KUÇIMIZ – DÖST-BIRODARLIKDA
Mustaqillik xalqimizning özligini anglaşiga, otameros urf-odatlar, anʼanalar va qadriyatlarini qayta tiklab, turmuşimizdan joy olişiga imkon berdi.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda erişilgan uluğvor bunyodkorliklarning, iqtisodiy yuksalişlarning va farovonlikning muhim asoslaridan biri xalqimizning boqiy qadriyatlari, bağrikenglik, hamjihatlik va döst-birodarlikdir.
Bizning diyorimizda özbeklar, qoraqalpoqlar bilan bir oğa-iniday bölib 130 dan ziyod turli millat vakillari istiqomat qilişadi. Şu Vatanni gullab-yaşnagan, ozod va farovon ölkaga aylantiriş, fuqarolarning obod turmuş keçirişlariga erişişdek buyuk maqsad yölida birdamlik bilan mehnat qilayotgan turli millat vakillarining ham azaliy qadriyatlariga hurmat bilan qaralişi lozimligi mamla-katimizning Asosiy Qonuni – Konstitutsiyasida ham belgilab qöyilgan. Bu turmuşimizda özining amaliy ifodasini topmoqda.
Bizning "Döstlik” mahallamizda 3500 nafaraholi 875 ta oiladaistiqomat qiladi. Ularning 3276 nafari özbeklar, 185 nafariqozoqlar, 42 nafari qoraqalpoqlar, 14 nafari turkmanlar, 12 nafari ruslar, 6 nafarikoreyslar va boşqa turlimillat vakillaridir.
Şunisi quvonarliki, aholining quvonç-taşvişi, töy-maʼrakasibir, bir-birlaribilan xuddi yaqin qarindoşdek ahil-inoq. Özbekning töyida qozoğ-u rus, qoraqalpoq xizmat qilsa, koreysning töy-maʼrakalaridagi urf-odatlari bilan ham taniş, barça taşvişlarini birga yelkalaydilar. Bir qaraşda bu sözlarimning mubolağasi borday tuyulsada, asli haqiqat va mamlakatimizning barça hududlarida ham ana şunday turmuş tarzi hukmron.
Millatlararo hamjihatlik, döst-birodarlik tuyğulari turmuşimizdan keng joy olayotgani muhim sanalarga bağişlab ötkaziladigan ulkan teatrlaştirilgan bayram tomoşalarida ham öz ifodasini topayotir. Tumanimizning köp millatli aholisi bayram tantanalarida faol iştirok etişib, bu tomoşalardan yanada yangi marralarni zabt etiş uçun kuç-rağbat oladilar.
Şubhasiz, biz nişonlaşga qizğin hozirlik körayotganimiz - Istiqlol bayrami fuqarolarimizning qalbidagi mustaqillikning qadr-qimmatini yanada teranroq anglaşiga, 24 yillik tarixan qisqa davrda yurtimizda amalga oşirilgan ulkan yutuqlarning, uluğvor özgarişlarning tub asosi tinçlik va osoyiştalik ekanligini çuqur idrok etişiga zamin böladi, mustaqillik degan buyuk neʼmatni yanada qadrlaşga, asraşga undaydi.
Fursatdan foydalanib, mahallamizning bir oila farzandlariday ahil aholisini, tumanimiz fuqarolarini mustaqilligimizning 24 yilligi bilan qizğin qutlayman.
Abduşarif JUMANAZAROV, "Döstlik” MFY raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶