Sizga taʼzim, Sizga ehtirom!
Inson zoti ota-onasi, tuğişganlari, yaqinlari mehri oğuşida voyaga yetsada, hayot ilmini, maʼrifatni, maʼnaviyatni maktabda ustozlardan örganadi. Öz-özidan ravşanki, harf tanitib, fan asoslarini sabr-toqat bilan örgatgan ustozlarning şaxs kamolotida hissasi juda ulkan.
"Agar dunyo imoratlari içida eng uluği maktab bölsa, kasblar içida eng şaraflisi öqituvçilik va murabbiylikdir”, deb ustoz-murabbiylarga yuksak baho bergan edi Yurtboşimiz I.Karimov. Kelajagimiz egalariga ilm-u maʼrifat, kasb-hunar sirlarini örgatuvçi, hayot saboqlari va odamiylikdan dars beruvçi ustoz va murabbiylarni har qança eʼzozlasak, ehtirom körsatsak ham kamlik qiladi. Ayniqsa, bugungi globallaşuv jarayonida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari turmuşimizdan tobora keng örin egallayotgan şiddatli davrda yoş avlodni ilm-maʼrifatli qilişda, ona yurtimizga va umumbaşariy qadriyatlarimizga yuksak hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalaşda, butun dunyo tamadduniga munosib hissa qöşgan buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar qilib kamol toptirişda ustoz va murabbiylarning zimmasidagi masʼuliyat yanada ortmoqda. Ana şunday şarafli vazifani zimmasiga olgan fidoyilar haqli ravişda xalqimizning hurmat-eʼtiboridadir.
Mamlakatimizda 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni, deya eʼlon qilingani va umumxalq bayrami sifatida nişonlanayotgani ham ularga davlatimiz ğamxörligining bir ifodasidir.
Aziz ustozlar va murabbiylar, ilm-maʼrifat çaroğbonlari! Sizlarni kasb bayramingiz bilan sidqidildan qutlab, masʼuliyatli va maşaqqatli işlaringizda omad va zafarlar tilaymiz! Bayramingiz qutluğ bölsin, aziz ustozlar!
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶