USTOZLARNI XOTIRLAB...
Hayotda şunday insonlarga duç kelamizki, ularning özini tutişi, munosabatlari va ögitlari kişiga bir umr ibrat namunasi bölib qoladi, oradan neça yillar ötsa-da, xotirangda muhrlanib, doimo ezgu işlarga çorlab turaveradi. Yaxşidan şarofat, deganlari şu bölsa kerak-da.
Men sobiq 13-hunar-texnika bilim yurtida işlaganimda ana şunday ajoyib insonlar bilan hamnafas, hammaslak böliş baxtiga muyassar bölganman. Ularning biri Ikkinçi jahon uruşi faxriysi, Yöldoş Qurboniy taxallusi bilan şeʼriy töplami ham naşr qilingan, jöşqin qalbli, oçiq çehrali ijodkor Yöldoş aka Qurbonov edi. Domla har bir darsga kirişdan oldin puxta tayyorgarlik körar, bizga ham şuni örgatardi. Sözlaganda albatta mumtoz şoirlarimizning şeʼriy misralaridan namuna keltirib, odamni öziga jalb qila olardi. U kişi mening onam bilan sinfdoş bölganligi uçunmi, meni öziga yaqin olar, öğlim, deb murojaat qilardi. Kamtarligi şu qadar ediki, uni bilmagan odam maşhur şoir Qurboniy deb heç öylamas edi.
Esimda, bir bayram munosabati bilan bilim yurtimizda kontsert taşkillaştirildi. Kontsertga Nazir aka Rahimov, Otajon Xudoyşukurovlar taşrif buyurişgandi. Şunda kontsert boşlanişidan oldin Nazir aka Rahimov Yöldoş Qurbonovni sahnaga taklif qilib, söz berdi. Otaxon şoir har doimgidek hozirjavoblik bilan buning uçun minnatdorçilik bildirib, hofizlarga goh hazil, goh jiddiylik bilan rahmat aytdi, ijodiga baraka tilab, kontsertni boşlab berdi.
Har yili tumandagi barça maktablarga 13-sonli hunar texnika bilim yurtimizga öquvçilarni jalb qiliş uçun muassasamizda örgatiladigan kasb-hunarlar, yaratilgan şaroitlar haqida tarğibot-taşviqot işlarini olib borardik. Şoir Yöldoş Qurbonov bunday taşriflarda albatta iştirok etar, tabiiyki, mehnatimiz zoya ketmasdi. Bundan direktorimiz Komil oğa Xoliqov (marhum) juda xursand bölar, unga qayta-qayta rahmat aytardi. Komil Xoliqov juda jiddiy, mulohazali odam bölsa-da, quvnoq, gungni ham gapga sola oladigan sözamol Yöldoş Qurbonov bilan juda ahil edi.
Öşa vaqtlarda safimizda Said aka Bobojonov, Öğiljon opa Boboniyozova, Kenja aka Xöjaniyozov, Gulsara opa Abdullayeva, Qurbonboy oğa Pölatov, Bibi opa, Muhammadnazar aka Bekçonov, Yakov Bulyakov, Qurbonboy Ollamurodov, Bozorboy Polvoniyozov, Baxtiyor Tovboyev, Yetmiş Duşamov, Baxtiyor Najimov, Galina Hamzina, Rajab Niyozimbetov va Anabibi opa Matrasulova, Qosim aka Hayitboyev, Jongil opa Safarboyevalar turli lavozimlarda bölsalar ham, bir maqsad yölida hamjihatlik bilan mehnat qilişgan.
Kasbga mehrni, bolalar köngliga yöl topib, dars maşğulotlariga qiziqtirişni men ulardan örgandim, desam, heç mubolağa bölmas. Ular bilan işlagan davrim hayotimning eng unutilmas taassurotlarga boy davrlari bölib qoldi. Şu boisdan ham ularni doim hurmat-ehtirom bilan eslayman, ulardek bölişga intilaman. Bu gözal xotiralar meni doimo yaxşi niyatlar, yangi muvaffaqiyatlar sari yönaltirib turadi.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶