EL-YuRT TOTUVLIGI VA OBODLIGI YÖLIDA
Bizning Nazarxon ovulimiz ahli azal-azaldan mehnatkaş, el-yurtga qayişgan fidoyi, turli millat vakillari ahil-inoq, totuvlikda yaşayotgan xalq. Ovulimiz ahlini yagona bir maqsad birlaştirib turadi. Bu – Özbekiston mustaqilligini mustahkamlaş, Nazarxon elining farzandlarini har tomonlama yetuk va barkamol, istiqlol ğoyalariga sodiq insonlar qilib tarbiyalaş.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, 654 ta xonadonda 822 oilaga birlaşib, tinç-totuv yaşayotgan 3592 nafar aholini ovulimizni yanada obod va farovon göşaga aylantirişdek ezgu maqsad hamişa jipslaştirib kelgan va bundan keyin ham şunday bölib qoladi. Tomorqa xöjaligini, tadbirkorlikni rivojlantiriş nafaqat öz oilalari, balki Nazarxon ovulining farovonligi hamda iqtisodiy barqarorligini taʼminlaşini ovul fuqarolari juda yaxşi biladilar. Şu tufayli ovulimizda tomorqa xöjaligini möl-köl daromad manbaiga aylantirib, boy-badavlat bölgan insonlar ançagina. Oilaviy va xususiy tadbirkorlikka eʼtibor ham, rağbat ham oşganligi bois, 2015-yilning ötgan davri mobaynida 17 nafar fuqaro va 2 nafar kollej bitiruvçisi parrandaçilik va asalariçilikni rivojlantiriş yuza-sidan işlab çiqqan biznes ğoyalarini amalga oşiriş maqsadida imtiyozli kredit sohiblari bölişdi.
Ovul yoşlarining bandligini taʼminlaşga ham alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. "Qulamet öy” mavzesida faoliyat olib boruvçi, Xitoy texnologiyasiga asoslangan ğişt zavodida ovulning 46 nafar yoşlari doimiy iş bilan taʼminlanişdi. 15 nafar yoş qiz va kelinçaklar ustoz-şogird anʼanasi asosida tikuvçilik sirlarini puxta örganib, çevarlik bilan şuğul-lanişayotir.
Ösmir va baloğat yoşidagi qizlar hamda yoş kelinlar örtasida ötkazilayotgan "Siz turmuş qurişga tayyormisiz?”, "Qaynona va kelin munosabatlari” mavzularidagi tadbirlar öz samarasini berganligi bizning qalbimizga quvonç bağişlaydi. Çunki, bizning Nazarxon ovulimizda erta turmuş quriş va oilaviy ajrimlar sönggi ikki yildan beri umuman sodir bölmadi.
Yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida ovul yoşlari örtasida tez-tez turli xil köngiloçar tadbirlar, sport musobaqalari ötkazilib turiladi. Hududimizdagi sport-soğlomlaştiriş inşootlarida 120 nafar bola sportning eng ommaviy turi – futbol bilan şuğullanişadi.
"Keksalarni eʼzozlaş yili” munosabati bilan keksa otaxon va onaxonlarimizning istak-xohişlari asosida 62 nafar nuroniylar tarixiy Xiva şahriga ziyoratga borib qaytişdi, muqaddas qadamjolarga taşrif buyurişdi.
Meni nazarxonliklar işonç bildirib, 30-Nazarxon saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatligiga saylaşdi. Bu işonç mening faoliyatim kölamini yanada kengaytirdi. Nafaqat diniy maʼrifiy va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçi, balki xalqning işongan vakili sifatida ovul ahlining hayotiga oid muammolarni hal etişda iştirok etişimga, bu muammolarni ijobiy hal etişda qonuniy asoslarga tayangan holda iş yuritişimga töğri keladi.
Hamişa jonajon xalqim bilan birga harakat qiliş, hamjihatlikda işlaş menga zavq bağişlaydi. Çunki ana şu ozgina fidoyiligim tufayli xalq işonçiga sazovor böldim. Mehnatim qadr topdi. Mustaqillikning 24 yillik bayrami arafasida Prezident Farmoniga muvofiq "Şuhrat” medali bilan taqdirlanganim meni yanada samaraliroq işlaşga daʼvat etmoqda. Zero, el-yurt totuvligi yölida qilingan har qanday iş munosib bahosini olaveradi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶