoşlar, talabalar bilim va tafakkur dunyosining kengayişida juda katta maʼnaviy xazina, maʼnaviy imkon eşiklarini oçib berdi.
Şuni alohida qayd etiş joizki, mamlakatimizda ayni paytda faqat taʼlim tizimiga yönaltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizdan ortiğini taşkil etmoqda. 2013-yilda Jahon intellektual mulk taşkiloti tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra Özbekiston jahondagi 141 ta mamlakat orasida 5-örinni egallab turganini hisobga olsak, sohadagi yuksak taraqqiyotni his etiş aslo qiyin emas.
Bugungi kunda umumtaʼlim maktablaridagi çet tili fani, avvalo ingliz tilini örganiş uçun möljallangan öquv xonalari 45 milliard sömlik zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangani farzandlarimizning çet tillarini puxta va mukammal örganiş imkonini yaratdi.
Bugun xohlagan maktabgaça taʼlim muassasasiga yoki umumtaʼlim maktabiga borib bir kuzating-a! Nimaning guvohi bölasiz? Mohiyatan buyuk ÖZGARIŞlarning! 6 yaşar bola ingliz tilida burro-burro gapira oladi. Maktab öquvçisi öz oldiga qöygan aniq maqsad röyobi uçun ilmga berilgan. Akademik litsey va kollej öquvçisining öz şaxsiy fikri, kelajakka hamohang orzulari, ğoyalari bor. Eng muhimi, bugungi taʼlim tizimining porloq istiqboli har işda, har sohada, har bir öquvçining, talaba va olimning közida, sözida, ezgu amallarida aks etib turibdi!
Beixtiyor dilimdagi iqrorlarim tilimga köçadi:
- Keça biz kim edik?
- Qanotlari qayrilgan, erksiz, qafasdagi quş.
- Bugun biz kimmiz?
- Ilm-fanda, sanʼat-u madaniyatda, sportda, siyosatda va ijtimoiy hayotda eng ilğor, tafakkur haroratining tafti olamga tatigulik bunyodkor, tadbirkor, bilimdon, zukko va fozil xalq!
Va baralla aytgim keladi:
- Biz bularning barçasiga yuksak ilm-maʼrifat va tafakkurimiz qudrati ila erişdik. Inkorga esa aslo örin yöq!
Atrofga boqing: şaharlar, ovullar özgargan – farovon, boğ-u dalalar hosil neʼmatlaridan larzon! Farzandlar barkamol, soğlom – ular jahonning buyuk minbarlariga kötarilib, ilm-irfon, zakovat bahslarida iştirok etişayotir. Nufuzli sport arenalarida, jahon sahnalarida Özbekiston bayroğini baland kötarişayotir. Boğça tarbiyalanuvçisidan tortib oliy öquv yurti talabasigaça hammaning dilida bir ezgu şior:
- Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Özbekistonim!
Bu - millatning, Özbekiston xalqining qalb iqrori, iftixori!
Robiya
YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶