ONA YeR, ONA TABIAT – BIZ UÇUN MUQADDAS
Ona Yer, ona tabiat biz insonlar uçun hamişa muqaddas hisoblanadi. Çunki ona Vatanimiz bizni köksida tutib turgan Yerdan boşlanadi.
Tuman tabiatni muhofaza qiliş bölimi tomonidan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar xaritasi tuzilgan bölib, bular içida tabiiy suv manbalaridan oqilona foydalaniş, ularning muhofaza hududlarini toza saqlaş hamda obodonlaştiriş alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan taşqari, nazoratdagi hududlarning atmosfera havosi, yer osti va yer usti tabiiy boyliklar zahiralaridan unumli foydalanişga erişiş maqsadida yil davomida qilinadigan işlar rejasi tuzilib, zarur çora-tadbirlar işlab çiqilgan. Unga köra, 2015-yil boşidan Amudaryoning çap va öng qirğoğidagi 500 metrlik muhofaza hududlariga yaqin joyda joylaşgan fermer xöjaliklari rahbarlariga Tabiatni muhofaza qiliş borasidagi Özbekiston Respublikasi Qonunlarining mazmun-mohiyati tuşuntirilib, qonunda körsatilgan yöl-yöriqlar asosida iş olib boriş topşirildi.
Ayniqsa, Amudaryoning muhofaza hududida tabiiy ravişda hosil bölgan töqayzorlarga ehtiyotkorona munosabatda böliş, taʼqiqlangan havzalarda baliq ovlanişiga çek qöyiş, brakonerlik faoliyati bilan şuğullanuvçi şaxslarga nisbatan qonuniy çora körişga erişilayotgani nazoratdagi hududlarda bioxilmaxillikni saqlaş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bundan taşqari, Manğit-Nazarxon irrigatsiya tizimi, tuman Melioratsiya bölimi, tuman va şahar suv tarmoqlari idoralari bilan hamkorlikda olib borilayotgan işlar ham yaxşi samara bermoqda. Yaʼni, barça yirik suv yöllari hamda suv oliş nuqtalarining texnik pasportlari tayyorlangani bois, bu boradagi yeçimini kutayotgan muammolar töliq hal etildi.
Bizning faoliyatimizda nazoratdagi hududlarda maxsus rejali tekşiruvlar ötkaziş muhim ahamiyat kasb etadi. Joriy yilning ötgan davri mobaynida 10 dan ortiq obʼektda rejali tekşiruvlar ötkazilib, atrof-muhit tozaligi, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, atmosfera musaffoligi, yer va tuproq ekologiyasi hamda içimlik, oqar suv manbalari bilan boğliq muammolar bartaraf etildi. Tuman DSENM, veterinariya bölimi, OFY va MFYlar huzuridagi masʼul komissiyalar hamkorligida ötkazilgan tekşirişlar özining ijobiy natijasini berdi hamda nazoratga olingan hududlarning ifloslanişiga, tabiat boy-liklarining behuda isrof bölişiga yöl qöygan masʼul mutaxassislar jarima jazosi bilan jazolandi. Birgina misol, tuman tabiatni muhofaza qiliş bölimi mutaxassislari tomonidan 36 ta korxona va taşkilotlarga 8,3 million sömlikdan ortiq kompensatsiya tölovlari hisoblanib, uşbu tölovlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasining maxsus jamğarmasiga ötkazildi. Yer, suv isrofgarçiligi, atmosfera havosining ifloslanişi, har xil maişiy çiqindilar bilan atrof-muhitga yetkazgan zararlari uçun 64 ta holat böyiça aybdorlardan tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda jarimalar undirib olindi.
Nazoratdagi hududlarda flora va faunaning daxlsizligini taʼminlaş, yer, suv, tabiiy töqayzorlar, ulardagi hayvonot dunyosini yanada boyitiş maqsadida Qoraqalpoğiston Res-publikasi Tabiatni muhofaza qiliş Davlat qömitasining tuman bölimi tomonidan olib borilayotgan işlar nihoyatda keng qamrovli bölib, uzoq kelajakni közlab olib borilayotgan barça tadbirlarimizda örmon xöjaligi, tuman tibbiyot birlaşmasi, tuman xalq taʼlimi tizimidagi öquv maskanlari, akademik litsey, kollejlar hamda ovul va mahallalar ahli faol iştirok etişayotgani quvonarlidir. Faqat Manğit – Nazarxon irrigatsiya tizimi boşqarmasi bilan hamkorlikda bahorgi köçat ekiş mavsumida 46100 tup yapon saforasi, 300 tup kaştan, 364200 tup mevali va manzarali daraxt köçatlari, salkam 80 ming tup tez ösuvçi terak, 6,4 ming tup tut köçatlari, fermer xöjaliklari tomonidan esa 798 700 ta terak va qoratol qalamçalari ekilgani xalqimiz ona tabiatni asraş va uni boyitiş uçun qançalar jonkuyar ekanliklaridan dalolatdir.
Şuni unutmasligimiz kerakki, tabiatni muhofaza qiliş nafaqat soha xodimlarining, balki har birimizning burçimizdir. Zotan, buyuk mehr-muhabbat timsoli – Ona tabiatga biz ham mehr-muhabbat körsatar ekanmiz, bu eʼtiborimiz bizga yanada çeksiz mehr, boylik va baxt-iqbol bölib qaytmoğini aslo unutmaylik!
Şuhrat BOLTABOYeV,
(Foto - http://navoiypress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶