MÖL HOSILIMIZ - YuRT RAVNAQIGA HISSA
Bizning "Namuna” mahallamiz hududidagi "Muzaffar Yeşçanov” fermer xöjaligida erta bahorda 37 gektar yerga baraka uruği qadalib, tekis nihol olindi va yoz böyi agrotexnika qoidalariga muvofiq tarbiyalandi. Mana endi barakali sentyabr oyida yetiştirilgan paxtaning davlat xirmoniga yuqori navlarda topşirilişi fermer xöjaligining yutuği böldi. Fermer xöjaligi 37 gektarerdan 75 tonna örniga 80 tonnadan ortiq yuqori navli paxta hosilini topşirib, 15 sentyabr kuni davlat bilan tuzilgan şartnomaviy rejasini ortiği bilan bajarib, ğalaba marrasini kesib ötdi. Xöjalikda yiğim-terim otryad usulida taşkil qilinib, dala boşida terimçilar uçun barça qulay şart-şaroitlar yaratildi. Tuşlikda issiq ovqat bilan taʼminlanib borilayapti. Terib topşirilgan paxta xom aşyosi uçun terim haqi har kuni tarozi boşida berib borilmoqda.
Terim surʼatini oşirişda terimçilarni har beş kunda moddiy va maʼnaviy rağbatlantirib boriş yaxşi samara berganini qölga kiritilgan muvaffaqiyatdan biliş mumkin. Fermer xöjaligida yetiştirilgan hosilni yiğib-terib olişda jonbozlik qilgan Muqaddas Maşaripova, Dilbar Eşniyozova, Şarofat Yaxşiboyeva, Nargiza Tojiboyeva, Anorgul Qöçqorova kabi ilğor terimçilar kuniga 120-130 kilogrammdan paxta terişib, mavsum boşidan buyon tergan paxtalari 2,5-3 tonnani taşkil etdi. Ilğor terimçilar har beş kunda rağbatlantirib borildi.
Fermer xöjaligi dalalarida hali hosil möl, xöjalik aʼzolari davlat xirmoniga yana 35 tonna "oq oltin”ni terib topşirib, hosildorlikni gektariga 31 tsentnerga yetkazişga qatʼiy bel boğlaganlar.
Bunday muvaffaqiyatga erişişda fermer xöjaligi raisi Muzaffar Yeşçanovning işbilarmonligi va qatʼiyatliligi asosiy omil böldi.
Fursatdan foydalanib, barça fidoyi paxtakorlarni mehnat zafarlari bilan tabriklayman!
Gulmirza BOBOJONOV, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶