EKOLOGIK NAZORAT KUÇAYTIRILMOQDA
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada soğlomlaştiriş, xalqimiz orasida ekologik ong va madaniyatni şakllantiriş, jamiyatimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş maqsadlarini ifoda etuvçi qator Qonunlar va qonunosti hujjatlari işlab çiqilib, amaliyotga tatbiq etilayotgani bois, atrofimizdagi yaşil olam – biologik resurslarga bölgan odamlarning munosabati keskin özgardi. Ayniqsa, "Ekologik nazorat töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2013-2017-yillarda Özbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi böyiça harakatlar dasturi töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaşda fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari hamda nodavlat notijorat taşkilotlarining örni ğoyat muhimdir.
Xöş, tumanimizdagi "Örta qalʼa”, "Toşyop” hamda Amir Temur nomli ovul fuqarolar yiğinlari huzuridagi "Ekologiya va tabiatni muhofaza qiliş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça komissiya”lari bu borada qanday iş olib borişmoqda? Mazkur ovullarda atrof-muhit muhofazasi bilan boğliq muammolar öz vaqtida yeçimini topmoqdami?
Uşbu savollarimizga mazkur OFYlarning raislari javob berişadi.
Ismoil Törayev, "Örta qalʼa” OFY raisi:
- Ovulimiz hududi ançagina katta. 12 ta aholi maskanida 1750 ta xonadon bölib, ularda 10 ming nafardan ziyod bir neça millat vakillari totuvlikda yaşaşadi. Mustaqillik yillarida ovulimiz qiyofasi tubdan özgardi, oilalarning iqtisodiy hayoti yaxşilandi. Barça xonadonlar öz tomorqa yeriga, çorvasiga ega. Ovulimizda boğdorçilik, parrandaçilik, kiçik issiqxona xöjaligini yuritiş böyiça öziga xos tajriba maktabi mavjud. Aholi bir-biridan örganib va bir-biriga örgatib yaşaşga odatlanişgan. Köçat ekiş mavsumi ovulimizda bayramday ötkaziladi. Umumxalq haşarlaridagi xalqimizning jipsligini körsangiz, töğrisi, havasingiz keladi. Bu yilgi bahorda hududimizda juda keng miqyosda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari olib borildi. Yaʼni, 50 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt köçatlari, gul köçatlari ötqazdik. 160 kilometruzunlikdagi suv yöllari haşar yöli bilan tozalandi.
Hududimizda ekologik vaziyatni soğlomlaştiriş böyiça maxsus komissiya doimiy iş olib borayotgani bois, aholi örtasida ekologik madaniyatni şakllantiriş, atrof-muhitni toza saqlaş, soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş böyiça muammolar öz vaqtida yeçimini topmoqda. Xususan, aholining yoqilği, elektr va issiqlik energiyasi, oqar suv zahiralaridan unumli foydalanişini taʼminlaş maqsadida mavjud suv yöllarining muhofaza hududlaridagi tabiiy ösuvçi dov-daraxtlarni noqonuniy kesiş, suv manbalarining qirğoqlarini öpiriş holatlariga keskin çek qöyildi. Ovul hududida 8 ta joyda qattiq çiqindilar töplanadigan inşootlar barpo etildi.
Endilikda ovulimiz aholisi özlari yaşab turgan hududning obodonçiligi – farovon va soğlom turmuş tarzi sari eltuvçi yöl ekanligini juda yaxşi bilişadi.
Ahmadjon Örozboyev, "Toş yop” OFY raisi:
- Ovulimiz hududi 19,1 kvadrat kilometr bölib, mustaqillik yillarida uning har bir qariç yeri obod göşaga aylantirildi. "Obod mahalla”, "Birlaşgan”, "Ozodlik” nomlarini olgan aholi maskanlarida aholi örtasida soğlom turmuş tarzini qaror toptirişga xizmat qiluvçi barça manbalar mavjud. Xususan, hududdagi maktablar bazasida taşkil etilgan sport-soğlomlaştiriş inşootlari, aholi dam oliş va madaniyat markazi, savdo hamda maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari, feldşer-akuşerlik punktlari aholi xizmatida. Aholiga 108 gektar yer maydoni tomorqa xöjaligi yuritiş uçun ajratib berilgan. Bu esa ovul ahlining moddiy taʼminotini yaxşilaş imkonini bermoqda. Buni 53 ta xonadon öz yengil avtomaşinasiga, 1 xonadon yuk maşinasiga, 11 ta xonadon esa öz xususiy traktoriga ega ekanligida yaqqol köriş mumkin.
Aholining turmuş darajasi yuksalgan sari yanada çiroyli va farovon yaşaşga intilayotgani yanada quvonarli. Buni yiğin huzuridagi "Ekologiya va tabiatni muhofaza qiliş, obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça komissiya”ning faoliyatida ham seziş mumkin. Çunki, yil sayin ovul köçalari yam-yaşil daraxtlarga, gullarga burkanib bormoqda. Xonadonlar atrofi, ovul köçalari şinam va ozoda. Hududimizdagi oqar suv manbalarida suv isrofgarçiligiga umuman yöl qöyilmaydi. Ekologik masalalar böyiça işçi komissiyaning har oyda tizimli ravişda ötkaziladigan nazorat-tahlil yiğilişlarida aholi vakillari faol iştirok etişadi. Bu esa hududda biologik resurslardan oqilona foydalaniş borasidagi tarğibot va taşviqot işlarimizni yanada jonlantiriş imkonini bermoqda.
Oybek Yusupov, Amir Temur nomli ovul fuqarolar yiğini raisi:
- Jamiyatimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş – eng avvalo aholining biologik resurslarga qay darajada munosabatda bölişiga köp jihatdan boğliq. Çunki, bizni örab turgan yaşil olamsiz biz heç kim emasmiz. Şuning uçun tabiat – onamiz, tabiat – soğligimiz, uzoq umr körişimiz uçun mustahkam yaşil qalqon, deya taʼriflaymiz. Yiğin huzuridagi ekologik masalalar böyiça şuğullanuvçi işçi komissiyaning har bir yiğilişida nainki atrof-muhit muhofazasi, balki, biz uçun bitmas-tuganmas hayot manbai bölgan ona tabiyatni köz qoraçiğidek asraş masalasiga alohida eʼtibor beramiz. Komissiyaning iş rejasiga kiritilgan barça tadbirlar yil davomida yiğin faollari iştirokida amalga oşiriladi. Har oyda va yil davomida bajarilişi lozim bölgan işlarimizning barçasi bevosita mahalla ahlining hayoti bilan çambarças boğliq. Uçta aholi maskanidagi 547 ta xonadonga birlaşgan 798 ta oilada 3450 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Aholi tasarrufidagi 121 gektarni taşkil etuvçi tomorqa yerlari haqiqiy ziroat fabrikasiga aylangan, desam xato qilmayman. Sababi oddiy oşköklardan tortib, Gollandiya gulkarami, yonğoq, bodom, xurmo-yu xandon pista, olma va uzumning eng noyob navlarigaça ekib, hosil undirib, moddiy manfaatdorligi oşib borayotgan ovul ahli biologik resurslar ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikning kafolati ekanligini juda yaxşi bilişadi.
Şu bois, ovulimizda tabiat boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda böliş muhim hayotiy qoidalardan biri sanaladi. Bugungi kunda ovul ahli tomorqa – möl-köl daromad manbai, oqar suv manbalari – barqaror hayot va taraqqiyot omili, jamiki yaşil boyliklar – inson salomatligi uçun metin qalqon ekanligini yurak-yuragidan his etib yaşaşadi. Binobarin, atrof-muhit muhofazasi eng oliy qadriyat sifatida xalqimizning muhim hayotiy qoidalaridan biriga aylangan. Bu qoidaga amal qilib yaşaş esa har birimizning insoniy burçimizdir.
Suhbatni jurnalist Robiya YÖLDOŞEVA yozib oldi.
(Foto - http://news.uzreport.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶